Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021 03.09.2013 yildagi 304-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati Shirin shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirin shahrida 2014-yilda kasanichilik uy mehnatini tashkil qilish boʻyicha shahar Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 28-maydagi 150/22-6-sonli “Sirdaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 12-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3706-sonli Farmonini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi “Aholi bandligini oshirish, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-616-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash, ishga jalb etish uchun ish beruvchilarga real ragʻbatlar yaratish, kasanachilarning qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy va mehnat kafolatlarini yanada yaxshilash, ayniqsa qishloq joylardagi ish bilan band boʻlmagan aholini uyda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish ishlarini bajarish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3706-sonli Farmonini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi “Aholi bandligini oshirish, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-616-sonli qarorlari ijro va rahbarlik uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaharda 2014-yilda kasanachilik uy mehnatini tashkil qilish dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaharda korxonalar bilan uyda mahsulotlar ishlab chiqariladigan va xizmatlar koʻrsatadigan fuqarolar oʻrtasida kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiya tuzilsin va uning tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar ishchi komissiyasi (M. Abduraximov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan rejani bajarilishini qatʼiy ravishda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oy yakuni bilan dastur ijrosi boʻyicha ishchi guruhi yigʻilishlarini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2014-yilda kasanachilik uy mehnatini tashkil qilish boʻyicha shahar Dasturiga kiritilgan korxona rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilarning doimiy ish bilan taʼminlanishi bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni, yaʼni xomashyo ishlab chiqarish jihozlari bilan taʼminlashni, oylik ish haqlarining oyma-oy belgilanishini nazoratga olish topshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturda belgilangan reja topshiriqlarning bajarilishi boʻyicha shaxsan javobgar ekanliklari uqtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oy yakuni bilan kasanachilik ish oʻrinlarini tashkil qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan (yaratilgan kasanachilik ish oʻrinlari, ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlardan nusxa, kasanachiga ochilgan mehnat daftarchasi nusxasi, kasanachiga toʻlangan ish haqi toʻlov varaqasi nusxasi, kasanachiga yetkazib berilgan xomashyo va kasanachilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi) maʼlumotlarni shahar ishchi guruhi aʼzosi (I. Eshonqulov)ga taqdim qilish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (Oʻ. Akbutayev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilik mehnati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya qilish ustidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha har oylik monitoring natijalari 2 nusxada shahar hokimligiga topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shahar Statistika boʻlimi (B. Goipov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hokimligiga korxonaning kasanachilik mehnati bilan band boʻlgan xodimlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar tomonidan Statistika boʻlimiga topshiriladigan 1-T “Mehnat hisoboti”ga yaratilgan kasanachilik ish oʻrinlari kiritilishini nazorat qilish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari M. Abduraximov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Sh. TOJIBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirin sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 3-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304-son