Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2021 11.02.2013 yildagi 105-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomning 5-bandiga muvofiq 2013-yilda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish rejasi 1-ilovaga muvofiq, ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, bajarilishi korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Gurlan tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Y. Erimmetov)ga ilovada keltirilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari bilan tegishli shartnomalar tuzib, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tegishlicha korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan, mehnat faoliyatining vaqtincha turlariga muvofiq boʻlishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqarolarni har oy davomida kamida ikki hafta muddatga haq toʻlanadigan jamoat ishlari bilan taʼminlanishini hamda ular bilan ish beruvchi, qonun hujjatlariga muvofiq muddatli mehnat shartnomalarini tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasini tuzishda, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari, tuman hokimligiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha ellik foizi, ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi mablagʻlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Y. Erimmetov) bir hafta muddatda mazkur qarorni ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimining 2012-yil 25-yanvardagi “2012-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimligi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish majmuasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim v. v. b S. YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gurlan sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 11-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2013-yil 11-fevraldagi 105-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gurlan tumanida 2013-yilda ishsiz fuqarolarni jamoat ishlariga yuboriladigan korxona, tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RoʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

№‎‏

Jamoat ishlari tashkil qilinadigan korxonalar nomi‎‏

Ishsiz fuqarolarni haq toʻlanadigan ishlarga jalb qilish rejasi‎‏

Shu jumladan‎‎:

I-chorak‎

II-chorak‎

III-chorak‎

IV-chorak‎

1.‎ “Gurlan paxta tozalash” OAJ‎ 30‎ ‎ 15‎ 15‎ ‎
2.‎ Obodonlashtirish boshqarmasi‎ 10‎ ‎ 5‎ 5‎ ‎
3.‎ Madaniyat va istirohat bogʻi‎ 10‎ ‎ 5‎ 5‎ ‎
4.‎ “Gurlan pilla” MChJ‎ 25‎ ‎ 25‎ ‎ ‎
5.‎ “Gurlan kumush pilla” D/korx.‎ 20‎ ‎ 20‎ ‎ ‎
6.‎ Qurilish tashkilotlarida‎ 20‎ 10‎ 10‎ ‎ ‎
7.‎ Ferme� xoʻjaliklarida‎ 105‎ 20‎ 50‎ 25‎ 10‎
‎ Jami:‎ 220‎ 30‎ 130‎ 50‎ 10‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gurlan tumani hokimining 2013-yil 11-fevraldagi 105-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gurlan tumani Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga ish soʻrab murojaat qilgan, ishsizlik maqomi berilgan va ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolarni 2013-yil davomida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish boʻyicha Ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ S. Yusupov‎ Gurlan tumani hokimi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari‎
2.‎ Y. Erimmetov‎ Gurlan tumani bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari‎
3.‎ G. Qurbanov‎ Gurlan tumani iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi‎
4.‎ M. Ollamov‎ Gurlan tumani Moliya boʻlimi boshligʻi‎
5.‎ A. Yusupov‎ “Kamolot” YIH Gurlan tumani kengashi raisi v. b‎