OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 8-avgustda 1548-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 273-V-5, 97-sonli “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1548-5, 19.11.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida qaror qilamiz:
1. “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga (2006-yil 21-fevral, roʻyxat raqami 1548 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 8-son, 60-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-iyul,
273-V-1-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-iyul,
67-son
Markaziy bank Boshqaruvi va Moliya
vazirligi tomonidan 2006-yil 16-iyuldagi
273-V-1 va 67-sonli qaror bilan
TASDIQLANGAN
vazirligi tomonidan 2006-yil 16-iyuldagi
273-V-1 va 67-sonli qaror bilan
TASDIQLANGAN
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Nizomning nomi va butun matnidagi “Tadbirkorbank” soʻzi “Mikrokreditbank” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. 33-banddagi “1/6” soni “1/4” soni bilan almashtirilsin.
3. 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan kreditlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan dehqon xoʻjaliklariga 5000 AQSh dollarining soʻmdagi ekvivalentidan hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga 10 000 AQSh dollarining soʻmdagi ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda beriladi.
Aholi bandligini taʼminlashning hududiy va maqsadli dasturlariga xizmat koʻrsatuvchi banklar bilan kelishilgan holda kiritilgan yuridik shaxslarga Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yangi ish oʻrinlarini yaratishga maqsadli kreditlar 50 000 AQSh dollarining soʻmdagi ekvivalentigacha boʻlgan miqdorda beriladi”.
4. 39-band 4-xatboshidan keyin quyidagi tahrirdagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Aholi bandligini taʼminlashning hududiy va maqsadli dasturlariga kiritilgan yuridik shaxslarga Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 10 000 AQSh dollarining soʻmdagi ekvivalentidan ortiq miqdordagi kreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida”.
5. 61-bandi yettinchi va sakkizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
6. 63-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kafillik bank foydasiga kafil va qarz oluvchi oʻrtasida tuziladigan yozma shakldagi 3 (uch) nusxada kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu shartnomaning oxirgi betida kafil va qarzdor imzolaridan keyin, bank tomonidan mazkur kafillik qabul qilinganligi toʻgʻrisida bank filiali boshqaruvchisi tomonidan imzolangan va dumaloq muhr qoʻyilgan yozuv kiritiladi”.
7. 85-band “vazirligi” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
8. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-iyul
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash
davlat qoʻmitasi raisi v. b. B. ULAShEV
davlat qoʻmitasi raisi v. b. B. ULAShEV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-iyul,
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-iyul
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 326-modda)