Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimining
Qarori
Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarini majburiy texnik koʻrigini tashkil etish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Xatirchi tumanida transport vositalarini 2013-yilgi davlat texnik koʻrigini jadval asosida sifatli oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman ichki ishlar boʻlimi (Z. Qodirov) va tuman mudofaa ishlari boʻlimi (M. Devonayev):
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigini 2013-yil 1-yanvardan 31-avgustga qadar;
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigini 2013-yil 1-martdan 30-iyunga qadar keltirilgan jadval asosida;
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, oʻtiriladigan oʻrindiqlari soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrindigʻidan tashqari) avtomobillar, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun moʻljallangan maxsus avtomobillar va ular tirkamalarining texnik koʻrigini birinchi marta 2013-yil 1-martdan 30-iyungacha, ikkinchi majburiy texnik koʻrigini 2013-yilning 1-sentabridan 31-oktabrigacha boʻlgan muddatlarda oʻtkazilishini tashkil etsinlar.
3. Tuman ichki ishlar yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (keyingi oʻrinlarda tuman IIB YHXG deb yuritiladi) (U. Rashidov)ga:
transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika vositalarini sugʻurtalanganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar taqdim etilgandan soʻng amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, texnik koʻrikdan oʻtgan har bir transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan taʼminlash yuklatilsin.
4. Xatirchi tuman “Sarbon trans” masʼuliyati cheklangan jamiyati (D. Ximoilov) 2013-yilgi majburiy texnik koʻrikni oʻtkazish mavsumi jarayonida texnik koʻrik oʻtkazuvchi komissiya tarkibida ishtirok etish, texnik koʻrik natijalarini jamlash va kerakli maʼlumotlarni tayyorlashga koʻmaklashish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli qarori talablari asosida yoʻlovchi tashuvchi transport vositalari faoliyatini hamkorlikda muntazam nazoratini olib borish uchun 2013-yilning 1-fevralidan 31-oktabriga qadar oylik maoshi saqlangan holda bir nafardan yuqori malakali texnik xodim ajratsinlar.
5. Avtoxoʻjaliklar, tashkilotlar, qoʻshma korxonalar va noshaxsiy transport vositalari egalari tomonidan 2013-yilning 1-mart kuniga qadar texnik koʻrikka taqdim etilishi lozim boʻlgan qaramogʻida mavjud transport vositalari haqida maʼlumotlar tayyorlab, tumanlararo roʻyxatga olish va imtihon olish boʻlinmasidan taqqoslash ishlarini amalga oshirib, toʻlanishi lozim boʻlgan barcha toʻlovlar toʻlangan holda texnik koʻrik oʻtkazuvchi komissiyaga topshirilishi komissiya tomonidan nazorat ostiga olinsin.
6. Yuridik shaxslarning hisobida turgan transport vositalarining soz holda boʻlishiga shaxsan rahbarlar masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin va tuman hokimligi huzuridagi “Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash” komissiyasi yigʻilishlarida texnik koʻrik komissiyasining yillik texnik koʻrikka tayyorgarlik koʻrish natijalari boʻyicha hisobotlari har chorak yakunida tinglanib, tadbir natijalari boʻyicha hisobotlar umumlashtirilgan holda har chorak keyingi oyining 5-sanasigacha viloyat hokimligiga taqdim etilishi belgilab qoʻyilsin.
7. Tuman ichki ishlar boʻlimi (Z. Qodirov)ga mazkur qarorning ijrosi natijasi boʻyicha 2013-yil 10-noyabriga qadar tuman hokimligiga axborot taqdim etish topshirilsin.
8. Texnik koʻrikni oʻtkazish jarayonida safarbarlik davrida qurolli kuchlarga jalb etiladigan transport vositalarini soz holda, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-noyabrdagi 266-sonli buyrugʻiga asosan ehtiyot qismlar bilan taʼminlanishiga qattiq eʼtibor berilishiga shaxsan avtoxoʻjalik, korxona, tashkilot rahbarlari masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Raximov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Gʻ.ALIYEV
Xatirchi t.,
2013-yil 15-aprel,
Q-310-son
Xatirchi tumanidagi avtomototransport vositalarini navbatdagi davlat texnik koʻrigini oʻtkazish boʻyicha komissiya
tarkibi
|
№ |
F.I.O |
Lavozimi |
| 1. |
U. Rashidov |
Xatirchi tuman IIB YHXG katta inspektori, kichik serjant, komissiya raisi |
|
Komissiya aʼzolari | ||
| 2. |
Sh. Abduraxmonova |
Tuman hokimligi bosh mutaxassisi |
| 3. |
Z. Qodirov |
Xatirchi tuman IIB |
| 4. |
M. Devonayev |
Xatirchi tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi |
| 5. |
A. Ximoilov |
“Sarbon Trans” MChJ rahbari |
Xatirchi tumanida mavjud avtokorxona, tashkilot, kichik korxona, fermer xoʻjaliklari va shaxsiy avtomototransport vositalarini 2013-yilgi texnik koʻrikdan oʻtkazish
jadvali
|
№ |
Korxona va xoʻjalik nomi |
Transportlar soni |
Oʻtkazish vaqti |
Oʻtkazish joyi |
Izoh |
| 1. | Hokimiyat | 3 | 17.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 2. | Moliya | 1 | 18.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 3. | Aloqa | 2 | 19.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 4. |
Neftebaza Xatirchi filiali |
16 | 22.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 5. | Sardortrans MChJ | 11 | 24.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 6. | Shaxobiddin trans MChJ | 54 | 25.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 7. | Xususiy trans MChJ | 5 | 25.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 8. | Kollejlar | 4 | 28.04.2013-y | Tashkilotda | |
| 9. | Obodonlashtirish boshqarmasi | 6 | 30.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 10. | DSESNM | 2 | 31.04.2013-y. | IIB YHXG | |
| 11. | Tuman tez tibbiy yordam boʻlimi | 28 | 03.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 12. | Madaniyat boʻlimi | 1 | 05.04.2013-y. | IIB YHXG | |
| 13. | “Agro-Yuk” MChJ | 16 | 07.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 14. | Vatanparvar USTK | 14-1 | 10.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 15. | Avtoyoʻl boʻlimi | 15 | 12.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 16. | Agrobank | 1 | 14.04.2013-y. | IIB YHXG | |
| 17. | Agrosugʻurta DASK | 2 | 15.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 18. | Qishloq xoʻjalik kimyo XAJ | 16 | 18.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 19. | Xatirchi GAZ tuman filiali | 8 | 20.04.2013-y. | Tashkilotda | |
| 20. | Qurilish-96 OAJ | 7 | 22.04.2013-y. | Tashkilotda | |