Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2013 10.10.2012 yildagi 536-Q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshrabot tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Samarqand viloyati Qoʻshrabod tumani hokimining 2013-yil 23-sentabrdagi 461-q-sonli “Qoʻshrabot tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash, asosan aholini ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2012-yil tumanda aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ish oʻrinlarini band qilish maqsadida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining shu xususidagi 2012-yil 20-sentabrdagi 253-sonli xatini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun Qoʻshrabot tumanidagi tashkilot, korxona va muassasalardagi xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan (ilovaga* asosan) 3 % nogironlar uchun va boshqa toifalar uchun 4 % miqdorida, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz ota va ona hamda oʻn toʻrt yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 31 % (130 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun 54 % (230 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 9 % (38 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 1,0 % (4 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar 5 % (21 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun 3 % (52 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarilishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasbi boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun ularning kasbi boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogiron uchun mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan xoldagi ish oʻrinlari muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan malakani talab qilmaydigan ishchi, farrosh, qorovul, taʼlim muassasalarida tahlilchi, oʻqituvchi, sogʻliqni saqlash tizimida tahlilchi, hamshira, shifokor, boshqa korxonalarda chilangar, haydovchi, payvandlovchi, duradgor shuningdek boshqa kasb hamda lavozim egalari uchun ish oʻrinlari band qilinishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumandagi barcha tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda barpo etilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror talablarini bajarmagan tumandagi tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari (mansabdor shaxslari)ga koʻrsatib oʻtilgan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 15-bandiga muvofiq jarimaga tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda, tashkilot uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jumladan, ishlab chiqarish uchastkalari (sexlar) tashkil etish uchun noturar joy binolarini birinchi navbatda ajratiladi hamda ushbu ish joylarini barpo etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan tuzilgan shartnoma asosida Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (S. Berdiyev) bir hafta muddatda ushbu qaror ilovasida* koʻrsatilgan tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning ijrosi ustidan nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari I. Oʻrolov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim T. ASTANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshrabot tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 10-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
536-Q-son