04.12.2003 yildagi F-1874-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn bir yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi 2003-yil 1-dekabrdagi Farmoniga binoan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Farmonni qoʻllash tartibi haqidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizomda koʻrsatilgan organlarga amnistiya toʻgʻrisidagi Farmonni oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur Farmonning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jazodan ozod qilingan shaxslar toʻliq hisobga olinishini va ularning ishga joylashtirilishini, shuningdek yolgʻiz va yordamga muhtoj shaxslarni nogironlar va qariyalar uyiga joylashtirilishini, voyaga yetmaganlarni ota-onalarining yoki vasiylik va homiylik organlarining nazoratiga topshirilishini, zarur hollarda ularni tegishli taʼlim muassasalariga yuborilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari boshqa tegishli organlar bilan birgalikda jazodan ozod qilingan birinchi va ikkinchi guruh dispanser roʻyxatidagi sil kasalligiga chalingan shaxslarning hisobga olinishini va maxsus davolash muassasalariga joylashtirilishini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman va shahar hokimlari joylardagi prokuratura, ichki ishlar idoralarining rahbarlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari bilan birgalikda amnistiya toʻgʻrisidagi Farmoniga asosan jazodan ozod etilayotgan shaxslarga, ayniqsa voyaga yetmaganlar hamda ekstremistik tashkilotlarining sobiq aʼzolariga nisbatan koʻrilayotgan tarbiyaviy taʼsir choralarini uzluksizligini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklari jinoiy jazodan ozod qilingan chet el fuqarolarini hisobga olish hamda mamlakat hududidan chiqarib yuborish masalasini hal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 4-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-1874-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn bir yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini qoʻllash tartibi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn bir yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Farmoni u kuchga kirgunga qadar jinoyat sodir etgan va jazoni qayerda oʻtayotganligidan qatʼiy nazar Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan sudlangan shaxslarga qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Farmonga koʻra asosiy jazodan ozod etilgan mahkumlar qoʻshimcha jazolardan ozod qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Amnistiya toʻgʻrisidagi Farmonni qoʻllash jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 22-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 29-avgustdagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori talablariga rioya etish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1959-yil tahriridagi (keyingi oʻzgartish va qoʻshimchalari bilan) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga asosan sudlangan shaxslarga tegishli materiallarni koʻrib chiqishda “oʻta ogʻir jinoyat” tushunchasi, ushbu kodeksning 22-moddasida bayon etilganligi va uni kengaytirilgan maʼnoda sharhlanishi mumkin emasligi eʼtiborga olinishi lozim. Shunga koʻra, 1994-yil tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 13-moddasi talablariga amal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Amnistiya qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror har bir shaxsga nisbatan yakka tartibda hal qilinadi. Zarur maʼlumotlar yetarli boʻlmagan taqdirda amnistiya qoʻllash masalasi qoʻshimcha hujjatlar olingunga qadar, lekin 2 oydan ortiq boʻlmagan muddatgacha kechiktiriladi. Shundan keyin qaror mavjud hujjatlar asosida qabul qilinadi. Farmonni ijro etuvchi organlarning soʻrovlari zudlik bilan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻlim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan shaxslarga amnistiya qoʻllanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir mahkumga nisbatan Farmonning aynan qaysi moddasini qoʻllash mumkinligini aniqlashda sud hukmi bilan tayinlangan jazo muddatidan kelib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Farmonning taʼsiriga tushuvchi shaxslarning sud tomonidan tayinlangan jazo muddatlari amnistiya yoki afv etish tartibida qisqartirilgan boʻlsa, unda oʻtalgan yoki ushbu Farmon asosida qisqartirilishi lozim boʻlgan qismlar (1/5, 1/4) amalda oʻtash uchun qoldirilgan muddatidan ana shu qisqartirishlarni inobatga olgan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Farmonni qoʻllashda qonunda belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan sudlanganlik hisobga olinmaydi. Amaldagi jinoyat qonunchiligi boʻyicha jinoyat hisoblanmaydigan qilmishlar uchun javobgarlikka tortilgan shaxslar ham sudlanmagan deb hisoblanadi. Xuddi shunday, muqaddam ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlari uchun shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyatlari uchun ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni oʻtab chiqqan shaxslarning sudlanganligi ham hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jazodan ozod qilingan shaxslar deganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganligi tugallanganligi yoki olib tashlanganligidan qatʼi nazar, sud tomonidan belgilangan jazolardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hukmi chiqarilmay jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganlarni tushunish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Amnistiya toʻgʻrisidagi Farmonni ijro etuvchi organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Farmon:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jazoni ijro etuvchi organlar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish joylarida jazo oʻtayotgan mahkumlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axloq tuzatish ishi jazosini oʻtayotgan, muayyan huquqdan mahrum etilganlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli hukm qilinganlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan va jazoni oʻtash uchun fuqaroligi boʻyicha tegishli davlatlarga berib yuborilgan shaxslarga nisbatan (mahkumni berib yuborishni amalga oshirgan muassasa tomonidan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu organlarning ish yurituvida jinoyatlari haqidagi ishlari va materiallari boʻlgan shaxslarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sudlar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning ish yurituvida jinoyatlari haqidagi ishlari va materiallari boʻlgan shaxslarga nisbatan (barcha instansiyalarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarimaga hukm qilingan shaxslarga nisbatan, agar Farmon kuchga kirgunga qadar jarima undirilmagan boʻlsa (hukm chiqargan sud tomonidan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmlari qonuniy kuchga kirgan, biroq ijro etilmagan, qamoqda boʻlmagan shaxslarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo qoʻllanilgan shaxslarga nisbatan (harbiy qism komandirining taqdimnomasiga binoan) qism joylashgan hududdagi harbiy sud tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) intizomiy qism komandiri tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomiy qismda jazo oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga nisbatan ijro etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning “a”, “b”, “g” bandlarida qayd etilgan organlar tomonidan Farmonni qoʻllash jazoni ijro etuvchi muassasa (organ) yoki tergov hibsxonasi boshligʻi, surishtiruv organi boshligʻi, tergovchi, shuningdek, intizomiy qism komandirining qarori asosida amalga oshiriladi. Mazkur qarorlar prokuror tomonidan sanksiyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya toʻgʻrisidagi Farmonni qoʻllash masalasini sudlar tomonidan koʻrib chiqishda prokurorning ishtiroki shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Amnistiya toʻgʻrisidagi mazkur Farmonni qoʻllash jarayonida mahkumga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oldingi yillarda chiqargan amnistiya toʻgʻrisidagi Farmonlarini qoʻllash uchun asoslar aniqlangan holda, bu Farmonlarni qoʻllash masalasi ham ayni paytda ishlar (materiallar) ish yurituvida boʻlgan organ tomonidan navbat bilan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uch oylik muddat oʻtganidan soʻng Farmonni qoʻllash masalasi ushbu Nizomning 8-moddasida koʻrsatilgan organlar tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Amnistiya toʻgʻrisidagi Farmonning ayrim normalarini qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Farmonning 1-moddasiga asosan ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolardan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “a” bandi taʼsir doirasiga yoshidan qatʼi nazar, ayollar, basharti ular birinchi marta sodir etgan jinoyati uchun jazo oʻtayotgan boʻlsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “b” bandi taʼsir doirasiga jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “v” bandi taʼsir doirasiga Farmon kuchga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda birinchi va ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “g” bandi taʼsir doirasiga 1943-yil 2-dekabrga qadar tugʻilgan erkaklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “d” bandi taʼsir doirasiga Farmon qonuniy kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida jazoni ijro etish yoki yashash joyidagi davolash muassasalarining tibbiy komissiyalari qaroriga asosan sil kasalining aktiv formasiga (1 va 2-guruh dispanser hisobidagilar) chalingan deb topilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “e” bandi taʼsir doirasiga jinoyat sodir qilgunga qadar doimiy yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan, ozod etilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish uchun qonuniy asoslar boʻlmagan chet davlatlar fuqarolari hisoblangan shaxslar tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.1 Fuqarolikka mansublik milliy pasportlar yoki boshqa hujjatlar, shu jumladan tegishli davlatlarning elchixonalari yoxud konsullik muassasalarining rasmiy tasdiqlovchi hujjatlariga binoan aniqlanadi. Fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda esa, amnistiya taʼsiriga tushuvchi shaxs doimiy yashab kelgan mamlakatning amaldagi qonunchiligiga asosan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya taʼsiriga tushuvchi shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga asosan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari deb ulardan faqat jinoyat sodir qilgunga qadar doimiy roʻyxatdan oʻtganlar va ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi berilganlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.2 Farmonga asosan jazodan ozod etilgan chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari uchun qonuniy asoslari boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarorida koʻrsatilgan tartibda mamlakatdan chiqarib yuboriladilar (deportatsiya).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmonni ijro etuvchi organlar ish yurituvlarida chet el fuqarolariga nisbatan ishlar boʻlgan taqdirda tegishli idoralarga bu shaxslarni mamlakatdan chiqarib yuborish zarurligi haqida zudlik bilan xabar qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Farmonning 2-moddasi taʼsir doirasiga, ularga tayinlangan jazo turi va meʼyoridan qatʼiy nazar, ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etganlar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta hukm qilingan shaxslar, basharti ular ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan boʻlsalar, tushadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Farmonning 3-moddasi taʼsir doirasiga, sodir etgan jinoyatning ogʻirlik darajasi va ularga tayinlangan jazo meʼyoridan qatʼi nazar, Farmon eʼlon qilingan kunga oʻtalmay qolgan jazo muddati ikki yildan koʻp boʻlmagan birinchi marta ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Farmonning 4-moddasi taʼsir doirasiga, ekstremistik tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi jinoyatlar yoki jamoat xavfsizligiga qarshi boshqa qilmishlari uchun oʻn yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan hamda Maxsus komissiya, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV va MXX xulosalariga asosan qilmishlaridan chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan deb topilgan shaxslar tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Farmonning 5-moddasini tatbiq etishda, farmonning 7-moddasidagi cheklashlarni hisobga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmonning 1-moddasida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan, ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, uncha ogʻir boʻlmagan eki ogʻir jinoyatlar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 15-moddasi bilan ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar turkumiga kiritilgan barcha jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlari va sudda koʻrilmagan ishlar tugatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlarining surishtiruv, tergov bosqichida va sudda amnistiya toʻgʻrisidagi Farmonga muvofiq tugatilishi shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos boʻlib hisoblanadi. Bunday shaxslar tomonidan yetkazilgan zararni undirish masalasi fuqarolik ishlarini sudda yuritish tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmonning 1-moddasi taʼsiri doirasiga tushmaydigan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar sodir etganlikda ayblanuvchi shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari harakatdan tugatilmaydi. Ularni tergov qilish va sudda koʻrib chiqish umumiy tartibda amalga oshiriladi. Basharti shaxs ayblanayotgan jinoiy qilmishda aybdor deb topilsa, sud Oʻzbekiston Respublikasi JPK 463-moddasi 3-qismining 1-bandi talabiga asosan hukm chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Farmonning 6-moddasini qoʻllashda 2003-yil 2-dekabr kunidan boshlab jazo muddatining amalda oʻtalmay qolgan qismi qisqartirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Farmonning 7-moddasi “a” bandiga muvofiq uning taʼsir doirasiga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻta xavfli retsidivistlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muqaddam Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari asosida afv etish yoki amnistiya tartibida jazodan ozod etilgan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslar tushmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.1. Jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslar deb,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon qabul qilingunga qadar jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati tomonidan berilib, olib tashlanmagan va amal qilish muddati tugamagan ikki yoki undan ortiq intizomiy jazosi boʻlgan mahkumlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axloq tuzatish ishlari jazosi ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirilgan, hukmning shartliligi bekor qilinib, tayinlangan jazoni oʻtash uchun yuborilgan, shuningdek manzil-koloniyalardan tegishli tartibli koloniyalarga qaytarilganlarni (basharti ular hibsga olingan kundan boshlab bir yildan kam muddat oʻtgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtash, hukm ijrosi kechiktirilgan yoki sinov muddati davomida qasddan jinoyat sodir etgan mahkumlarni hisoblash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan Jinoyat kodeksining 60-moddasi qoʻllanilgan shaxslarga nisbatan amnistiya toʻgʻrisidagi Farmon, basharti hukm kuchga kirgan kundai boshlab bir yildan ortiq muddat oʻtgan boʻlsagina qoʻllanilishi mumkin (ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtash davrida qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Farmonning 7-moddasi “b” bandiga muvofiq, uning 1—3, 5, 6-moddalari ekstremistik tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi jinoyatlar yoki jamoat xavfsizligiga qarshi boshqa qilmishlar sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi F. MUHITDINOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori R. QODIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisi R. INOYATOV