14.07.2018 yildagi PQ-3856-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada har yili aholi bandligini taʼminlash boʻyicha tasdiqlanadigan dasturlarni amalga oshirish, boʻsh va kvotalanadigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, oʻzini oʻzi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirishga, ijtimoiy zaif qatlamlar bandligini taʼminlashga, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga qaramay, hududlardagi mehnat bozorida hali-hamon yuqori darajada keskinlik saqlanib qolmoqda, doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish, yoshlar, xotin-qizlar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari bandligini, ayniqsa, qishloq joylarda taʼminlash, shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish masalalari hal etilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga joylashtirish sohasida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun kredit, moliyaviy, maslahat-axborot berish xizmatlari va boshqa zarur xizmatlar darajasi pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish kadrlari koʻpincha iqtisodiyot tarmoqlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini, ularning imkoniyatlari va resurslarini hisobga olmagan holda kasbga tayyorlanmoqda va qayta tayyorlanmoqda. Oqibatda mehnat bozorida ayrim mutaxassisliklar boʻyicha malakali kadrlar taqchilligi kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ijrosini, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha davlat organlari ishlari samaradorligini oshirish, aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirishga doir “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi deb yuritiladi) uchun 2018-yilda Respublika budjetiga qoʻshimcha tushumlar hisobiga 150 milliard soʻm ajratiladi, 2019-yildan boshlab esa budjet parametrlarida 300 milliard soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha mablagʻlar ajratish nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-iyuldan boshlab Mehnat organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Mehnatni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi) mablagʻlarini shakllantirish manbalari Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasining Mehnatni ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga ajratmalari hajmlarining 5 foizdan 10 foizgacha oshirilishi hisobiga kengaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlarining boʻsh qoldiqlarini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan tushadigan 50 foiz miqdordagi daromadlar Mehnatni ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat muassasalari shaklida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarini (keyingi oʻrinlarda — hududiy jamgʻarmalar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantiruvchi manbalar etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qoʻshimcha manbalaridan ajratiladigan mablagʻlar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari hamda begʻaraz yordami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya qiluvchilar — jismoniy va yuridik shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar hududiy jamgʻarmalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayniqsa, qishloq joylarda doimiy ish oʻrinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlarini kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlash uchun respublikaning tijorat banklarida kredit liniyalari ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi kuchi koʻp boʻlgan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, ayniqsa, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun yangi ish oʻrinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi korxonalarni tashkil etish, bunda hududiy jamgʻarmalarning tashkil etilgan korxonalardagi ulushini xususiy sheriklarga keyinchalik realizatsiya qilish shartini nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari boʻyicha ish oʻrinlari tashkil etishga hamda aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hududiy jamgʻarmalar daromad qismi boʻyicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etilsin, boʻshab qolgan mablagʻlar hududiy jamgʻarmalarning asosiy vazifalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududiy jamgʻarmaning namunaviy ustavi tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda hududiy jamgʻarmalar ustavlarini tasdiqlangan namunaviy ustav asosida tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu qarorning 2 va 3-bandlariga muvofiq shakllantiriladigan Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasiga Respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning kamida 50 foizi va hududiy jamgʻarmalarning mablagʻlari, asosan, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va Xalq banki ATBda kredit liniyalarini ochish va keyinchalik mazkur banklar tomonidan respublika tumanlari va shaharlarida yangi ish oʻrinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik va mini-loyihalarni amalga oshirish uchun mikrokreditlar ajratish maqsadida yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mikrokreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga, fermer va dehqon xoʻjaliklariga, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga quyidagilar uchun ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida issiqxonalar tashkil etish, urugʻliklar, koʻchatlar, chorva mollari va parrandalar, qishloq xoʻjaligi inventari va uskunalari, sugʻorish moslamalari (nasoslar, artezian quduqlari va boshqalar) xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol mollari ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-uskuna va xom ashyo xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish sohasida, ayniqsa, maishiy, taʼmirlash, taʼlim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori boʻlgan sohalarda faoliyat koʻrsatadigan korxonalar tashkil etish va jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq tumanlarida, ayniqsa, xotin-qizlar oʻrtasida kasanachilikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman va shaharlarning ishlab chiqarish ixtisoslashuvi, mavjud mineral xom ashyo, yer, qishloq xoʻjaligi va boshqa resurslarni hisobga olgan holda boshqa yoʻnalishlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mikrokreditlar 300 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari asosida 3 yilgacha muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan:
(6-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 31-dekabrga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng stavkada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz (shundan 4 foiz bank marjasi) stavkada ajratiladi.
(6-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qoʻllaniladi.
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PF-5898-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq tumanlarida, bundan aholi soni 5 ming kishidan koʻp boʻlgan aholi punktlari mustasno, sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar boʻyicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023-yil 1-iyulgacha barcha turdagi soliqlar toʻlashdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subyektlari 3 nafargacha doimiy ishchilarni yollashga, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek, mehnatga layoqatli yoshga toʻlgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan, mehnatga layoqatli yoshga toʻlgan bolalari va nevaralarining er-xotinlarini, mehnatga layoqatli yoshga toʻlgan aka-ukalari va opa-singillarini, ularning er-xotinlarini yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subyekti ishtirokchilari sifatida jalb qilishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 6-bandiga muvofiq birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qatʼiy belgilangan soliq toʻlashdan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlar 3 tonnadan ortiq yuk koʻtaruvchi avtomobil transportida yuklarni bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdoridagi stavka boʻyicha tashish xizmatlaridan har oyda olinadigan qatʼiy belgilangan soliq toʻlaydi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga quyidagilarga bir martalik subsidiyalar berilishini nazarda tutadigan ishsizlik boʻyicha sugʻurtalash tizimini joriy etsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ishsiz shaxslarga — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, tadbirkorlikka oʻqitish va kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi uchun xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilarga — aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida toʻlovni amalga oshirish.
(8-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida roʻyxatdan oʻtgan ishsiz shaxslarni, ayniqsa, kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan kasb-hunar taʼlimi muassasalariga grantlar ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida katta sinf oʻquvchilari uchun ular egallashni xohlagan kasblarning asosiy xususiyatlari va kasb standartlarini taʼriflovchi multimedia vositalari bilan jihozlangan situatsion xonalarni tashkil etgan holda kasbga yoʻnaltirish kurslarini oʻtkazishni nazarda tutadigan kasbga yoʻnaltirish dasturini joriy etish masalasi ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrdan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlarining tasdiqlovchi maʼlumotlari va fuqarolarning arizalari asosida shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarida ishlovchi fuqarolarni band boʻlgan shaxs sifatida hisobga olish mexanizmi joriy etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mazmun-mohiyati keng tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasining moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3856-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Ijro mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga quyidagilar uchun ish beruvchining javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:
Vakant ish oʻrinlarini yashirish yoki ularni vaqtida taqdim qilmaslik; bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan vakant ish oʻrinlariga ishga joylashish uchun yuborilgan ishsizlarga asossiz rad javobini berish.

Qonun loyihasi

2018-yil noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Bosh prokuraturasi (O. Murodov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

2.

“Aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisidagi Qonuni yangi tahrirda ishlab chiqish, unda shu jumladan aholini ish bilan taʼminlashning zamonaviy samarali shakllarini, aholi bandligini taʼminlashda xususiy tashkilotlarning rolini oshirish,jamoat ishlarini tashkil qilish va tashqi migratsiya masalalarini koʻzda tutish.

Qonun loyihasi

2019 yil mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

3.

Quyidagilarni tashkil qilish boʻyicha takliflar kiritish: Xalqaro tajribani inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazilgan kasb-hunar kollejlarda zamonaviy kasb-hunar taʼlimi markazlarini; mamlakatimiz mintaqalarida kasanachi xotin-qizlar mehnatiga koʻmaklashish, shuningdek biznes-rejalarni tuzish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kredit olish, solidar javobgarlik guruhlarini shakllantirish, kerakli kichik jihozlar, xom Ashe va materiallar sotib olish, hunarmandchilik va kasbiy koʻnikmalarga oʻqitish boʻyicha markazlar tashkil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikromov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari

4.

Mehnat organlarida fuqarolarni roʻyxatga olish, ishga joylashtirish, kasb-hunarga oʻqitish va ijtimoiy himoya qilish Tartibini Yangi tahrirda ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2018-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

II. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha samarali shakllarini tatbiq qilish

5.

Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hududiy boʻlinmalari, oʻzini-oʻzi boshqarish organlari ulanishini taʼminlab, “Oʻzini oʻzi boshqarish organlarida aholini ishga joylashtirish” maʼlumotlar axborot bazasini joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Quronboyev),
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva)

6.

Uyali aloqa operatorlari tomonidan “Ish.mehnat.uz” va www.olx.uz resurslaridan foydalanishning “nollangan” jadvalini taqdim etish ehtimolini koʻrib chiqishni nazarda tutgan holda, vakant joylar toʻgʻrisida maʼlumotlar Bilan oʻzaro almashinuvini inobatga olib, vakant ishchi oʻrinlar toʻgʻrisida eʼlonlar joylashtirish uchun onlayn-maydonchalarni taqdim etayotgan boshqa internet resurslar bilan “Ish.mehnat.uz” boʻsh ish oʻrinlari bazasi hamkorligi mexanizmini joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A.Axmedxodjayev)

7.

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, maʼlumotlar bazasi, soliq toʻlovchilar — jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot bazasi hamda Ish.mehnat.uz “boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasi Bilan integrallashtirilgan mehnat bozori toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar olish imkonini beruvchi” Yagona milliy mehnat bozori tizimi axborot tizimini joriy qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev),
Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev)

8.

Mehnat inspeksiyalari hamda mehnatni muhofaza qilish inspeksiyalari tomonidan korxonalarda tekshiruvlar oʻtkazishning unifikatsiyalashgan mexanizmini nazarda tutgan, shu jumladan Mobil ilova koʻrinishida “Tekshiruv moduli” axborot tizimini joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Konsepsiyani ishlab chiqish

2018-yil noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(Sh. Kudbiyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

9.

“Bandlik xizmati” axborot bazasiga ishga joylashtirish boʻyicha inspektorlar tomonidan uyma-uy yurish maʼlumotlarini onlayn rejimda kiritish imkonini beruvchi “Mehnat bozori diagnostikasi” Mobil ilova yaratish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev)

10.

Ish beruvchilarning buyurtmalari hamda frilanserlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni bepul joylashtirish imkonini beruvchi, ishga yollash boʻyicha (bolalar, bemorlar va keksalarni parvarish qilish, repetitorlik, turar joy binolarini tozalash, uy xoʻjaligini yuritish xizmatlari) boʻyicha xususiy faoliyat olib borayotgan frilanserlar uchun “freelancer.mehnat.uz” maxsus veb-sayt yaratish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil yanvar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(Sh.Kudbiyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev)

11.

Turkiya mehnat va ijtimoiy taʼminot vazirligi oʻquv kurslarida va Italiyaning Turin shahrida Xalqaro Mehnat tashkilotining Xalqaro oʻquv markazida mehnat organlari va boshqa mutaxassislar kasbiy malakasi darajasini oshirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(
Sh. Kudbiyev)

12.

Sergeli tumani aholi bandligiga koʻmaklashish markazida tadbirkorlar uchun eksperimental kovorking-markazni tashkil qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev)

13.

Koʻrsatilayotgan xizmatlar roʻyxatini hamda Frilansing xizmatlari hamda boshqa tashkilotlarga ishchi kuchini taqdim qilish boʻyicha autsorting va autstaffing xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2018-yil dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

III. Ishsizlar kasb-hunar taʼlimi tizimini rivojlantirish

14.

Zaruriyat tugʻilganida, kasb-hunar taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining oʻquv dasturlarini shakllantirish va oʻquv-ishlab chiqarish uskunalar xaridini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirishni nazarda tutgan, ishlab chiqarish korxonalarida, kasb-hunarga oʻqitish markazlari va kasb-hunar kollejlarida ishchi kasblar boʻyicha kasb-hunarga oʻqitish va malaka berishda kasb-hunar taʼlimining dualtizimini joriy qilish masalasini oʻrganish.

Davlat taʼlimining konsepsiyasini ishlab chiqish.

2018-yil oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Tarmoq birlashmalari

15.

Tartibli tashqi migratsiyasini kengaytirish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha agentligi huzurida xorijiy ish beruvchilarning buyurtmanomalari asosida oʻquv markazlarini tashkil etish, ularda kasb-hunarga oʻqitish Bilan birga talabgor xorijiy tillarga, jumladan koreys tiliga oʻrgatishni yoʻlga quyish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-2019-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov)

16.

Nodavlat taʼlim muassasalarida ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishni kengaytirish

Tashkiliy tadbirlar

doimiy

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
OʻzbekistonRespublikasi Moliya vazirligi (A.Xaydarov)

17.

Eng namunali kasb-hunar taʼlimi muassasasi respublika tanlovini oʻtkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

18.

Xodimlarni ommaviy ravishda boʻshatish holatlarda, mehnat bozorida talabgor kasblar boʻyicha kasb-hunarga oʻqitish va malaka oshirish kurslarini moliyalashtirish masalasini oʻrganish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-2019-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Korxonalar — ishberuvchilar

19.

“Mikrokreditbank” ATB tomonidan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi shartlarda hunarmandchilik, kasanachilik hamda ayollar tadbirkorligini mikrokreditlash tizimini joriy etishni oʻrganish: faoliyatning bita turiga birlashgan, jumladan 5 kishigacha boʻlgan ayollar guruhlarining solidar javobgarligi asosida garovsiz kreditlar ajratish; marketing, buxgalteriya, soliq va moliyaviy hisob va hisobotlar, biznes-rejani tuzish asoslari va moliyaviy savodxonlik kurslarida aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari va Savdo-sanoat palatasi hududiy boʻlimlari tomonidan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi grantlari hisobidan kredit olayotgan xotin-qizlarni dastlabki oʻqitish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikromov),
“Mikrokreditbank” ATB (O. Almardonov)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 07/18/3856/1515-son; 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son; 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)