Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari Nishon tumani Kengashining
Qarori
2014-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tumanda inqirozga qarshi choralarning 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan dasturining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga erishish, aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratishni taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
2. Tuman ishchi komissiyasi tomonidan 2014-yilda yangi ish joylari yaratish hududiy dasturlari parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-sonli Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 477-modda) bilan tasdiqlangan moliyaviy inqirozga qarshi kurash choralari doirasida shakllantirilganligi maʼqullansin.
Ishchi komissiyasining hududlarga biriktirilgan aʼzolariga:
har oyda biriktirilgan hududga chiqqan holda 2014-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosini tanqidiy oʻrganib, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama etib borish;
hududiy dasturlarni amalga oshirishda yoʻl qoʻyilayotgan qoloqlik va muammolarni aniqlab, ularni bartaraf qilish yuzasidan tegishli choralarni koʻrish;
belgilangan vazifalarni talab darajasida bajarmagan tarmoqlar, tuman hokimligi, masʼul davlat organlari, tijorat banklari va korxonalar rahbarlarining masʼuliyatini koʻrib chiqish yuzasidan tuman ishchi komissiyasiga takliflar kiritib borish;
hududiy dasturlarga kiritilgan obyektlarning oʻz vaqtida ishga tushirilishi, dastur parametrlarining toʻliq va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish vazifalari yuklatilsin.
3. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (O. Nigmatov):
ushbu parametrlar boʻyicha tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar bilan kelishgan holda 2014-yilda har bir qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida yaratiladigan yangi ish oʻrinlari parametrlarini yana bir marotaba tahlil qilib, tahlil natijalarini tuman hokimligiga taqdim etishi;
2014-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosi monitoringini yuritishda investitsiya, lokalizatsiya, tarmoqlar, hududlarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va boshqa maqsadli dasturlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratishi belgilab qoʻyilsin.
4. Tumandagi barcha tijorat banklari boshqaruvchilariga fuqarolar yigʻinlari kesimida yangi kichik biznes subyektlarini tashkil etish, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, qishloqlarda birinchi navbatda mehnat bozorida tanglik kuzatilayotgan hududlarda, kichik hajmdagi korxonalar tashkil etishda kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar ajratishni 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan parametrlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqish tavsiya etilsin.
5. Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Z. Baratovga:
tegishli tashkilotlar bilan birgalikda moliyaviy sogʻlomlashtirish choralari qoʻllanilgan sharoitda ish joylarini tiklash, ulardagi boʻsh ish oʻrinlari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish imkoniyati boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalar hisobiga yaratiladigan yangi ish oʻrinlariga aniqlik kiritish hamda 2013-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi ish oʻrinlarini tashkil etilishi va aholini ish bilan taʼminlashga keng jalb etish boʻyicha ishlarni faollashtirish vazifasi yuklatilsin.
6. Tuman hokimligining tegishli boʻlimlari iqtisodiyotning real sektori korxonalarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini qoʻllab-quvvatlash, kichik biznes, xizmat koʻrsatish va servis sohasini, kasanachilikni rivojlantirish hisobiga yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan parametrlarga moslashtirish vazifalari yuklatilsin.
7. Tuman hokimining oʻrinbosarlari I. Pinnayev, Sh. Norqobilov, Z. Baratov va O. Joʻrayeva hamda tumandagi tegishli korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari:
belgilangan ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va bozor infratuzilma obyektlarini belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini taʼminlash;
korxonalarning mavjud ishlab chiqarish uskunalaridan toʻliq foydalanish imkoniyati va resurslarini aniqlab, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha texnologik jarayonlarni qayta tashkil etish yuzasidan aniq tadbirlarni amalga oshirish;
boʻsh turgan ishlab chiqarish binolari va ishlamayotgan uskunalarni belgilangan tartibda xususiylashtirish va tadbirkorlarga imtiyozli ravishda ijaraga berishni tashkil qilish;
bozor muhitiga tez moslashuvchi, oʻzgaruvchan texnologiyadan foydalanadigan, bozor konyunkturasini hisobga oladigan oʻlchamlari katta boʻlmagan yangi kichik biznes korxonalarining tashkil etilishini taʼminlash;
aholiga ijtimoiy va maishiy xizmat koʻrsatish tizimida yangi, shu jumladan kompleks xizmat koʻrsatish subyektlarini barpo qilish choralarini koʻrish;
fuqarolarga yer resurslari imkoniyatidan kelib chiqib, dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun qoʻshimcha yer maydonlarini ajratish;
norasmiy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni amaldagi qonun talablariga mos ravishda faoliyatini tegishli tartibda rasmiylashtirish va yangidan tashkil etish maqsadida boʻlgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
hududlarning oʻziga xos muhitlari, kasbiy moyilligini va mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda hunarmandchilik va badiiy kosibchilikni rivojlantirish hamda yoshlarni “Usta-shogird” usulida kosibchilikka oʻqitish hisobiga parametrda belgilangan barcha koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlasinlar.
9. Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Z. Baratovga:
qabul qilingan yangi ish oʻrinlari tashkil etish dasturini tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha istiqbolli Dasturi bilan mutanosibligini taʼminlash;
har chorakda tahlil qilib, tegishli oʻzgartirishlarni kiritish hamda muhokama qilib borish vazifasi yuklatilsin.
10. Tuman statistika boʻlimi (O. Bozorov) va tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (M. Azizov) bilan birgalikda barcha tadbirlar hisobiga yaratilayotgan yangi ish joylari hisobining yuritilishini taʼminlasinlar.
11. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (M. Azizov), tuman iqtisodiyot boʻlimi (O. Nigmatov) bilan hamkorlikda:
tumanda yangi ish oʻrinlarining yaratilishi boʻyicha hududlar, tarmoqlar va korxonalar kesimida, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan taʼminlash dasturining bajarilishi boʻyicha maʼlumotlarni jamlasin hamda maʼlumot va hisobotlarni viloyat mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish bosh boshqarmasiga taqdim etib borish;
2014-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining tasdiqlangan asosiy parametrlarini 2014-yilda yangi tashkil etiladigan va kengaytiriladigan obyektlar (korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, tadbirkorlik subyektlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda shu kabilar) kesimida muddatlar, moliyaviy manbalar, masʼullar boʻyicha aniqlashtirilgan holda tasdiqlash;
2014-yildan boshlab har oyda Xalq deputatlari Nishon tumani Kengashi deputatlari bilan birgalikda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash Dasturining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi, manzilli roʻyxatlarga kiritilgan obyektlarning ishga tushirilishini va belgilangan ish joylarining yaratilishini muhokama etib borish;
tumanda manfaatdor tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan ishchi guruhlari tashkil etish, ular zimmasiga yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash choralarini koʻrish, manziliy Dasturga kiritilgan korxonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritilishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jumladan roʻyxatdan oʻtkazish, moddiy texnika resurslaridan va muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanish, dastlabki sarmoyani shakllantirish va kreditlar olish, soliqqa tortish, mahsulotni sotish kabi muammolarni aniqlash va joyida hal etish choralarini koʻrish vazifasi topshirilsin.
12. Ushbu qaror Xalq deputatlari viloyat Kengashiga axborot uchun taqdim etilsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari raislari zimmasiga yuklansin.
14. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi M. XAYITMURODOV
Yangi Nishon sh.,
2013-yil 12-avgust,
IV-19/02-son
2014-yilda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida Aholi bandligini taʼminlash hududiy dasturining asosiy parametr
Koʻrsatkichlari
| |
Yoʻnalishlar |
Tuman boʻyicha jami |
shundan hududlar kesimida | |||||||||
|
Paxtazor QFY |
Nishon QFY |
Oq oltin QFY |
Oydin QFY |
Balxiyak QFY |
Shirinobod |
Qirqquloch |
Nuriston ShFY |
Yangi Nishon shahri |
Talimarjon shahri | |||
| I. |
Jami yaratiladigan ish oʻrinlari |
4579 | 466 | 582 | 493 | 496 |
414 |
532 | 134 | 586 | 494 | 382 |
| |
shu jumladan: |
| | | | | | | | | | |
| 1. | Yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarni yangilash | 235 | 0 | 0 | 0 | 0 |
0 |
0 | 0 | 124 | 49 | 62 |
| 2. | Kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish | 1404 | 172 | 204 | 173 | 156 |
157 |
213 | 26 | 124 | 119 | 60 |
|
shundan: |
0 | | | | | | | | | | | |
| 2.1. |
sanoatda |
172 | 15 | 24 | 18 | 20 |
13 |
22 | 4 | 18 | 16 | 22 |
| 2.2. | qurilish-pudrat ishlarini kengaytirish, jumladan uy-joy qurilishi va taʼmirlash | 107 | 12 | 16 | 12 | 14 |
8 |
10 | 2 | 13 | 12 | 8 |
| 2.3. | xizmat koʻrsatish va servis | 1125 | 145 | 164 | 143 | 122 |
136 |
181 | 20 | 93 | 91 | 30 |
| 3. | Yakka va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish | 585 | 58 | 75 | 68 | 70 |
52 |
77 | 8 | 63 | 66 | 48 |
| 4. | Uy mehnatining barcha shakllarini rivojlantirish | 1190 | 104 | 141 | 119 | 128 |
79 |
111 | 40 | 178 | 156 | 134 |
| 4.1 | shu jumladan, korxonalar bilan kooperatsiyada mehnat shartnomalari asosida kasanachilik | 225 | 5 | 20 | 5 | 5 |
5 |
5 | 0 | 60 | 50 | 70 |
| 5. | Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish (parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik va boshqalar) | 885 | 100 | 118 | 102 | 102 |
94 |
96 | 52 | 76 | 78 | 67 |
| 6. | Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish� | 259 | 32 | 44 | 31 | 40 |
32 |
35 | 8 | 17 | 15 | 5 |
| 7. | Ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash | 21 | 0 | 0 | 0 | 0 |
0 |
0 | 0 | 4 | 11 | 6 |
| II. |
Ish oʻrinlari tarkibi |
| | | | | | | | | | |
| 1. | Ayollar uchun | 1828 | 536 | 360 | 164 | 135 |
140 |
120 | 98 | 90 | 102 | 83 |
| 2. | Yoshlar uchun (15 yoshdan — 30 yoshgacha) | 2455 | 667 | 466 | 224 | 204 |
212 |
184 | 154 | 132 | 110 | 102 |
| 2.1. | shu jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun | 2485 | 670 | 468 | 227 | 206 |
214 |
186 | 158 | 134 | 114 | 108 |
| 3. | Qishloq joylarida | 4579 | 466 | 582 | 493 | 496 |
414 |
532 | 134 | 586 | 494 | 382 |
| 4. |
Kvota ish oʻrinlari |
248 | 6 | 4 | 5 | 5 |
7 |
6 | 4 | 70 | 75 | 66 |
Nishon tumanida “2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi”ni ishlab chiqish va ijrosi monitoringini taʼminlash boʻyicha hududiy ishchi komissiyasi
TARKIBI
| 1. | M. Xayitmurodov | Tuman hokimi — Ishchi komissiya raisi | |
| 2. | Z. Baratov | Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — ishchi komissiya raisining oʻrinbosari | |
| 3. | M. Azizov | | Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori — ishchi komissiyasi kotibi |
| 4. | O. Joʻrayeva | | Tuman hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |
| 5. | O. Nigmatov | Tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi | |
| 6. | A. Bekmurodov | Tuman moliya boʻlimi boshligʻi v/b | |
| 7. | O. Bozorov | Tuman statistika boʻlimi boshligʻi | |
| 8. | Sh. Bekniyozov | Nishon agro-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji direktori | |
| 9. | M. Normurodov | Nishon sanoat-energetika kasb-hunar kolleji direktori | |
| 10. | B. Norchayev | Nishon qurilish kasb-hunar kolleji direktori v.b | |
| 11. | N. Davlonov | Nishon qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji direktori | |
| 12. | N. Oʻtkirova | Nishon transport servis kasb-hunar kolleji direktori | |
| 13. | R. Madatova | Nishon maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji direktori | |
| 14. | O. Kulmurodov | ATB Agrobank Yangi Nishon filiali boshqaruvchisi | |
| 15. | G. Kenjayev | | Milliy bank Nishon tumani filiali boshqaruvchisi v.b |
| 16. | S. Egamberdiyev | OATB Mirokreditbank Yangi Nishon filiali boshqaruvchisi | |
| 17. | Sh. Elomonov | DT Xalq banki Nishon tumani filiali boshqaruvchisi | |
| 18. | A. Kobilov | | “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi |
| 19. | K. Bozorov | | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi raisi |
| 20. | U. Mirzayev | Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi |
(“Nishon tongi” gazetasi, 23.08.2013-y., 34 (3630)-son)