Xorazm viloyati Urganch tumani hokimining
Qarori
2013-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xorazm viloyati Urganch tumani hokimining 2014-yil 22-avgustdagi 1305k-sonli “2014-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomning 5-bandiga muvofiq 2013-yilda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish birinchi va ikkinchi ilovaga muvofiq korxona, tashkilotlarga yuklatilsin.
2. Urganch tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (J. Toʻrayevga)ga 1-2-ilovalarda keltirilgan korxona va tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar tuzib, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
3. Tegishlicha korxona va tashkilotlar rahbarlari:
tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan, mehnat faoliyatining vaqtincha turlariga muvofiq boʻlishini;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqarolarni har oy davomida kamida ikki hafta muddatga haq toʻlanadigan jamoat ishlari bilan taʼminlanishini;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzsin va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzishda, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari, Urganch tuman hokimligiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga:
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
5. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (J. Toʻrayev) bir hafta muddatda mazkur qarorni 1-2-ilovalarda koʻrsatilgan korxona va tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
6. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari R. Sapayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. RUSTAMOV
Urganch t.,
2013-yil 5-iyun,
794-son
Urganch tuman hokimining 2013-yil 5-iyundagi 794-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Belgilangan muddatlarda haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil qiluvchi korxona va tashkilotlar
ROʻYXATI
| № | Korxona va tashkilotlar nomi | Ish turi | Bajarish davri | Kerakli ishchilar soni |
| 1. | Urganch ipak qurti tuxumi MChJ | Pilla qabul qilish va saralash ishlari | Aprel—iyun | 40 |
| 2. | Urganch Pilla MChJ | Pilla qabul qilish va saralash ishlari | Iyun-iyul | 10 |
| 3. | Obodonlashtirish boshqarmasi | Obodonlashtirish ishlari | Mart—may | 10 |
| 4. | Urganch Nursaid qurilish MChJ | Gʻisht terish, suvoq, tozalash ishlarini bajarish | Mart—sentyabr | 20 |
| 5. | Xorazm gaz qurilish montaj unitar korxonasi | Obodonlashtirish ishlarini bajarish | Iyul-avgust | 10 |
| 6. | Gʻaybu gʻisht taʼminot unitar korxonasi | Gʻisht ishlab chiqarish | Iyul-avgust | 20 |
| 7. | Maxmud xususiy korxonasi | Gʻisht ishlab chiqarish | Iyul-avgust | 20 |
| 8. | Yuqori bagʻ qurilish servis MChJ | Gʻisht terish, suvoq, tozalash ishlarini bajarish | May—iyul | 8 |
| 9. | Urganch MPMK - 285 MChJ | Gʻisht terish, suvoq, tozalash ishlarini bajarish | Iyul-avgust | 21 |
| 10. | Jayxun Xorazm savdo MChJ | Qayta ishlab chiqarish | Iyul-avgust | 15 |
| 11. | Xorazm yoʻl industriya ixtisoslashgan sanoat korxonasi | Yoʻllarni obodonlashtirish | Iyul-avgust | 20 |
| 12. | Xorazm restavratsiya qurilish taʼmir MChJ | Gʻisht terish, suvoq, tozalash ishlarini bajarish | Iyul-avgust | 11 |
| 13. | Hamkor porloq qurilish MChJ | Gʻisht terish, suvoq, tozalash ishlarini bajarish | Iyul-avgust | 11 |
| |
Jami: |
| | 216 |
Urganch tuman hokimining 2013-yil 5-iyundagi 794-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Mavsumiy ishlarda haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil qiluvchi xoʻjaliklar
ROʻYXATI
|
№ |
Fermer xoʻjaliklar soni | Odam soni |
| 1. | Soxiba Ziynat f/x | 6 |
| 2. | Abbosbek Zoirbek f/x | 5 |
| 3. | Qaromon Mirishkor f/x | 8 |
| 4. | Javoxir f/x | 5 |
| 5. | Nurulla Saporboy f/x | 5 |
| 6. | Rustam Ollayor f/x | 5 |
| 7. | Iroda Ilmira f/x | 5 |
| 8. | Sotipov Said bobo f/x | 5 |
| 9. | Xusin Maxsum f/x | 5 |
| 10. | Ozodbek Zafarbek f/x | 9 |
| 11. | Oybek-Ogʻabek f/x | 5 |
| 12. | Bolta Kuyik f/x | 4 |
| 13. | Dilshodbek-Umrbek f/x | 4 |
| 14. | Sayyora f/x | 4 |
| Jami: | 75 |