Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.09.2000 06.08.1998 yildagi 337-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.09.2000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 1998/99 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli “Hukumat komissiyalarini tuzish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 1998/99 yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga qarashli xoʻjaliklarni 1997/98 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va nuqsonlarni tanqidiy tahlil qilib chiqsinlar. Shaharlar va tumanlarni, korxonalar va tashkilotlarni, uy-joylarni, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, madaniy-maishiy, savdo va umumiy ovqatlanish muassasalarini, qishloq xoʻjaligi korxonalarini 1998/99 yil boʻlajak kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan 20 kun muddatda chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bugʻ qozonxonalarini, issiqlik, suv quvurlari, gaz tarmoqlarini mukammal tuzatishni, qattiq va suyuq yoqilgʻi, texnik tuzning zarur zaxiralarini yaratishni joriy yilning 1-oktabrigacha, uy-joylarni tuzatishni ishlab chiqilgan jadvallarga muvofiq tugallashni taʼminlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 1-oktabriga qadar gaz yoqilgʻisini aholi uchun boʻshatish maqsadida barcha korxonalar va tashkilotlarda ularning kuz-qish davrida yoqilgʻining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun suyuq va qattiq yoqilgʻining zarur zaxiralarini yaratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal-maishiy obyektlarni gazni hisobga olish asboblari bilan jihozlashni tugallash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar. Gazni hisobga olish asboblari boʻlmagan sanoat va kommunal-maishiy korxonalarga gaz yetkazib berish toʻxtatilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Oʻzbeknefgaz” milliy korporatsiyasi va “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tomonidan yetkazib berilgan yoqilgʻi-energetika resurslari va koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun korxona va tashkilotlar qarzlari toʻlanishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻmir va suyuq yoqilgʻining zarur hajmlardagi zaxiralarini yaratish uchun “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ularni respublika korxonalari va tashkilotlariga joriy yilning 15-sentabrigacha belgilangan tartibda yetkazib berishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi elektr stansiyalari va sanoat korxonalarini 1998/99 yil kuz-qish davrida yoqilgʻining zaxira turiga oʻtkazish jadvalini 1998-yil 1-oktabrga qadar ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi elektr stansiyalari va issiqlik markazlariga yoqilgʻi mazuti, koʻmir, tabiiy gaz Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998-yil 29-aprelda tasdiqlangan jadvalga muvofiq oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998/99 yil kuz-qish davrida respublikaning barcha gaz taqsimlovchi stansiyalari boʻyicha belgilangan limitlar va koʻrsatkichlar doirasida gaz yetkazib berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish mavsumi boshlangunga qadar Andijon viloyatidagi yerosti gaz omborxonasi birinchi navbatining ishga tushirish minimumini foydalanishga topshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 1-oktabrigacha Kalif-Termiz gaz quvurining eng koʻp eskirgan uchastkalarini tuzatib qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi 5 - “Chilonzor” bugʻ qozonxonasiga gaz quvuri tarmogʻini ulashni va uni foydalanishga topshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va “Oʻzgazuzatish” davlat birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-martdagi 117-son qaroriga muvofiq, 1998-yil qurilish dasturida nazarda tutilgan gaz taqsimlash quvurlari tarmoqlari va gaz taqsimlash stansiyalari qurilishini 1998-yil 1-noyabrga qadar tugallasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Surxondaryo viloyati hokimi (Noraliyev) tuzilgan shartnomalarga va oldindan haqi toʻlanganligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi korxonalariga texnik tuz oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuz-qish davrini oʻtkazishda qatnashadigan elektr stansiyalari, issiqlik-elektr markazlari, elektr tarmoqlari obyektlarining asosiy texnologik asbob-uskunalarini mukammal, oʻrtacha va joriy tuzatishni 1998-yil 1-oktabrgacha tugallasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-oktabrga 1150 ming tonna, 1998-yil 1-noyabrga 1200 ming tonna hajmida yoqilgʻi mazuti va 1998-yil 1-oktabrga 1120 ming tonna, 1998-yil 1-noyabrga 1200 ming tonna hajmida koʻmir jamgʻarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Ermetov) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining elektr stansiyalari, issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotlari uchun tuz, neft mahsulotlari va koʻmirning uzluksiz tashilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish mavsumi boshlangunga qadar koʻp qavatli uy-joylarning barcha yertoʻlalarini quruq holga keltirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlikni saqlash maqsadida barcha issiqlik trassalarini issiqlik oʻtkazmaydigan materiallar bilan qoplasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanalizatsiya va kollektor tarmoqlarini tozalasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha binolar muassasalari, maktablar, kasalxonalar va poliklinikalarga issiqlik uzluksiz yetkazib berilishiga alohida eʼtibor bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 1998/99 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash masalalari boʻyicha komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ommaviy axborot vositalari iqtisodiyot tarmoqlarini boʻlajak kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashning borishini muntazam ravishda yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari mazkur qarorning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar, oʻzlari mutasaddi boʻlgan tarmoqlarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashning borishini har oyda tahlil qilib chiqsinlar, zaruriyat boʻlganda tegishli chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi I.H. Joʻrabekov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 6-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 6-avgustdagi
337-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 1998/99 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash masalalari boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Joʻrabekov I.H.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi
Haqqulov Q.J. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari
Yunusov R.R. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari
Toʻlaganov K.N. ‎ Toshkent shahri hokimi‎
Otayev V.Y. Energetika va elektrlashtirish vaziri‎
Oripov O.O. “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi raisi
Ahmadboyev A.Gʻ. “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi raisi‎
Bobomurodov A.M. “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi boshligʻi‎
Gʻulomov S.S. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri‎
Guskova T.N.‎ Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Doroxov V.N. Toshkent shahri hokimining oʻrinbosari‎
Julin N.I. ‎ “Oʻzgazuzatish” davlat birlashmasi bosh direktori‎
Karimov Sh.I.‎ Sogʻliqni saqlash vaziri‎
Leleko A.I.‎ “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi bosh direktori‎
Mixaylov V.K. Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri‎
Moʻminov R. Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari‎
Nisnevich A.S. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Nizomov M.Z.‎ ‎ “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Normurodov M.B.‎ Markaziy Bank raisining birinchi oʻrinbosari‎
Sidiqnazarov Q.M. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi‎
Tojiyev E.T. “Oʻzdavneftmahsulot” davlat-aksiyadorlik birlashmasining bosh direktori‎
Hasanov B.V. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Sharonov Y.G. ‎ “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi raisi‎
Ermetov N.E.‎ ‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Yoʻldoshev J.Gʻ.‎ ‎ Xalq taʼlimi vaziri‎