Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017 25.11.2013 yildagi 312-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017
Hujjat 06.07.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmogʻi orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmoniga muvofiq, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlarini amalga oshirishni elektron tizimga oʻtkazishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2014-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmogʻi orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish mexanizmi (keyingi oʻrinlarda elektron roʻyxatdan oʻtkazish deb ataladi) joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron roʻyxatdan oʻtkazish taʼsis hujjatlarini masofadan turib va interaktiv rasmiylashtirish yoʻli bilan namunaviy shakllar asosida tayyorlash imkoniyati boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron roʻyxatdan oʻtkazishda zarur hujjatlarni ilova qilgan holda roʻyxatdan oʻtkazishga ariza berish, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazilgan taʼsis hujjatlarini va tadbirkorlik subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish elektron raqamli imzodan foydalangan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan kredit tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi 2014-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda barcha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga ularning Internet tarmogʻidagi tegishli idoraviy saytlaridan foydalangan holda real vaqt rejimida tadbirkorlik subyektlariga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va KTUT kodi berilishi imkoniyatini bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, elektron roʻyxatdan oʻtkazish mexanizmini joriy etish va takomillashtirishga doir ishlarni moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi elektron roʻyxatdan oʻtkazish yangi mexanizmining amalda qoʻllanishi monitoringini taʼminlasinlar va hisobot choragi yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga uning faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida, shuningdek uni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 11-bandning birinchi xatboshidagi “(shaxsan kelib yoki pochta orqali)” soʻzlari “(shaxsan kelib, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmogʻi orqali)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 111-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“111. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar, 12-bandning “g” kichik bandi toʻrtinchi xatboshida va 72-bandning beshinchi xatboshida koʻrsatilganlar bundan mustasno, shu jumladan bir vaqtning oʻzida ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilgan holda Internet tarmogʻi orqali bir nusxada taqdim etiladi va ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Qogʻozda rasmiylashtirilgan va (yoki) berilgan skaner qilingan hujjatlarni taqdim etishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansubligiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ, foydalanish tashkilotlari, “Ergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmati, tuman (shahar) hokimligi tomonidan berilgan, ushbu Nizomda nazarda tutilgan elektron hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ariza beruvchi ularning asl nusxalarini Internet tarmogʻi orqali taqdim etishga haqlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 16, 17, 72-bandlarning birinchi xatboshlaridagi “kelgan holda yoki pochta aloqasi orqali” soʻzlari “kelgan holda, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmogʻi orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tadbirkorlik subyektiga Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasining tegishli idoraviy saytlaridan foydalanib real vaqt rejimida Internet tarmogʻidan olingan STIR va XTUT kodlarini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar davlat roʻyxatidan oʻtkazish amalga oshirilgan kundan boshlab bir kun mobaynida tadbirkorlik subyekti joylashgan joy boʻyicha davlat reyestridan olingan uning toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar boʻyicha — statistika va soliq organlariga, aksiyadorlik jamiyatlari hisoblangan yuridik shaxslar boʻyicha esa, — shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga ham;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boʻlmagan yakka tadbirkorlar va dehqon xoʻjaliklari boʻyicha — soliq organiga rasman taqdim etadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “ularga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini beradi hamda uni statistika va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga rasman maʼlum qiladi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat statistika organlari — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan berilgan statistika kodlarini tekshiradi va yuridik shaxsni Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 54-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik subyektlariga elektron shaklda berilgan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ, foydalanish tashkilotlari, “Ergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmati, tuman (shahar) hokimligi vakolatli shaxsining tegishli elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Bunda ariza beruvchi, shuningdek oʻz soʻrovi boʻyicha shaxsan kelib yoki pochta aloqasi orqali qogʻozlarda rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarni olish huquqiga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan tegishli elektron hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida foydalanuvchining shaxsiy xonasi orqali olingan kun ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar berilgan sana deb hisoblanadi, shaxsiy xonasi borligi toʻgʻrisida ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga maʼlum qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 57-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“57. Bank hisob raqamlarini ochish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 761-bandning birinchi xatboshidagi “uning dublikati berilishi mumkin” soʻzlari “uning dublikati beriladi, shu jumladan elektron shaklda beriladi. Bunda oldin elektron shaklda berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat faoliyati uchun tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Yakka tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jismoniy shaxs yashaydigan joy boʻyicha davlat soliq inspeksiyasida shaxsan kelib yoki Internet tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar yakka tadbirkorni Internet tarmogʻi orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan taqdirda ular ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Qogʻozlarda rasmiylashtirilgan va (yoki) berilgan skaner qilingan hujjatlarni taqdim etishga yoʻl qoʻyiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “(shaxsan kelib)” soʻzlari “(shaxsan kelib yoki Internet tarmogʻi orqali)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ariza berilayotganda pasport koʻrsatiladi, yakka tadbirkorni Internet tarmogʻi orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish hollari bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yakka tadbirkorga elektron shaklda beriladigan hujjatlar, ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlar bundan mustasno, davlat soliq inspeksiyasi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Bunda ariza beruvchi, shuningdek oʻz soʻroviga koʻra qogʻozlarda rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarni shaxsan kelib olishga ham haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan tegishli elektron hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida foydalanuvchining shaxsiy xonasi orqali olingan kun ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar berilgan sana deb hisoblanadi, shaxsiy xonasi borligi toʻgʻrisida ariza beruvchi davlat soliq inspeksiyasiga maʼlum qiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 48-son, 625-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda)