Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimining
Qarori
Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomining 18-bandiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida davlat transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati 2013-yil 30-iyulgacha, shaxsiy transport vositalari uchun 2013-yil 31-avgustgacha deb belgilansin.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Avtotransport vositalariga ega boʻlgan barcha korxona, tashkilot, muassasa, xususiy korxonalar rahbarlari va shaxsiy transport vositalari egalari mavjud transport vositalarini belgilangan muddatda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi (K. Umarov), tuman IIB YHXB (A. Burliyev)larga 2013-yil uchun avtotransport vositalari texnik koʻrigi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish, texnik koʻrikni belgilangan tartibda oʻz vaqtida oʻtkazish hamda koʻrik natijalari toʻgʻrisida tuman hokimligiga axborot berish vazifalari yuklatilsin.
5. Tuman hokimining 2013-yil 18-fevraldagi 11-f-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim Gʻ. QARShIBOYEV
Paxtakor sh.,
2013-yil 30-iyun,
360-son