Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2021 19.11.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2527
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 19.11.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2527
Кучга кириш санаси
25.11.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 19-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2527]
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 23-dekabrdagi 329-V-4-sonli va Moliya vazirligining 2020-yil 15-dekabrdagi 57-sonli “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizom, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2527-4, 03.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 369-modda), “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 17-son, 188-modda), “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 201-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 329-V va 98-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
(nizomning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maqsadli jamg‘armasi — O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi — davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarini kreditlash uchun tijorat banklariga ajratiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchilar (qarzdor) — aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatga olingan ishsiz shaxslar, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalarning a’zolari va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlami vakillari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlari;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiyanoma — mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari rahbarlari tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlash bo‘yicha hujjat.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mikrokreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik, shuningdek maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mikrokreditlar eng kam ish haqining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasi, shu jumladan tijorat bankining ajratiladigan kredit stavkasining 50 foizi miqdoridagi marja bilan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mikrokreditlar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatga olingan ishsiz shaxslarga, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, kam ta’minlangan oilalarning a’zolariga va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga garov ta’minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmagan hajmda ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tijorat banklari kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtalaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Imtiyozli davr bilan berilgan mikrokreditlar bo‘yicha foizlar ular berilgan kundan boshlab hisoblanadi va asosiy qarz imtiyozli davr tugaganidan keyingi kundan boshlab undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mikrokreditlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-vositachi va umumiy ovqatlanish tashkilotlari aylanma mablag‘larini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va umumiy ovqatlanish obyektlarini qurishni moliyalash, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda ular uchun uskunalar sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan xizmat avtomobillari ta’minoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga to‘lov maqsadlari uchun berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Mikrokreditlar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida issiqxonalar tashkil etish, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish, quyon boqish va yetishtirish, urug‘liklar, ko‘chatlar, chorva mollari va parrandalar, qishloq xo‘jaligi inventari va uskunalari, sug‘orish moslamalari (nasoslar, artezian quduqlari va boshqalar) xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol mollari ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-uskuna va xomashyo xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatish sohasida, ayniqsa, hunarmandchilik, maishiy, ta’mirlash, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar tashkil etish va jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq tumanlarida, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida kasanachilikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman va shaharlarning ishlab chiqarish ixtisoslashuvi, mavjud mineral xomashyo, yer, qishloq xo‘jaligi va boshqa resurslarni hisobga olgan holda boshqa yo‘nalishlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladigan mikrokreditlarni olishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi qatlamlari ustuvorlikka ega bo‘ladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam ta’minlangan oilalar a’zolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida nogironlar, jumladan Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari bo‘lgan oilalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band bo‘lmagan a’zolari bo‘lgan oilalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yo‘qotgan oilalarning a’zolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalarning a’zolari.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2019-yil 12-apreldagi 329-V-3, 48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2527-3, 21.04.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/2527-3/2986-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Mikrokreditlarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslar mikrokredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiyanoma.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Qarz oluvchi — tadbirkorlik subyektlari mikrokredit olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko‘rsatilgan biznes-reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat soliq inspeksiyasining qarz oluvchi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, oilaviy tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan kredit ta’minoti turlaridan biri.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tijorat banklari tomonidan qarz oluvchilarning mikrokredit olish bo‘yicha arizalarini elektron tizim orqali qabul qilish uchun dasturiy ta’minot joriy qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qarz oluvchilar mikrokredit qaytarilishining ta’minoti sifatida xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk garovi (jismoniy shaxslar bundan mustasno);
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxs kafilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mikrokredit hisobiga sotib olingan mulk ushbu mikrokredit bo‘yicha o‘z qiymatining 80 foizi miqdorida garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar qarz oluvchilar tomonidan mikrokredit qaytarilishining ta’minoti sifatida taqdim qilgan mol-mulkni uning xususiyatidan kelib chiqqan holda kreditning qaytarilgan qismiga nisbatan garovdan chiqarish huquqiga ega.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kafillik bank foydasiga kafil va qarz oluvchi o‘rtasida 3 nusxada tuziladigan yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur shartnomaning oxirgi varag‘iga kafillik qabul qilinganligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi bank boshqaruvchisi tomonidan imzolangan va dumaloq muhr bilan tasdiqlangan yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga asosan, qarz oluvchi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kafolat beruvchi yoki kafil qarzni qaytarish muddati tugagach, xizmat ko‘rsatuvchi bankning birinchi talabiga binoan shartnomaga muvofiq qarz oluvchining qarzini to‘lashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Kredit liniyalarini ochish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kredit liniyasini ochish uchun davlat maqsadli jamg‘armasi va Bosh bank o‘rtasida Bosh kelishuv tuziladi. Bosh kelishuvda banklarning viloyat va tuman bo‘limlari tomonidan mikrokreditlar berishda o‘rnatiladigan limit (chegara)lar bo‘yicha alohida shart belgilab qo‘yilishi zarur.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasini ochish to‘g‘risida Bosh kelishuvlarni bir yoki bir necha tijorat banklari bilan tuzishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bosh kelishuv imzolangandan so‘ng, davlat maqsadli jamg‘armasi va Bosh bank o‘rtasida kredit liniyasini ochish bo‘yicha kredit shartnomasi tuziladi. Bunday kredit shartnomalari, agar Bosh bank tomonidan vakolat berilgan bo‘lsa, tijorat banklari va davlat maqsadli jamg‘armasining hududiy bo‘limlari o‘rtasida ham tuzilishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kredit liniyasini ochish bo‘yicha kredit shartnomasi imzolangandan so‘ng, davlat maqsadli jamg‘armasi har oyning 15-sanasidan kechiktirmay tegishli summani tijorat bankining vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyalari hisobidan qarz oluvchilarga berilgan mikrokreditlar 22005 — “Budjetdan tashqari fondlarga to‘lash uchun uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mikrokreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar alohida hisobvaraqda jamlanadi va shartnomada belgilangan muddatlarda davlat maqsadli jamg‘armasining bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kredit liniyasining amal qilish muddati tugagandan so‘ng, Bosh bank davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘larini qarzdorlar tomonidan amalda qaytarilishidan qat’i nazar, hisoblangan foizlarni qo‘shgan holda davlat maqsadli jamg‘armasining bank hisobvarag‘iga qaytarishi shart.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat maqsadli jamg‘armasi o‘zining kredit liniyalari hisobidan berilgan mikrokreditlardan maqsadli foydalanilishini o‘rganish maqsadida kredit yig‘majildlarini ko‘rib chiqish va tijorat bankining vakili bilan birga tegishli joyga chiqqan holda monitoring o‘tkazish huquqiga ega.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tijorat bankining mikrokreditdan maqsadli foydalanmayotganligi aniqlangan taqdirda, davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasining maqsadsiz ishlatilgan qismini muddatidan oldin qaytarilishini talab qilishga haqli.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tijorat banklari davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyalarini o‘zlashtirish holati to‘g‘risida har chorakda davlat maqsadli jamg‘armasiga mazkur jamg‘armaning kredit liniyasi hisobidan mikrokredit olgan qarz oluvchilar ro‘yxatini ilova qilgan holda ma’lumot taqdim etadi. Mazkur ma’lumotlar asosida har chorakda tijorat banki va davlat maqsadli jamg‘armasi o‘rtasida mablag‘larning ishlatilishi haqida o‘zaro solishtirma dalolatnoma tuziladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Mikrokreditlar berishni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tijorat banklari o‘zlari bilan muntazam aloqaga ega, bank hisobvarag‘ida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega bo‘lgan qarz oluvchilarga mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan ta’minot turlaridan birini talab qilmay blankli (ishonchli) kredit berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tijorat banki va mijoz o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgandan so‘ng, kredit bo‘limi xodimi bank buxgalteriyasiga muddati va foiz stavkasini ko‘rsatgan holda kredit hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risidagi farmoyishni taqdim etadi. Bunda mikrokredit berish bo‘yicha qaror qabul qilingandan boshlab qarz oluvchiga kredit varaqchasi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qarz oluvchining mikrokredit berish bo‘yicha arizasi xizmat ko‘rsatuvchi bankka kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida ko‘rib chiqilishi va tegishli qaror qabul qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan mikrokredit berish yoki uni berishni rad etish uchun tijorat banki filialining qarori asos hisoblanadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qarz oluvchining arizasi bank tomonidan ko‘rib chiqilayotganda, quyidagilar tahlil qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining daromadlari yetarliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning bir-biriga zid emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish imkoniyati mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tijorat banki filiali kredit qo‘mitasi tomonidan qarz oluvchining investitsiya loyihasi ma’qullangandan so‘ng, davlat maqsadli jamg‘armasining kredit liniyasida mablag‘ mavjud bo‘lmasa, tijorat banki filiali shu kunning o‘zida Bosh bankka yoki tegishli hududiy bo‘limiga mazkur kredit liniyasi bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘lar ajratish bo‘yicha buyurtma bilan murojaat qiladi. Mazkur buyurtma asosida Bosh bank yoki viloyat bo‘limi buyurtma olingan kunning ertasidan kechiktirmay davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan talab qilinayotgan summani ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat maqsadli jamg‘armasining Bosh bankda ochilgan kredit liniyasida mablag‘lar mavjud bo‘lmasa, Bosh bank shu kunning o‘zidayoq bu haqda buyurtma bilan murojaat qilgan tegishli tijorat banki filialiga xabar berish bilan birga, davlat maqsadli jamg‘armasiga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish haqida talabnoma jo‘natadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tijorat banki filiali davlat maqsadli jamg‘armasining kredit liniyasida mablag‘lar vaqtinchalik mavjud emasligi haqida xabar olgan kunning ertasidan kechiktirmay, bu haqda qarz oluvchini xabardor qiladi. Bank filialining kredit qo‘mitasi kalendar navbati asosida mikrokredit berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan qarz oluvchilar nomi ko‘rsatilgan ro‘yxat tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ro‘yxat davlat maqsadli jamg‘armasi bo‘yicha alohida tuziladi va barchaning tanishib chiqishi uchun qulay bo‘lgan joyga osib qo‘yiladi. Ro‘yxatning bank filiali boshqaruvchisi tomonidan imzolangan nusxalari Bosh bank yoki viloyat bo‘limiga taqdim etiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat maqsadli jamg‘armasining kredit liniyasiga mablag‘ kelib tushgandan so‘ng, mikrokreditlar mazkur kredit liniyasi hisobidan ro‘yxatdagi navbat bo‘yicha beriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Monitoring o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mikrokreditlar qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i ochilgan tijorat banklari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrokreditlar alohida kredit hisobvarag‘ini ochish va ushbu hisobvaraqdan to‘lov topshiriqnomalari asosida tovar-moddiy boyliklar uchun naqd pulsiz shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mikrokreditlar bo‘yicha muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va to‘la qaytarilgunga qadar 91905 — “Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari” ko‘zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mikrokreditlarni qaytarish muddati kelgan vaqtda qarzdorning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida kreditni qaytarish uchun mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mazkur mikrokredit muddati o‘tgan kreditlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va u bo‘yicha rasmiylashtirilgan muddatli majburiyatnomalar to‘lovi esa, Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 11-son, 127-modda) muvofiq, 2-sonli kartoteka orqali kalendar navbati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tijorat banklari mikrokreditdan foydalanishning muddati davomida doimiy monitoring o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Monitoring o‘tkazish jarayonida qarz oluvchining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, tuzgan shartnomalari (buyurtmalar) bo‘yicha majburiyatlarining bajarilayotganligi, ishlab chiqarish hajmi, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlari, foydasi, aylanma mablag‘lari aylanmasi va dinamikasi hamda tovar-moddiy boyliklar zaxirasi holati tahlil qilib boriladi. Tahlillar natijasi qarz oluvchi uchun tijorat bankida ochilgan maxsus jildda tizimlashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari xodimlari garov ta’minotining holati va berilgan mikrokreditdan maqsadli va samarali foydalanilayotganligini joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mikrokreditdan belgilanmagan maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, tijorat banki qarzdorga kelgusida kredit berishni rad etishga yoki mikrokredit summasi va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarib olishga hamda shartnomada belgilangan shartlar asosida jarima belgilashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qarzdor mikrokredit bo‘yicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma shartlari asosida to‘lashdan yoki garov shartnomasi shartlari asosida garov mulkini bank tasarrufiga berishdan bosh tortgan hollarda, tijorat banki tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan choralar ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qarz oluvchining garov ta’minoti mikrokredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, bank mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulki, jumladan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari, kompyuter hamda tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 23-son, 186-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni kreditlari bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibiga muvofiq amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 14-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Aholi bandligini ta’minlash uchun kredit olish bo‘yicha
‎TAVSIYANOMA

___________________________________ viloyat/shahar, _____________________________________ tuman, ___________________________ MFY, ___________________________ ko‘chasi, ____ uyda istiqomat qiluvchi fuqaro ____________________________ ________________yil “______” ________________________da tug‘ilgan.

‎‎(F.I.O.)

‎‎Fuqaro — ________________, ma’lumoti________, mutaxassisligi___________, umumiy ish staji__________yil,

(F.I.O.)

‎‎oxirgi ish joyi______________________________________________________________________________, ish joyidan bo‘shagan vaqti____________________________, mehnat organidan ish izlovchi sifatida ro‘yxatga olingan sana _______________________________ (shaxsiy kartochka raqami va sanasi).

‎‎Fuqaro _____________________ uy sharoitida ___________________faoliyat turi bilan shug‘ullanish orqali band

‎‎(F.I.O.)

‎‎bo‘lish istagini bildirgan.

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga hamda Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr) asosan fuqaro ______________________________________________________________ga faoliyat turi bilan shug‘ullanishi uchun

(F.I.O.)‎‎

eng kam ish haqining _________ baravarigacha bo‘lgan miqdorda imtiyozli kredit ajratilishini tavsiya etamiz.
‎Fuqaro tomonidan unga ajratilgan kreditning maqsadli foydalanishi hamda uning to‘lov qobiliyati kredit ajratgan tijorat banki bilan hamkorlikda doimiy nazorat qilib boriladi. Kredit va unga hisoblangan foizlar o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash choralari ko‘riladi.‎‎

‎‎Tuman (shahar) sektor rahbari
‎2018-yil “____”_______________

‎‎(imzo, muhr, F.I.O.)

‎‎Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori
‎2018-yil “____”______________

‎‎‎‎(imzo, muhr, F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎ARIZA

‎‎Men, _____________________________ (pasport raqami _______________, 20_____ yil “______” ____________da

‎‎(F.I.O.)

____________________________________________tuman (shahar) IIB tomonidan berilgan) _______ yil “____” _____________da _______________tuman (shahar)da tug‘ilganman. Hozirda ____________________tuman (shahar), _____________________MFY, ________________________ko‘chasi, ______uyda istiqomat qilaman.
‎Menga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga hamda Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr) asosan ish bilan band bo‘lishim uchun____________________________________________________________________________ yuritish maqsadida

‎‎‎‎(faoliyat turi va maqsadi)

‎‎yillik O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi _______ foiz ustama to‘lash sharti bilan _____ (_________) yil muddatga, shu jumladan asosiy qarz to‘lovi bo‘yicha _____ oylik imtiyozli davr bilan _________________________________________________so‘m (summa so‘z bilan) miqdorida imtiyozli kredit ajratishingizni so‘rayman.

‎‎Arizamga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:
‎________________________________________________________________________________________________; ________________________________________________________________________________________________; ________________________________________________________________________________________________; ________________________________________________________________________________________________.

‎‎Olingan kredit mablag‘idan maqsadli foydalanish, kredit va unga hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida to‘liq to‘lab borishni o‘z zimmamga olaman.

‎‎Ariza beruvchi, fuqaro

‎‎(imzo)

‎‎F.I.O.

(1 va 2-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 47-son, 622-modda; 2014-y., 26-son, 323-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son; 22.04.2019-y., 10/19/2527-3/2986-son)