OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI MUVOFIQLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
“Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 5-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2383-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 36-son, 477-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2012-yil 24-iyuldagi 2012-13-son “Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2383, 2012-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 369-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-noyabr,
2013-04-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
a) muqaddimadagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 8-bandda:
uchinchi xatboshisidagi “saytiga” degan soʻz “rasmiy veb-saytiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisi “, bundan qimmatli qogʻozlarni xususiy joylashtirish mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“emitentning birinchi chorak, birinchi yarim yil va toʻqqiz oy yakunlariga doir hisobotini hisobot oyidan keyingi bir oy ichida;”;
g) 10-banddan “har choraklik va yillik” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
d) 18-banddagi “oʻn” degan soʻz “oʻttiz” degan soʻz bilan almashtirilsin.
e) 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Mazkur Qoidalarning 22-bandida koʻrsatilgan axborotni eʼlon qilish bitim tuzilishidan kamida bir ish kuni oldin respublika gazetasi yoki fond birjasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 641-modda)