Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017 25.11.2013 yildagi 312-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmoniga muvofiq, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlarini amalga oshirishni elektron tizimga o‘tkazishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2014-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmi (keyingi o‘rinlarda elektron ro‘yxatdan o‘tkazish deb ataladi) joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron ro‘yxatdan o‘tkazish ta’sis hujjatlarini masofadan turib va interaktiv rasmiylashtirish yo‘li bilan namunaviy shakllar asosida tayyorlash imkoniyati bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron ro‘yxatdan o‘tkazishda zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza berish, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlarini va tadbirkorlik subyektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani berish elektron raqamli imzodan foydalangan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan kredit tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi 2014-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda barcha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga ularning Internet tarmog‘idagi tegishli idoraviy saytlaridan foydalangan holda real vaqt rejimida tadbirkorlik subyektlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) va KTUT kodi berilishi imkoniyatini bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, elektron ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmini joriy etish va takomillashtirishga doir ishlarni moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi elektron ro‘yxatdan o‘tkazish yangi mexanizmining amalda qo‘llanishi monitoringini ta’minlasinlar va hisobot choragi yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga uning faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida, shuningdek uni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 11-bandning birinchi xatboshidagi “(shaxsan kelib yoki pochta orqali)” so‘zlari “(shaxsan kelib, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog‘i orqali)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 111-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“111. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar, 12-bandning “g” kichik bandi to‘rtinchi xatboshida va 72-bandning beshinchi xatboshida ko‘rsatilganlar bundan mustasno, shu jumladan bir vaqtning o‘zida ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilgan holda Internet tarmog‘i orqali bir nusxada taqdim etiladi va ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Qog‘ozda rasmiylashtirilgan va (yoki) berilgan skaner qilingan hujjatlarni taqdim etishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansubligiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, foydalanish tashkilotlari, “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli hududiy xizmati, tuman (shahar) hokimligi tomonidan berilgan, ushbu Nizomda nazarda tutilgan elektron hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchi ularning asl nusxalarini Internet tarmog‘i orqali taqdim etishga haqlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 16, 17, 72-bandlarning birinchi xatboshlaridagi “kelgan holda yoki pochta aloqasi orqali” so‘zlari “kelgan holda, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog‘i orqali” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tadbirkorlik subyektiga Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasining tegishli idoraviy saytlaridan foydalanib real vaqt rejimida Internet tarmog‘idan olingan STIR va XTUT kodlarini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amalga oshirilgan kundan boshlab bir kun mobaynida tadbirkorlik subyekti joylashgan joy bo‘yicha davlat reyestridan olingan uning to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar bo‘yicha — statistika va soliq organlariga, aksiyadorlik jamiyatlari hisoblangan yuridik shaxslar bo‘yicha esa, — shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga ham;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha — soliq organiga rasman taqdim etadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini beradi hamda uni statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasman ma’lum qiladi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat statistika organlari — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan berilgan statistika kodlarini tekshiradi va yuridik shaxsni Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 54-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik subyektlariga elektron shaklda berilgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, foydalanish tashkilotlari, “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli hududiy xizmati, tuman (shahar) hokimligi vakolatli shaxsining tegishli elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Bunda ariza beruvchi, shuningdek o‘z so‘rovi bo‘yicha shaxsan kelib yoki pochta aloqasi orqali qog‘ozlarda rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarni olish huquqiga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan tegishli elektron hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida foydalanuvchining shaxsiy xonasi orqali olingan kun ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar berilgan sana deb hisoblanadi, shaxsiy xonasi borligi to‘g‘risida ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ma’lum qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 57-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“57. Bank hisob raqamlarini ochish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 761-bandning birinchi xatboshidagi “uning dublikati berilishi mumkin” so‘zlari “uning dublikati beriladi, shu jumladan elektron shaklda beriladi. Bunda oldin elektron shaklda berilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat faoliyati uchun tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Yakka tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jismoniy shaxs yashaydigan joy bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasida shaxsan kelib yoki Internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar yakka tadbirkorni Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan taqdirda ular ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Qog‘ozlarda rasmiylashtirilgan va (yoki) berilgan skaner qilingan hujjatlarni taqdim etishga yo‘l qo‘yiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “(shaxsan kelib)” so‘zlari “(shaxsan kelib yoki Internet tarmog‘i orqali)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ariza berilayotganda pasport ko‘rsatiladi, yakka tadbirkorni Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hollari bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yakka tadbirkorga elektron shaklda beriladigan hujjatlar, ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlar bundan mustasno, davlat soliq inspeksiyasi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Bunda ariza beruvchi, shuningdek o‘z so‘roviga ko‘ra qog‘ozlarda rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarni shaxsan kelib olishga ham haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan tegishli elektron hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida foydalanuvchining shaxsiy xonasi orqali olingan kun ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar berilgan sana deb hisoblanadi, shaxsiy xonasi borligi to‘g‘risida ariza beruvchi davlat soliq inspeksiyasiga ma’lum qiladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 48-son, 625-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda)