Navoiy viloyati Nurota tumani hokimining
Qarori
Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali va uni oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli va viloyat hokimining 2012-yil 6-fevraldagi q-15-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida hamda tumandagi xalq xoʻjalik tarmoqlari, shirkat va fermer xoʻjaliklar, kichik korxonalar, xususiy firmalar va fuqarolarga tegishli boʻlgan barcha transport vositalari sonini aniqlash, transport vositalarida sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlarni oldini olish, transport vositalarini qaysi boshqarma yoki idoralarga tegishliligi haqidagi maʼlumotlarni yigʻish, atrof muhit tozaligini saqlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli va viloyat hokimining 2012-yil 6-fevraldagi q-15-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hududidagi jismoniy va yuridik shaxslarga hamda tijorat asosida yoʻlovchilar uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrindigʻidan tashqari) odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashuvchi maxsus transport vositalari, ularning tirkamalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga muvofiq, texnik koʻrikni oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (Y. Toshpoʻlotov) ga:
transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika vositalarini sugʻurtalanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar taqdim etilgandan soʻng amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, texnik koʻrikdan oʻtgan har bir transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan taʼminlash yuklatilsin.
4. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Rustamov, tashkilot va korxonalar rahbarlari zimmasiga:
yillik davlat koʻrigini sifatli va oʻz muddatlarida oʻtkazish uchun yetarli texnik xodimlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish;
texnik koʻrik jarayonida aholiga yengillik yaratish maqsadida tuman Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, sugʻurta xizmati bilan birgalikda texnik koʻrikni aholi tigʻiz joylashgan punktlarida tashkil etish;
shaxsiy transport vositalarining texnik koʻrigi jadvallarini belgilashda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida dam olish kunlaridan toʻliq foydalanishni taʼminlash;
davlat transport vositalarini belgilangan jadval asosida texnik koʻrikdan oʻtkazishda tegishli toʻlovlarning birinchi navbatda undirilishini nazoratga olish yuklatilsin.
5. Yuridik shaxslarning hisobida turgan transport vositalarining soz holda boʻlishiga shaxsan rahbarlar masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin va tuman hokimligi yigʻilishlarida tuman texnik koʻrik komissiyasining texnik koʻrikning oʻtkazilishi boʻyicha axborotlari har chorak yakunida tinglanib borilishi belgilab qoʻyilsin.
6. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (F. Ergashev)ga mazkur qarorning ijrosi yuzasidan 2013-yilning 10-noyabriga qadar tuman hokimligiga yakuniy axborot taqdim etish topshirilsin.
7. Tuman hokimining 2012-yil 8-fevraldagi q-173-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Rustamov zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim Q. TURSUNOV
Nurota sh.,
2013-yil 8-aprel,
q-145-son
Tuman hokimining 2013-yil 8-apreldagi q-145-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
| № | Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi | Texnik koʻrik vaqti va sanasi | Texnik koʻrik oʻtkazish joyi | Texnik koʻrik oʻtkazishga masʼul |
| 1. | Tuman hokimligi | 16.04.2013-yil | Nurota shahri |
Komissiya |
| 2. | Tuman Xalq taʼlimi boʻlimi | 20.04.2013-yil | Nurota shahri | |
| 3. | “Vatanparvar” tashkiloti | 24.04.2013-yil | Nurota shahri | |
| 4. | Tuman Davlat sanitariya-epidemologiya markazi | 27.04.2013-yil | Nurota shahri | |
| 5. | Tuman Tibbiyot birlashmasi | 01.05.2013-yil | Nurota shahri | |
| 6. | Tuman Gaz korxonasi | 03.05.2013-yil | Nurota shahri | |
| 7. | “Farrux Zarina” xususiy korxonasi | 07.05.2013-yil | Nurota shahri | |
| 8. | “Nurota Mashina-traktor parki” aksiyadorlik jamiyati | 09.05.2013-yil | Nurota shahri | |
| 9. | “Oʻzbekiston” shirkat xoʻjaligi | 11.05.2013-yil | Chuya qishlogʻi | |
| 10. | “Nurotamarmar” xususiy ishlab chiqarish korxonasi | 14.05.2013-yil | Nurota shahri | |
| 11. | “Istiqlol” shirkat xoʻjaligi | 16.05.2013-yil | Nurota shahri | |
| 12. | Sh. Rashidov shirkat xoʻjaligi | 18.05.2013-yil | Dehibaland qishlogʻi | |
| 13. | “Gʻozgʻon” shirkat xoʻjaligi | 21.05.2013-yil | Gʻozgʻon qoʻrgʻoni | |
| 14. | “Gʻozgʻonmarmar” aksiyadorlik jamiyati | 21.05.3013 yil | Nurota shahri | |
| 15. | “Qizilcha” shirkat xoʻjaligi | 25.05.2013-yil | Qizilcha qishlogʻi | |
| 16. | “Nurota” shirkat xoʻjaligi | 29.05.2013-yil | Temirqovuq qishlogʻi | |
| 17. | “Nihol” kommunal foydalanish boshqarmasi | 30.05.2013-yil | Nurota shahri | |
| 18. | “Al-Arab-Sherzod” xususiy firmasi | 01.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 19. | “Obi-Hayot LTD” aksiyadorlik jamiyati | 05.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 20. | Nurota tuman Yoʻl xoʻjalik pudrat taʼmir foydalanish korxonasi | 04.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 21. | A. Yassaviy hissadorlik jamiyati | 06.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 22. | Ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji | 07.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 23. | Qishloq xoʻjalik kolleji | 08.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 24. | 2-sonli Nurota qishloq xoʻjalik kolleji | 11.06.2013-yil | Temirqovuq qishlogʻi | |
| 25. | Nurota tuman Elektr tarmoqlari korxonasi | 12.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 26. | Tuman Veterinariya boʻlimi | 13.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 27. | Tuman veterinariya laboratoriyasi | 13.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 28. | Tuman Madaniyat uyi | 14.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 29. | Tuman Muruvvat uyi | 15.06.2013-yil | Adizobod qishlogʻi | |
| 30. | Tuman Davlat soliq inspeksiyasi | 18.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 31. | Tuman davlat aksiyadorlik-tijorat “Xalq banki” filiali | 19.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 32. | Tuman Moliya boʻlimi | 19.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 33. | Tuman “Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi | 19.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 34. | Tuman Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish markazi | 20.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 35. | Tuman mahalla jamoat fondi | 20.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 36. | Sanʼat litseyi | 20.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 37. | Tuman Prokuraturasi | 21.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 38. | Jinoiy ishlar boʻyicha Nurota tuman sudi | 21.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 39. | Tuman “Agrokimyoxizmat” shoʼba korxonasi | 22.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 40. | Tuman Obodonlashtirish boʻlimi | 25.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 41. | Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi | 26.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 42. | “Ustoxoʻja” fermer xoʻjaligi | 27.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 43. | “Semurgʻ” fermer xoʻjaligi | 27.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 44. | Dehqon va fermer xoʻjaliklari | 29.06.2013-yil | Nurota shahri | |
| 45. | Jismoniy shaxslar | 31.08.2013-yil | Nurota shahri | |
| 46. | Boshqalar | 31.10.2013-yil | Nurota shahri |
Eslatmalar: texnik koʻrikni oʻtkazish joyi va vaqti tuman komissiyasi tomonidan texnik koʻrikni sifatli oʻtkazishni hisobga olgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Tuman hokimining 2013-yil 8-apreldagi q-145-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha
KOMISSIYA TARKIBI
| 1. | Y. Toshpoʻlotov | Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta noziri, komissiya raisi |
| 2. | A. Hamdamov | Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari |
| 3. | O. Oxunjonov | Tuman hokimligi mutaxassisi, komissiya masʼul kotibi |
|
Aʼzolari | ||
| 4. | U. Qulmonov | “Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi tuman boʻlimi boshligʻi |
| 5. | X. Sattorov | Tuman Tabiatni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi |
| 6. | S. Qulmonov | Tuman Yoʻl xoʻjalik pudrat taʼmir foydalanish korxonasi boshligʻi |
| 7. | N. Muhiddinov | Tuman Yongʻinga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi |
| 8. | Lavozimi boʻyicha | Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi noziri |