Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021 22.08.2013 yildagi 1144-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirdaryo viloyati Sayxunobod tuman hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayxunobod tumanida 2014-yilda kasanachilik uy mehnatini tashkil qilish boʻyicha tuman Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 28-maydagi 150/22-6-sonli “Sirdaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 12-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3706-sonli Farmonini amalga oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-iyuldagi 146-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi “Aholini bandligini oshirish, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PK-616-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda ayniqsa qishloq joylardagi ish bilan band boʻlmagan aholini uyda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish ishlarini bajarishga jalb etish uchun ish beruvchilarga real ragʻbatlar yaratish, kasanachilarning qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy va mehnat kafolatlarini yanada yaxshilash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumanda 2014-yilda kasanachilik uy mehnatini tashkil qilish dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumanda korxonalar bilan uyda mahsulotlar ishlab chiqariladigan va xizmatlar koʻrsatadigan fuqarolar oʻrtasida kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qullab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiya tuzilsin va uning tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman ishchi komissiyasi (Sh. Qarshiboyev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi kasanachilik ish oʻrinlarini, shu jumladan kasanachilikdan foydalanish turlarini kengaytirish hisobiga tashkil etish uchun mavjud zaxiralarni aniqlashda va ishga solishda korxonalarga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalari va kasanachilik oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish, korxonalar buyurtmalari boʻyicha uyda ishlaydigan fuqarolarga asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar bilan taʼminlashning barqaror sharoitlarini, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotni topshirish va ish haqi toʻlash kafolatlarini yaratish boʻyicha masalalar tezkorlik bilan hal etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda joylashgan korxonalarda kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha kasanachilikni belgilangan dastur parametrlari bajarilishi monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilarga ularning huquqlari, koʻrsatib oʻtilgan huquqlar ish beruvchi korxonalar tomonidan buzilgan taqdirda, himoya qilinishini taʼminlashda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan uzviy oʻzaro hamkorlikda kasanachilik bilan shugʻullanishni xohlovchi band boʻlmagan aholi sonini va malakasini aniqlash, shuningdek aholining koʻrsatib oʻtilgan toifalarini keyinchalik ishga joylashtirishda koʻmaklashish vazifasi topshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2014-yilda kasanachilik uy mehnatini tashkil qilish boʻyicha tuman dasturiga kiritilgan korxona rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturda belgilangan reja topshiriqlarning bajarilishi boʻyicha shaxsan javobgar ekanliklari belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xar oy yakuni bilan kasanachilik ish oʻrinlarini tashkil qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan, yaratilgan kasanachilik ish oʻrinlari, ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqdan nusxa, kasanachiga ochilgan mehnat daftarchasi nusxasi, kasanachiga toʻlangan ish haqi toʻlov varaqasi nusxasi, kasanachiga yetkazib berilgan xomashyo va kasanachilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman ishchi komissiyasi raisi oʻrinbosari (A. Yakubov)ga taqdim qilish vazifasi topshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (A. Yakubov) ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilik mehnati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha har oylik monitoring oʻtkazib borilsin va monitoring natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman hokimligiga topshirib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman statistika boʻlimi (B. Berdiyev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimligiga korxonalarning kasanachilik mehnati bilan band boʻlgan xodimlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar tomonidan statistika boʻlimiga topshiriladigan statistik hisobotlarga yaratilgan kasanachilik ish oʻrinlari kiritilishini nazorat qilish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishi nazoratini oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. TURDIBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayxun sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1144-son