06.09.2011 yildagi 248-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
a) qarorning nomidagi hamda 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat patent idorasining” so‘zlari “Intellektual mulk agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son)
v) 2-ilovada (Patent vakillari to‘g‘risidagi nizom):
2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining (keyingi o‘rinlarda Patent idorasi deb ataladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Patent idorasida” so‘zlari “Agentlikda” so‘zi bilan almashtirilsin;
4-bandning to‘rtinchi xatboshidagi, 7-banddagi, 23-bandning birinchi xatboshidagi, 24-banddagi, 26-bandning birinchi xatboshidagi, 29-banddagi “Patent idorasi” so‘zlari “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
5, 22-bandlardagi “Patent idorasining” so‘zlari “Agentlikning” so‘zi bilan almashtirilsin;
6, 10-bandlardagi, 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “Patent idorasiga” so‘zlari “Agentlikka” so‘zi bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Patent idorasi” va “Patent idorasining” so‘zlari tegishli ravishda “Agentlik” va “Agentlikning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Patent idorasi” va “Patent idorasining” so‘zlari tegishli ravishda “Agentlik” va “Agentlikning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
20-banddagi “Patent idorasining” va “Patent idorasi” so‘zlari tegishli ravishda “Agentlikning” va “Agentlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining “Mas’ul davlat organlari” ustunida:
a) 5-16-pozitsiyalardagi “Davlat patent idorasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 44-pozitsiyadagi “O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-avgustdagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 36-son, 408-modda)
12. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxatida:
a) 73-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 85-banddan “O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 87-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli qaroriga asosan 2020-yil 18-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2022-y., 09/22/346/0566-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizom ilovasidagi 2-ro‘yxatning 5.1.8-bandidagi “Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi bosh direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin.