Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari Yakkabogʻ tumani Kengashining
Qarori
Yakkabogʻ tumanida 2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tumanda 2014-yilda ish joylariga boʻlgan ehtiyoj va qoʻshimcha yangi ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha takliflar oʻrganib chiqilganda, yangi ish joylariga boʻlgan ehtiyoj jami 5810 ta, jumladan ishga joylashishga muhtojlar 3030 ta, resurslarining iqtisodiy faol aholi qismi oʻsishi 2634 ta, shundan kasb-hunar kolleji bitiruvchilari 1952 ta, mehnat resurslarining iqtisodiy faol qismi kamayishi (pensiyaga chiqqanlar, vafot etganlar va boshqalar) hisobiga 376 tani tashkil etmoqda.
Ishchi guruhi tomonidan tumanda har bir fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholi punktlaridagi mavjud imkoniyatlar, bundan tashqari joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan obyektlar hamda tadbirkorlik subyektlarining rejalari inobatga olinib, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida aniq va manzilli dasturlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, moliyaviy mablagʻ miqdori va manbalari aniq hisob-kitob qilinmoqda.
Bundan tashqari, ijtimoiy obyektlarni foydalanishga topshirish, “Sanoat korxonalarini kengaytirish, texnik qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari” dasturi va boshqa yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan dasturlardagi koʻrsatkichlar ham olib chiqilib, ish oʻrinlari yaratish dasturiga kiritilmoqda.
Shuningdek, tumandagi tijorat banklari va ularning joylardagi boʻlinmalarining kredit portfelidan kelib chiqib, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyozli kreditlari hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlari ham inobatga olinmoqda.
Tumanda inqirozga qarshi choralarning 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan dasturining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga erishish, aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratishni taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
2. Tuman Ishchi komissiyasi tomonidan 2014-yilda yangi ish joylari yaratish hududiy dasturlari parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-sonli Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 49-son, 477-modda) bilan tasdiqlangan moliyaviy inqirozga qarshi kurash choralari doirasida shakllantirilganligi maʼqullansin.
Ishchi komissiyasining hududlarga biriktirilgan aʼzolari:
har oyda biriktirilgan hududga chiqqan holda 2014-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosini tanqidiy oʻrganib, hokimlik va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokama etib borish;
hududiy dasturlarni amalga oshirishda yoʻl qoʻyilayotgan qoloqlik va muammolarni aniqlab, ularni bartaraf qilish yuzasidan tegishli choralarni koʻrish;
belgilangan vazifalarni talab darajasida bajarmagan tarmoqlar, hokimlik, masʼul davlat organlari tijorat banklari va korxonalar rahbarlarining masʼuliyatini koʻrib chiqish yuzasidan tuman Ishchi komissiyasiga takliflar kiritib borish;
hududiy dasturlarga kiritilgan obyektlarning oʻz vaqtida ishga tushirilishi, dastur parametrlarining toʻliq va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish vazifalari yuklatilsin.
3. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (S. Jumanov)ga:
ushbu parametrlar boʻyicha hokimlik bilan kelishgan holda 2014-yilda har bir qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida yaratiladigan yangi ish oʻrinlari parametrlarini yana bir marotaba tahlil qilib, tuman hokimligiga taqdim etish;
2014-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosi monitoringini yuritishda investitsiya, lokalizatsiya, tarmoqlar, hududlarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va boshqa maqsadli dasturlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratishi belgilab qoʻyilsin.
4. Tumandagi barcha tijorat banklari rahbarlariga:
tasdiqlangan reja-grafigiga muvofiq tijorat banklari tomonidan 2014-yilda yangi ish joylari yaratish uchun kreditlarning belgilangan muddatlarda ajratilishini qatʼiy nazoratga olish, mablagʻlar ajratilishini joylarga chiqqan holda hokimlik, tijorat banklari va tadbirkorlar ishtirokida muhokama etib, zarur choralarini koʻrish;
tuman Mikrokreditbank (B. Islomov) hokimlik bilan birgalikda qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis obyektlarini ishga tushirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish reja-jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish tavsiya etilsin.
5. Tuman Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi (A. Ashurov):
xususiy tadbirkorlik, kichik biznes va xizmatlar sohasini rivojlantirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish hamda sohada yangi ish oʻrinlari yaratish;
kichik biznes subyektlarining tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini joylarga chiqib oʻrganish hamda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy choralarini koʻrish;
iqtisodiy nochor va ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash va ularda yangi ish oʻrinlari yaratish chora-tadbirlariga asosiy masʼul etib belgilansin hamda iqtisodiy nochor va ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash va ularda yangi ish oʻrinlari yaratishning prognoz parametrlari ijrosining taʼminlanishini qatʼiy nazoratga olsin.
6. Tuman moliya boʻlimi (S. Jovliyev) sugʻurta idoralari bilan birgalikda yirik sugʻurta idoralarining har bir qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida filiallari (vakolatxonalari) tarmogʻini kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlarini ishlab chiqib, har bir qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari kesimida 2014-yilda yangidan tashkil etiladigan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini tasdiqlasin.
7. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (S. Qurbonov):
norasmiy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni rasmiylashtirsin va yangidan tashkil etish ishtiyoqida boʻlgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlasin.
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (S. Axmedov), iqtisodiyot boʻlimi (S. Jumanov) bilan birgalikda 2014-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosining har oylik tizimli monitoringini hududlar va tarmoqlar kesimida amalga oshirib, dastur ijrosi haqida umumlashgan maʼlumotlarni tuman hokimligiga har oy (hisobot oyi uchun keyingi oyning 5-sanasiga) kiritib borsin, dastur ijrosini taʼminlash yuzasidan hududlar, tarmoq va korxonalar boʻyicha aniq takliflar kiritib borsin.
9. Tuman statistika boʻlimi (S. Rasulov), tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (S. Axmedov) bilan birgalikda barcha chora-tadbirlar hisobiga yaratilayotgan yangi ish oʻrinlari hisobining yuritilishini taʼminlasin.
10. Tuman Ishchi komissiyasi:
2014-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosi haqidagi maʼlumotlarni har oyda (hisobot oyi uchun keyingi oyning 5-sanasiga) tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etib borishlari shartligi belgilab qoʻyish;
2014-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining tasdiqlangan asosiy parametrlarini 2014-yilda yangi tashkil etiladigan va kengaytiriladigan obyektlar (korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, tadbirkorlik subyektlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari va sh.k.) kesimida muddatlar, moliyaviy-manbalar, masʼullar boʻyicha aniqlashtirilgan holda tasdiqlash;
2014-yildan boshlab har oyda Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari bilan birgalikda 2014-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash hududiy dasturining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi, manzilli roʻyxatlarga kiritilgan obyektlarning ishga tushirilishi va belgilangan ish joylarining yaratilishini muhokama etib borish;
har bir ishchi komissiya aʼzolari tarkibiga manfaatdor tashkilotlar rahbarlari kiritilgan ishchi guruhlari tashkil etilsin, ular zimmasiga yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash choralarini koʻrish, manzilli dasturga kiritilgan korxonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jumladan roʻyxatdan oʻtkazish, moddiy-texnika resurslaridan va muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanish, dastlabki sarmoyani shakllantirish va kreditlar olish, soliqqa tortish, mahsulotni sotish kabi muammolarni aniqlash va joyida hal etish choralarini koʻrish vazifalari yuklatilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari raislari zimmasiga yuklatilsin.
12. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi A. JOʻRAYEV
Yakkabogʻ sh.,
2013-yil 12-avgust,
IV-21/60-son
Yakkabogʻ tumanida 2014-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash
DASTURI
|
T/r |
Yoʻnalishlar |
Jami |
|
I. |
Jami yaratiladigan ish oʻrinlari soni |
5810 |
| | shu jumladan: | |
|
1. |
Yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarni yangilash |
530 |
|
2. |
Kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish |
1669 |
| | shundan: | |
|
2.1 |
sanoatda |
86 |
|
2.2 |
qurilish-pudrat ishlarini kengaytirish, jumladan uy-joy qurilishi va taʼmirlash |
138 |
|
2.3 |
xizmat koʻrsatish va servis |
1445 |
|
3. |
Yakka va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish |
822 |
|
4. |
Uy mehnatining barcha shakllarini rivojlantirish |
1425 |
|
4.1 |
shu jumladan, korxonalar bilan kooperatsiyada mehnat shartnomalari asosida kasanachilik |
175 |
|
5. |
Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish (parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik va boshqalar) |
863 |
|
6. |
Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish |
376 |
|
7. |
Ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash |
125 |
|
II. |
Ish oʻrinlarini tarkibi | |
|
1. |
Ayollar uchun |
2496 |
|
2. |
Yoshlar uchun (15 yoshdan — 30 yoshgacha) |
4388 |
|
2.1 |
shu jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun |
3901 |
|
3. |
Qishloq joylarida |
5810 |
|
4. |
Kvotalangan (zaxiralangan) ish oʻrinlari |
179 |
2014-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosi va nazoratini amalga oshirish boʻyicha tuman Ishchi komissiya
TARKIBI
|
1. |
I. Xamroyev |
|
Tuman hokimining oʻrinbosari, ishchi komissiya rahbari |
|
2. |
B. Doverov |
|
Tuman hokimining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — ishchi komissiya rahbarining oʻrinbosari |
| 3. | Z. Shukurova |
|
Tuman hokimining oʻrinbosari, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, ishchi komissiya rahbarining oʻrinbosari |
| 4. | S. Jumanov |
|
Tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi v/b, ishchi komissiya aʼzosi |
| 5. | S. Axmedov | Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, ishchi komissiya aʼzosi | |
| 6. | S. Jovliyev |
|
Tuman moliya boʻlimi boshligʻi v/b, ishchi komissiya aʼzosi |
| 7. | S. Rasulov |
|
Tuman statistika boʻlimi boshligʻi, ishchi komissiya aʼzosi |
| 8. | |
|
Tumandagi kasb-hunar kollejlari direktorlari, ishchi komissiya aʼzosi |
| 9. | |
|
Tumandagi tijorat banklari boshliqlari, ishchi komissiya aʼzosi |
| 10. | B. Islomov |
|
ATB “Mikrokredit” bank tuman filiali boshqaruvchisi, ishchi komissiya aʼzosi |
| 11. | A. Ashurov |
|
Tuman Savdo-sanoat Palatasi raisi, ishchi komissiya aʼzosi |
| 12. | I. Xidirov |
|
Tuman “Mahalla” jamgʻarmasi raisi, ishchi komissiya aʼzosi |
| 13. | Sh. Nusurov |
|
Tuman “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati raisi, ishchi komissiya aʼzosi |
| 14. | B. Normurodov |
|
Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktorining oʻrinbosari, ishchi komissiya kotibi |
| 15. | |
|
QFY va MFY raislari |
(“Yakkabogʻ ovozi” gazetasi, 20.08.2013-y., 23 (7523)-son)