OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
“Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1548-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 493-modda) va 2013-yil 29-martdagi PQ-1945-son “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashish darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 177-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 273-V, 111-son “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1548, 2006-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 60-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2006-yil 16-iyuldagi 273-V-1, 67-son “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1548-1, 2006-yil 8-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 326-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2007-yil 12-oktabrdagi 273-V-2, 94-son “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va “Mikrokreditbank” kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1548-2, 2007-yil 8-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 461-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2008-yil 21-noyabrdagi 273-V-3, 108-son “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va “Mikrokreditbank” kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1548-3, 2009-yil 5-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 1-2-son, 8-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2009-yil 21-noyabrdagi 33/2, 112-son “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va “Mikrokreditbank” kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1548-4, 2009-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 585-modda).
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-oktabr,
273-V-5-son;
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-oktabr,
97-son
Kelishilgan:
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2013-yil 14-oktabr,
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
2013-yil 14-oktabr,
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2013-yil 14-oktabr,
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2013-yil 14-oktabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 621-modda)