Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2021 29.01.2013 yildagi 130q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati Urganch shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomning 5-bandiga muvofiq 2012-yilda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish ilovaga muvofiq korxona, tashkilotlarga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Urganch shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (B. Qurbanov)ga ilovada keltirilgan korxona, tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar tuzib, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan, mehnat faoliyatining vaqtincha turlariga muvofiq boʻlishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqarolarni har oy davomida kamida ikki hafta muddatga haq toʻlanadigan jamoat ishlari bilan taʼminlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzsin va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzishda, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari, Urganch shahar hokimligiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi mablagʻlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (B. Qurbanov) bir hafta muddatda mazkur qarorni ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Urganch shahar hokimining 2012-yil 20-yanvardagi “2012-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 71-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Urganch shahar hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari M. Madrimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingandan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim I. YoQUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch shahar hokimining 2013-yil 29-yanvardagi 130q-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch shahrida 2013-yilda aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish Dasturining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎

Jamoat ishlari turlari‎

Reja‎ Ijro uchun masʼullar‎
1.‎ Hududlarni tozalash, qishki tozalov ishlari‎ 50‎ Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi, “Urganch markaziy dehqon bozori” OAJ‎
2.‎ Uy hududlarini tozalash‎ 45‎ Urganch maxsus sanitar trans ishlab chiqarish davlat korxonasi hamda shahardagi barcha uy-joy mulkdorlar shirkatlari‎
3.‎ Hududlarni koʻkalamzorlashtirish‎ 60‎ Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi‎
4.‎ Qurilish va taʼmirlash hamda suv yoʻllari, ariq-zovurlarni tozalash va taʼmirlash ishlari‎ 35‎ “Xorazmqurilish” OAJ “Urganch nasoschi” shoʻba korxonasi, SMP-3, “Xorazm temir yoʻl maxsus qurilish”‎
5.‎ Xalq taʼlimi tizimidagi ishlar‎ 30‎ Urganch shahar xalq taʼlimi boʻlimi, kasb-hunar kollejlari‎
6.‎ Agrosanoat kompleksidagi mavsumiy ishlar‎ 32‎ “Urganch ipak qurti tuxumi” MChJ
‎ Jami:‎ 252‎ ‎
(“Urganch oqshomi” gazetasi, 26.04.2013-y., 10-son)