Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2003 17.03.1998 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998 – 2000-YILLAR DAVRIDA QIShLOQ AHOLISINI IChIMLIK SUV VA TABIIY GAZ BILAN TA’MINLASh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 405-sonli “Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi sektorida o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, qishloq aholisining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, qishloqda rivojlangan infratuzilmani yaratish uchun mahalliy boshqaruv organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan 1998 — 2000-yillar davrida qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturi 1 — 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqning ichimlik suv ta’minotini va gazlashtirishni rivojlantirishning tasdiqlangan ko‘rsatkichlari asosida tumanlar bo‘yicha alohida ana shunday dasturlarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va tasdiqlasinlar hamda ularni kelishish uchun Respublika komissiyasiga taqdim etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq dasturlarda import konteyner asbob-uskunalardan foydalangan holda qurilgan suv olish inshootlariga taqsimlovchi tarmoqlar qurilishini 1998-yilda tugallashni nazarda tutsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazlashtirish va suv ta’minoti obyektlari uchun yer maydoni o‘z vaqtida ajratilishini hamda 1999-2000-yillarda ishlar dasturi uchun mo‘ljallangan loyiha-smeta hujjatlari muddatidan oldin tayyorlanishini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hovli-joylar mavjud gaz va suv quvuri tarmoqlariga ulanishini hamda obyektlar va inshootlar quvvatlaridan to‘liq foydalanishni ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va uning joylardagi organlari bilan birgalikda qishloq va suv xo‘jaligi tashkilotlari va korxonalari tomonidan suv quvuri va gaz tarmoqlari ishga tushirilishi bo‘yicha belgilangan topshiriqlar bajarilishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatilishini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurilishni mablag‘ bilan ta’minlashning quyidagi tartibi belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy, viloyatlararo, tumanlararo suv quvuri va gaz keltiruvchi, taqsimlovchi gaz quvurlari — asosan respublika va mahalliy budjet mablag‘lari, markazlashtirilgan kreditlar hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz taqsimlash quvurlari, gaz taqsimlash stansiyalarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish — respublika va mahalliy budjetlar hamda “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasining teng ulushlardagi mablag‘lari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayirish tarmoqlari — xo‘jaliklar va korxonalarning mablag‘lari hamda banklarning ular tomonidan jalb etiladigan kreditlari, shuningdek aholi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 1999-2000-yillar investitsiya dasturini shakllantirishda unga ko‘rsatib o‘tilgan Dasturda nazarda tutilgan obyektlar kiritilishini e’tiborda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tasdiqlangan Dasturni amalga oshirish uchun sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish, qishloqni qayta o‘zgartirishda barcha darajalardagi ijro etuvchi organlarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun 7-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya to‘g‘risidagi Nizomni hamda uning ish rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998 — 2000-yillar davrida qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturining bajarilishini har chorakda ko‘rib chiqsin hamda belgilangan topshiriqlar to‘liq bajarilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida 1999-yil 1-iyulgacha suv ta’minotini rivojlantirish sxemasini aniqlashtirish hamda 1999-yil 1-dekabrgacha respublika hududlarining o‘ziga xos xususiyatlarini va suv ta’minotining mahalliy manbalaridan to‘liqroq foydalanishni hisobga olgan holda yangi normativ va texnologik asosda 2010-yilgacha bo‘lgan davrda gazlashtirishni rivojlantirish sxemasini ishlab chiqish ishlarini tashkil etsinlar. 1998-yilda ushbu ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga joriy yilda ajratilgan markazlashtirilgan sarmoya mablag‘lari limitlari hisobiga amalga oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab turgan va qurilayotgan mintaqaviy hamda yirik tumanlararo suv quvurlarini Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi balansiga berish to‘g‘risida taklif tayyorlasinlar va bir oy muddatda kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ichimlik suv ta’minoti obyektlaridan foydalanishning yagona xizmatini tashkil etish to‘g‘risida 3 oy muddatda taklif tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi suv ta’minoti va gazlashtirish obyektlarini loyihalashtirish va ularning loyihalashtirilishi va qurilishi sifati ustidan nazorat qilish uchun loyiha tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga litsenziyalar berishga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining buyurtmalari bo‘yicha yerosti chuchuk suvlari batafsil tadqiq etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda respublika gipo-xlorid kalsiy, qattiq sulfat kislota alyuminiyi, plastmassa va po‘lat suv-gaz quvurlari, shuningdek konteynyerlar va ballonlarda suyuq xlor ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida takliflar tayyorlasinlar va ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 17-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117-son