Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining
Qarori
Bogʻot tumanidagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining 2014-yil 20-fevraldagi 249-q-sonli “Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq transport vositalarining 2013-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Bogʻot tuman ichki ishlar boʻlimi, Avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoidalari va meʼyorlariga amal qilishni nazorat etish boʻlimi (Sh. Zayniddinov) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlasin.
2. Tumandagi yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik koʻrigi yilda bir marotaba ( 1-martdan 10-iyungacha);
tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joy soni 8 va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar yilda ikki marotaba (1-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha);
jismoniy shaxslarga qarashli transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta (ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno) texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi (mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari).
3. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undiriladi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
5. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, tuman ichki ishlar boʻlimi, qishloq fuqarolar yigʻini raislari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 29-fevraldagi 157-k-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Bogʻot tuman ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2013-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
8. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari E. Avezov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. BEKChANOV
Bogʻot sh.,
2013-yil 28-fevral,
207-q-son
Tuman hokimining 2013-yil 28-fevraldagi 207-q-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya
TARKIBI
| 1. | Sh. Zayniddinov | tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, katta serjant, komissiya raisi |
| |
Komissiya aʼzolari: |
|
| 2. | N. Gʻofurov | tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi |
| 3. | M. Abdullayev | “Bogʻot Avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyati muhandisi |
| 4. | U. Ibragimov | Xorazm viloyat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tuman inspektori |
| 5. | B. Eshniyozov | “Oʻzavtodaryotrans” agentligi Xorazm viloyat hududiy boʻlimi mutaxassisi |
Tuman hokimining 2013-yil 28-fevraldagi 207-q-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Yuridik shaxslarga qarashli avtomototransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarning 2013-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish
GRAFIGI
| № | Korxona va tashkilotlar nomi | Transport vositasi soni | Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati | Texnik koʻrik oʻtkazish joyi | |
| 1-bosqich | 2-bosqich | ||||
| 1. | Bogʻot tuman taʼlim muassasalarini metodik taʼminlash va tashkil qilish boʻlimi | 5 | 02.03.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 2. | Bogʻot tuman hokimligi | 2 | 05.03.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 3. | Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Bogʻot boʻlimi | 13 | 07.03.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 4. | Davlat tijorat “Xalq bank” Bogʻot tuman boʻlimi | 1 | 09.03.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 5. | “Bogʻot Bobur kimyo” korxonasi | 7 | 13.03.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 6. | Tuman bandlikka koʻmaklashuvchi va aholini ijtimoiy himoya qilish markazi | 1 | 14.03.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 7. | Tuman elektr tarmoqlari | 1 | 15.03.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 8. | Bogʻot “Elegant plyas” xususiy korxonasi | 3 | 16.03.2013-y | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida | |
| 9. | “Bogʻot qishloq xoʻjalik” kasb-hunar kolleji | 6 | 18.03.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 10. | “Xiva” chet el korxonasi | 7 | 23.03.2013-y | 13.09.2013-y | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 11. | Tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi | 5 | 27.03.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 12. | Tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi | 6 | 29.03.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 13. | “Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasi “Bogʻottumangaz” filiali | 7 | 04.04.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 14. | “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik jamiyati Bogʻot boʻlimi | 8 | 06.04.2013-y | | “B�gʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 15. | “Bogʻot 282-son XKMK” masʼuliyati cheklangan jamiyati | 5 | 11.04.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 16. | Tuman tibbiyot birlashmasi | 14 | 15.04.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 17. | Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, “Toshsoqa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | 28 | 18.04.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 18. | “Bogʻot Don” ochiq aksiyadorlik jamiyati | 4 | 20.04.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 19. | “Bogʻotagroqurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati | 6 | 22.04.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 20. | “Bogʻot asal” fermer xoʻjaligi | 4 | 24.04.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 21. | Tuman ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi | 4 | 25.04.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 22. | “Mansur” fermer xoʻjaligi | 2 | 03.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 23. | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyati | 8 | 04.05.2013-y | 21.10.2013-y | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 24. | “Bogʻot sadosi” gazetasi | 1 | 05.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 25. | “Bogʻot paxta tozalash” ochiq turdagi hissadorlik jamiyati | 6 | 08.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 26. | Tuman veterinariya boʻlimi | 7 | 10.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 27. | “Bogʻot Ogoxiy” muqobil mashina-traktor parki | 1 | 12.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 28. | “Bogʻot Oʻzbekiston” muqobil mashina-traktor parki | 5 | 14.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 29. | “Bogʻot Turkiston” muqobil mashina-traktor parki | 3 | 15.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 30. | “Qorayontoq Xorazm” muqobil mashina-traktor parki DUK | 3 | 18.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 31. | “Bogʻot A. Navoiy” muqobil mashina-traktor parki | 5 | 23.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 32. | “Bogʻot Gʻalaba” muqobil mashina-traktor parki | 1 | 24.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 33. | “Bogʻot Toshkent” muqobil mashina-traktor parki | 1 | 25.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 34. | “Bogʻot Zarbdor” muqobil mashina-traktor parki | 4 | 25.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 35. | “Bogʻot I. Doʻsov” muqobil mashina-traktor parki | 5 | 27.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 36. | “Bogʻot M. Quvokov” muqobil mashina-traktor parki | 7 | 30.05.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 37. | “Tuproqqalʼaavtoxizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati | 21 | 31.05.2013-y | 01.10.2013-y | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 38. | Fermer xoʻjaliklari | 15 | 01-10.06.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 39. | Kichik va xususiy korxonalar | 201 | 01-10.06.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 40. | “UFQ” xususiy korxonasi | 3 | 04.06.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 41. | “Bogʻot dekarat” masʼuliyati cheklangan jamiyati | 2 | 06.06.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 42. | “Umidli chorva” masʼuliyati cheklangan jamiyati | 1 | 07.06.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |
| 43. | “Kottontex” masʼuliyati cheklangan jamiyati | 4 | 08.06.2013-y | | “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida |