Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021 02.10.2013 yildagi 1126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xovos tumani iqtisodiyot tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 28-maydagi 150/22-6-sonli “Sirdaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 12-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi PQ-1996-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Sirdaryo viloyat hokimining 2013-yil 10-iyuldagi 185-sonli qarori talablari asosida Xovos tuman iqtisodiyot tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sirdaryo viloyat hokimining 2013-yil 10-iyuldagi 185-sonli qarori ijro va rahbarlik uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xovos tumani iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha 2013-yil 20-sentabr kuniga qadar amalga oshirilgan ishlar inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xovos tumani iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy muhandislik kommunikatsiyalarini hamda texnologik asbob-uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2*, 3* va 4-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2013/2014-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, texnik tuz tayyorlash, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha yetkazib berish topshirigʻi 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tuman iqtisodiyot tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—6-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumanda joylashgan barcha, mutasaddi tashkilot hamda korxona rahbarlari, qishloq va mahalla fuqarolari yigʻini raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir hafta muddatda tuman iqtisodiyot tarmoqlari va uy-joy fondi obyektlarini 2013/2014-yil kuz-qish davriga tayyorlash masalalarini hal etish boʻyicha joylarda hududiy komissiyalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2012/2013-yillar kuz-qish davrida yoʻl qoʻyilgan kamchilik va nuqsonlarni tanqidiy tahlil qilib, kamchiliklarni hisobga olgan holda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda uy-joy fondi obyektlaridagi qozonxonalar va muhandislik inshootlarini 2013/2014-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2013-yil 1-oktabr kuniga qadar barcha qozonxonalarni joriy va mukammal taʼmirlashni yakunlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oliy va oʻrta taʼlim oʻquv yurtlari, maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalari, shifoxonalar va koʻp qavatli turar joy binolarini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlashga alohida eʼtibor berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kuz-qish davrida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini doimiy ravishda issiqlik energiyasi bilan taʼminlashda tashkilot, korxona va muassasalar tizimlaridagi qozonxonalarga joriy yilning 1-oktabrigacha qattiq yoki suyuq yoqilgʻi zaxiralarini yetarli miqdorda yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) shu yilning 1-sentabr kuniga qadar tuman IIB yongʻin xavfsizligi boʻlimi bilan birgalikda ijtimoiy soha obyektlari, koʻp qavatli turar joy binolari, shaxsiy uy-joylar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot va muassasalar bino va inshootlarining texnik talab normalariga muvofiqligini toʻliq xatlovdan oʻtkazish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Xovos tuman gaz” filiali (J. Xidirov), tuman IIB YoXB (X. Xaydarov)lar joriy yilning 1-oktabriga qadar isteʼmolchilar tomonidan foydalanilayotgan isitish qozonlari, goryelkalar va boshqa gaz asboblarini koʻrikdan oʻtkazishni tashkillashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat standartlariga toʻgʻri kelmaydigan va yasama gaz qozonlari, goryelkalar va boshqa gaz asboblaridan foydalanish aniqlangan hollarda ularni gaz tarmoqlaridan uzib, qoidabuzarlarga nisbatan tegishli choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tumanda joylashgan oliy va oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi, maktablar, maktabgacha taʼlim hamda sogʻliqni saqlash muassasalari, koʻp qavatli turar joy binolari, shaxsiy uy-joylar va boshqa ijtimoiy soha obyektlaridagi dudburon, moʻrikon va shamollatish yoʻllarini tozalash hamda taʼmirlash ishlarini oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har hafta tuman hokimligiga maʼlumot taqdim etib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Xovos tuman gaz” filiali (J. Xidirov), tuman elektrtarmoqlari korxonasi (Sh. Primqulov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2013/2014-yillar kuz-qish mavsumida shartnomaga asosan isteʼmolchilarga tabiiy gaz hamda elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy va yuridik shaxslarning tabiiy gaz hamda elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy oʻzboshimchalik bilan ulanishiga umuman yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻta muhim va toifalangan, shuningdek harbiy obyektlarni uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlash tadbirlarini ishlab chiqish va 10 kun muddatda ushbu obyektlarning roʻyxatini tuzib tuman hokimligiga tasdiqqa kiritish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Xovos tuman gaz” filiali (J. Xidirov), tuman elektrtarmoqlari korxonasi (Sh. Primqulov), tuman “Suvoqova” korxonasi (A. Mustafaqulov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kuz-qish mavsumi davomida tumandagi kommunal xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarda 24 soatlik avariya dispetcherlik xizmatlarini tashkil etish, avariya tiklash brigadalarini tuzish va ularni texnika vositalari, zarur asbob-uskunalar hamda zaruriy materiallar bilan taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman elektrtarmoqlari korxonasi (Sh. Primqulov) shu yilning kuz-qish mavsumiga elektr energiya bilan taʼminlovchi nimstansiyalar va transformatorlarni dastur asosida mukammal va joriy taʼmirlasin va uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlashni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman tibbiyot birlashmasi (M. Narzullayev), Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudiri (R. Baxriddinov) va barcha oʻquv yurti tasarrufidagi barcha qozonxona, isitish tarmoqlarini joriy yilning 20-avgust kuniga qadar kuz-qish sharoitida ishlashga tayyorlash, oʻquv yurtlari, maktab, maktabgacha taʼlim muassasalari, kasalxona, poliklinikalarga koʻmir yoqilgʻisi va oʻtin bilan ishlaydigan pechkalarni qurish, mavjudlarini taʼmirlash vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi (Gʻ. Norboʻtayev), “Xovos tuman gaz” filiali (J. Xidirov)ga gaz bosimi past boʻlgan aholi, ijtimoiy soha obyektlarini belgilangan grafik asosida qattiq yoqilgʻi va suyultirilgan gaz bilan toʻliq taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi (Gʻ. Norboʻtayev)ga qishloq va mahalla fuqarolari yigʻinlari bilan birgalikda aholi xonadonlariga koʻmir yoqilgʻisi va oʻtin bilan ishlaydigan pechkalarni oʻrnatish ishlari boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish va uni taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (A. Mustafaqulov)ga 2013-yil oktyabr oyiga qadar avtomobil yoʻllarini qordan tozalovchi maxsus texnikalarni ishlashga tayyorlab qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tuman moliya boʻlimi (O. Xakimov) budjet mablagʻlaridan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan isitish qozonlari va qozonxonalarini, issiqlik tarmoqlarini, uy-joy fondini, ichimlik suvi inshootlari va boshqa muhim obyektlarni kuz-qish mavsumiga oʻz vaqtida tayyorlash, suyuq va qattiq yoqilgʻi zaxiralarini yaratish maqsadida ajratiladigan mablagʻlarning asosiy qismini isitish mavsumiga qadar moliyalashtirishni hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tumandagi, tashkilot, muassasa va idoralar mazkur qarorning ijrosini taʼminlanishi toʻgʻrisida har 15 kunda tuman hokimligiga maʼlumotlar taqdim etib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 2013/2014-yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashiga tayyorgarligini borishi yuzasidan har oyda tuman hokimligi yigʻilishlarida koʻrib chiqilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu qarorning qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 27-iyundagi 592-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari J. Mansurov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim H. ChINIBEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xovos sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 2-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1126-son