Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va “Mikrokreditbank” kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 8-noyabrda 1548-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 273-V-5, 97-sonli “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1548-5, 19.11.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida qaror qilamiz:
1. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va “Mikrokreditbank” kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizom (2006-yil 21-fevral, roʻyxat raqami 1548 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 8-son, 60-modda)ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-oktabr,
273-V-2-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-oktabr,
94-son
Markaziy bank Boshqaruvi va Moliya vazirligi tomonidan
2007-yil 12-oktabrdagi 273-V-2, 94-sonli qaroriga
ILOVA
2007-yil 12-oktabrdagi 273-V-2, 94-sonli qaroriga
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va “Mikrokreditbank” kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Kirish qismidagi “Nizom” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash toʻgʻrisida” Qonuni” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. 36-bandda:
birinchi xatboshidagi “kichik biznes subyektlari” soʻzlaridan keyin “qishloq joylarida xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda ajratilayotgan kredit mablagʻlari xizmat koʻrsatish sohasida yangi tashkil etilayotgan korxonalarni faqat texnologik jihozlash maqsadlariga yoʻnaltiriladi”.
3. 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan kreditlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan dehqon xoʻjaliklariga eng kam ish haqining 200 baravaridan hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga eng kam ish haqining 1000 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda beriladi”.
4. 39-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun, jumladan, aholiga maishiy, tibbiy, sayyohlik-ekskursiya va mehmonxona xizmati koʻrsatish, avtomobillar va boshqa texnika taʼmiri boʻyicha xizmat koʻrsatish, transport xizmati koʻrsatishni rivojlantirish uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 45 foizi miqdorigacha”.
5. 63-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qarz oluvchi olingan mikrokreditni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda toʻlamagan taqdirda bank Oʻzbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga koʻra ushbu mikrokreditni kafilning bank hisobvaragʻidan kafillik shartnomasida belgilangan tartibda undirib olish huquqiga ega”.
6. 72-bandda:
uchinchi xatboshidagi “5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdorida” soʻzlari “eng kam ish haqining 200 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda” soʻzlari bilan;
toʻrtinchi xatboshining birinchi jumlasidagi “10000 AQSh dollari ekvivalenti” soʻzlari “eng kam ish haqining 1000 baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-oktabr
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShEV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-oktabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-oktabr
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 461-modda)