Samarqand viloyati Samarqand shahar Hokimining
Qarori
“Sharq taronalari” toʻqqizinchi xalqaro musiqa festivali va Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma ikki yilligi bayramlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida shahar koʻchalariga Davlat bayroqlarini oʻrnatish va koʻtarish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 27-modda) talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-iyundagi PQ-1984-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-apreldagi 07-07-8-7-sonli xatiga koʻra, mazkur bayramlarni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Samarqand shahrining barcha markaziy koʻchalarida va xiyobonlarida, belgilangan tartibda Madaniyat va sport ishlari boʻlimi tomonidan Davlat bayrogʻi oʻrnatish vazifasi topshirilsin.
2. Oʻrnatilgan Davlat bayroqlari joriy yilning 10-avgustidan 5-sentabrgacha har kuni soat 06-00 da koʻtarilib, 22-00 da tushirilsin.
3. Yuqorida belgilangan kunlarda Davlat bayroqlarini koʻtarish va tushirish Madaniyat va sport ishlari boʻlimi (R. Maxmulova) zimmasiga yuklatilsin.
4. Shahar ichki ishlar boʻlimi (X. Pardayev) “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda mazkur qaror talablarini bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari J. Oʻroqov zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim A. ShUKUROV
Samarqand sh.,
2013-yil 8-avgust,
1325-q-son