Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2019 07.12.2013 yildagi 322-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-iyuldagi 609-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qarori)” 2011-yil 6-sentabrdagi 248-son qaroriga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga, istisno tariqasida, “Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi” davlat unitar korxonasi bilan uning ustaviga muvofiq korxona tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish yuzasidan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzishiga ruxsat etilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 81-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 98-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan aniqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 81-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 98-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 7-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish manbalarini, shuningdek ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik quyidagi hisob raqamlarini ochadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) banklarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyutada patent bojlarini, yigʻimlarni va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni toʻlash boʻyicha hisob raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy valyutadagi hisob raqamlari, shu jumladan blok-hisob raqamlari (xorijiy valyutaning har bir turi boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) gʻaznachilik boʻlinmalarida tegishli gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlikning milliy va xorijiy valyutadagi mablagʻlarini hisobga olish alohida-alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Budjetdan tashqari mablagʻlarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Patent bojlarini, yigʻimlarni va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni toʻlash boʻyicha milliy valyutada tushgan mablagʻlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushgan mablagʻlar umumiy hajmining 20 foizi miqdorida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushgan mablagʻlar umumiy hajmining 80 foizi miqdorida — Agentlikning gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hisobot davrida yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirganlik uchun tushgan valyuta mablagʻlari hisobot davridan keyingi oyning 3-kunigacha valyuta blok-hisob raqamlaridan (xorijiy valyutaning har bir turi boʻyicha):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, xorijiy valyutada tushgan mablagʻlar umumiy hajmining 90 foizi miqdorida — Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisob raqamiga;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy valyutada tushgan mablagʻlar umumiy hajmining 2 foizi miqdorida — belgilangan tartibda konvertatsiya qilingandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy valyutada tushgan mablagʻlar umumiy hajmining 8 foizi miqdorida — Agentlikning xorijiy valyutaning har bir turi boʻyicha ochilgan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi 302-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 395-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlikning tegishli gʻaznachilik hisob raqamiga tushgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kamida 50 foizidan — Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni oʻz vaqtida bajarish bilan bogʻliq boʻlgan Agentlikning joriy taʼminoti uchun, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kadrlar tayyorlash, xizmat safarlari xarajatlari, Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni huquqiy himoya va muhofaza qilish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda qatnashishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning arxiv ishlarini yuritish va kutubxona fondini taʼminlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot va tarmoq resurslarini shakllantirish va saqlash, shu jumladan server hamda telekommunikatsiya asbob-uskunalariga, kompyuterlarga tashkiliy texnikaga texnik va tizimli xizmat koʻrsatish, dasturiy mahsulotlarni yaratish va kuzatib borish, axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek matbaa xizmatlari koʻrsatish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni huquqiy himoya va muhofaza qilish bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida jalb etilgan mahalliy va xorijiy mutaxassislar xizmatiga haq toʻlash uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qolgan mablagʻlardan — Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda blok-hisob raqamlaridagi (har bir xorijiy valyuta boʻyicha) hamda Agentlikning milliy valyutada patent bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlarni toʻlash boʻyicha hisob raqamidagi mablagʻlardan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun qoʻshimcha daromadlarni jalb etish maqsadida Agentlikning vaqtinchalik foydalanilmayotgan budjetdan tashqari mablagʻlari banklardagi depozitlarga joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hisob raqamlaridagi, shu jumladan blok-hisob raqamidagi (har bir xorijiy valyuta boʻyicha) Agentlikning tasarrufida qolgan xorijiy valyutadagi mablagʻlar (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining sotish kunidagi kursi boʻyicha) soʻm ekvivalentiga hisoblagan holda Agentlikning gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda milliy valyutaga konvertatsiya qilingan mablagʻlar Agentlikning milliy valyutadagi gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga ajratiladigan mablagʻlar yuqori malakali kadrlarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga va mehnatini ragʻbatlantirishga, Agentlik xodimlari nufuzini oshirishga, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni huquqiy himoya va muhofaza qilish sohasidagi yosh istiqbolli mutaxassislar va olimlarni jalb etishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish Agentlikning milliy valyutadagi budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ragʻbatlantirish toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha va bayram kunlari bilan bogʻliq mukofotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoʻla mukofotlar toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga moddiy yordam va kompensatsiyalar toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik ish yakunlari boʻyicha mukofotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha xodimlarga ragʻbatlantirish toʻlovlari va mukofotlarni belgilash va toʻlash toʻgʻrisidagi qaror Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining taqdimiga koʻra Agentlikning maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha ragʻbatlantirish toʻlovlari va mukofotlarni belgilash va toʻlash toʻgʻrisidagi qaror Agentlik bosh direktori yoki bosh direktorning tarkibiy boʻlinmaga mutasaddi boʻlgan oʻrinbosari taqdimiga koʻra Agentlikning maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha Agentlik bosh direktorining oʻrinbosarlariga ragʻbatlantirish toʻlovlari va mukofotlarni belgilash toʻgʻrisidagi qaror Agentlikning bosh direktori tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha Agentlikning bosh direktoriga ragʻbatlantirish toʻlovlari va mukofotlarni belgilash toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlikning maxsus komissiyasi kamida 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya tarkibiga Agentlikning bosh direktori va Agentlik kasaba uyushmasi qoʻmitasining vakili majburiy tartibda kiritiladi. Komissiyaning ish tartibi Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ragʻbatlantirish toʻlovlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ragʻbatlantirish toʻlovlari yuqori malaka uchun lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar tarzida, xodim lavozim maoshining 65 foizigacha miqdorda belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning lavozim maoshlariga shaxsiy ustamalar topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilmagan, ishlar sifati yomonlashgan va mehnat intizomi buzilgan hollarda bekor qilinishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha va bayram kunlari munosabati bilan mukofotlar, shuningdek biryoʻla mukofotlar toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik xodimlarini hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha va bayram kunlari munosabati bilan mukofotlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha mukofotlar topshiriqlar oshirib bajarilganda, xodimlarga yuklangan lavozim vazifalari zarur darajada bajarilganda, amalda ishlangan vaqt (qonun hujjatlariga muvofiq uning uchun ish haqi yoziladigan vaqt) uchun toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha va bayram kunlari munosabati bilan har bir xodim mukofotining aniq miqdori xodim yillik lavozim maoshining sakkiz baravari miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan va mehnat intizomini buzgan xodimlar mukofotdan toʻliq yoki qisman mahrum etiladi. Ishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyishlar va mehnat intizomini buzishlar roʻyxati ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yillik ish yakunlari boʻyicha Agentlik xodimlariga qoʻshimcha mukofotlar toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mukofotlarning yillik miqdori xodimning hisobot yilidagi lavozim maoshining olti baravaridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik xodimlariga alohida muhim aniq topshiriqlarning yuqori sifatli va oʻz vaqtida bajarilganligi uchun bir yoʻla mukofot toʻlanishi mumkin, uning miqdori yiliga ikki lavozim maoshidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Xodimlarga moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xodim mehnat taʼtiliga chiqqanda unga bir lavozim maoshidan koʻp boʻlmagan miqdorda moddiy yordam toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy yordam, shuningdek Agentlik xodimlariga istisno hollarda — ularning murojaatiga yoki Agentlik kasaba uyushmasi qoʻmitasining tashabbusi boʻyicha (xodimlarning toʻy va yubiley tantanalarida, yaqin qarindoshlari vafot etganda, ogʻir jarohatlar olganida, ogʻir kasallanganida, tabiiy ofatlar oqibatida va boshqa hollarda) tegishli xodimning ikki lavozim maoshigacha boʻlgan miqdorda toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xodimlarga ovqatlanishi uchun kompensatsiya toʻlovlari har oyda — eng kam oylik ish haqining koʻpi bilan 2 baravari miqdorida belgilanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xodimlarga jamoat transportida yurishi uchun kompensatsiya toʻlovlari har oyda — transportda yurish oylik kartochkasi qiymatidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlarini sarflash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlarini sarflash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan daromad va xarajatlarning tasdiqlangan smetasiga muvofiq ularning gʻaznachilik hisob raqamidan tushishi doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha tasdiqlangan smetada nazarda tutilgan miqdorlardan ortiqcha tushgan budjetdan tashqari mablagʻlaridan foydalanish smetaga tegishli oʻzgartirish kiritilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ular uchun Agentlikning gʻaznachilik hisob raqamlaridan toʻlov qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan va joriy moliya yilida sarflanmagan mablagʻlar olib qoʻyilmaydi hamda ulardan ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun keyingi moliya yilida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanish tartibiga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agentlikning ushbu Nizomda koʻrsatilgan budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanish tartibiga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik Agentlikning bosh direktori va bosh buxgalteri zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agentlik har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjetdan tashqari mablagʻlarning tushishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni qonun hujjatlarida belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda taqdim etish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi har ikki yilda kamida bir marta Agentlikning moliya-xoʻjalik faoliyatini, Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari toʻliq taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi masalasini majburiy tartibda oʻrgangan holda taftish qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 14-iyundagi 209-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 32-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 19-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari toʻgʻrisidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarorining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 26-modda) va qarorga 3-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ–111-sonli Qonuni)” 2008-yil 7-maydagi 89-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 16-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 2-ilovaning 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 50-son, 649-modda; 2017-yil.,7-son, 98-modda, 21-son, 395-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)