Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2014 05.04.2013 yildagi 303-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2014
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati Shovot tumani Hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xorazm viloyati Shovot tumani hokimining 2014-yil 28-fevraldagi 211-sonli “Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq transport vositalarini 2013-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shovot tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori (I. Kurbanov) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda hamda texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik koʻrigi yilda bir marotaba ( 1-martdan 10-iyungacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joy soni 8 va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar yilda ikki marotaba (1-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga qarashli transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta( ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno) texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi ( mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2013-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, tuman ichki ishlar boʻlimi, qishloq fuqarolar yigʻini raislari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 5-maydagi 382-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2013-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari v.b O.Xolboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Q. QURYAZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 5-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot tumani hokimining 2013-yil 5-apreldagi 303-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini 2013-yilgi majburiy texnika koʻrigidan oʻtkazish komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Qurbanov ‎‎ — tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, komissiya raisi‎

‎‎AʼZOLARI:

T. Xolmirzayev

—‎

tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, komissiya kotibi‎
D. Navruzov‎ —‎ tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi v. v. b‎
B. Roʻzmetov‎ —‎ “Yoʻldosh Otajon” kichik korxonasi xodimi‎
U. Bobojonov‎ —‎ tuman Oʻzagrosugʻurta boʻlimi boshligʻi‎
Z. Safayev‎ —‎ tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi‎
M. Yaxshimuratova‎ —‎ tuman sanitariya-epidemiya nazorat markazi boshligʻi‎
M. Abdalova‎ —‎ “Shovot istiqboli” gazetasi muharriri‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot tumani hokimining 2013-yil 5-apreldagi 303-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot tumanidagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini 2013-yilgi majburiy texnik koʻrikka jalb qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Korxona va tashkilotlarning nomi‎

Avtomototransport soni‎

Manzili‎

Majburiy texnik koʻrik oʻtkaziladigan kun‎

Texnik koʻrik oʻtkaziladigan manzil‎

1.‎ Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar‎ 84‎ Tuman hududida‎ 04.03.2013-y.
‎15.03.2013-y.‎
Yoʻldosh Otajon k-k‎
2.‎ Xususiy firmalar‎ 71‎ Tuman hududida‎ 16.03.2013-y.
‎24.03.2013-y. ‎
Yoʻldosh Otajon k-k‎
3.‎ Xususiy korxonalar‎ 59‎ Tuman hududida‎‎ 25.03.2013-y.
‎31.03.2013-y. ‎
Yoʻldosh Otajon k-k‎
4.‎ Kichik korxonalar‎ 42‎ Tuman hududida‎‎ 01.04.2013-y.
‎10.04.2013-y. ‎
Yoʻldosh Otajon k-k‎
5.‎ Fermer xoʻjaliklari‎ 36‎ Tuman hududida‎‎ 11.04.2013-y.
‎18.04.2013-y. ‎
Yoʻldosh Otajon k-k‎
6.‎ Shovot tuman hokimligi‎ 2‎ Turkiston 47-uy‎ 19.04.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
7.‎ Moliya boʻlimi‎ 1‎ Turkiston 68-uy‎ 22.04.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
8.‎ Agrobank bank‎i 2‎ Zamaxshariy koʻcha‎si 23.04.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
9.‎ Xalq bank‎i 1‎ J. Manguberdi koʻchasi‎ 24.04.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
10.‎ Oʻzagrosugʻurta Shovot boʻlimi‎ 1‎ J. Manguberdi koʻcha‎si 25.04.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
11.‎ Shovot mehnat birja‎si 1‎ J. Manguberdi 12-uy‎ 26.04.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
12.‎ Urganch neft bazasi UK Shovot filiali‎ 12‎ Temir yoʻl stansiyasi‎ 27.04.2013-y.
‎17.11.2013-y. ‎
Yoʻldosh Otajon k-k‎
13.‎ Don mahsulotlari k-si‎ 3‎ Madaniyat koʻchasi‎ 01.05.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
14.‎ MPK-289 korxonasi‎ 7‎ St. Shovot‎ 02.05.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
15.‎ Shovot paxta tozalash z-d‎ 18‎ Zavodchilar koʻchasi‎ 03.05.2013-y.‎ Paxta tozalash zavodida
16.‎ Shovot YXTPTFDK‎ 9‎ Kumyap mahallasi‎ 06.04.2013-y.‎ Yoʻld�sh Otajon k-k‎
17.‎ Qishloqxoʻjalikkimyo Shovot filiali‎ 7‎ St. Shovot‎ 07.04.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
18.‎ Shovot Irrigatsiya qurilish MChJ‎ 2‎ St. Shovot‎ 08.04.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
19.‎ Bandlikka koʻmaklashuvchi markaz‎ 1‎ St. Shovot‎ 09.04.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
20.‎ Tuman veterinariya boʻlimi 2‎ Shirin pos‎ 10.05.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
21.‎ Dilshod gʻisht‎ 17‎ Qiyot qishlogʻi‎ 13.05.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
22.‎ Shovotteks qoʻshma korxonasi‎ 10‎ St. Shovot‎ 14.05.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
23.‎ R. S. Vatanparvar‎ 8‎ Zamaxshariy koʻchasi‎ 15.05.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
24.‎ Obodonlashtirish boshqarmasi‎ 4‎ Turkiston koʻchasi‎ 16.05.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
25.‎ Shovot TMK, SES‎ 14‎ K. Otaniyozov‎ 17.05.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
26.‎ Xalq taʼlimi boʻlimi‎ 4‎ Usta Sodiq 15-uy‎ 20.05.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
27.‎ Kongli MMTP‎ 5‎ Shu yerda‎ 21.05.2013-y.‎ MMTP avtosaroyida‎
28.‎ Ishtimoyat MMTP‎ 5‎ Shu yerda‎ 22.05.2013-y.‎ MMTP avtosaroyida‎
29.‎ Monok Boʻston MMTP‎ 5‎ Shu yerda‎ 23.05.2013-y.‎ MMTP avtosaroyida‎
30.‎ Boʻston Amirkum MMTP‎ 1‎ Shu yerda‎ 24.05.2013-y.‎ MMTP avtosaroyida‎
31.‎ Shovot tuman IIB YoXB‎ 4‎ Shu yerda‎ 27.05.2013-y.‎ MMTP avtosaroyida‎
32.‎ Shovot MMTP‎ 1‎ Xitoy qishlogʻi‎ 28.05.2013-y.‎ MMTP avtosaroyida‎
33.‎ O. Xidirov MMTP‎ 1‎ Xitoy qishlogʻi‎ 03.06.2013-y.‎ MMTP avtosaroyida‎
34.‎ K. Raximov muqobil MTP‎ 3‎ Shovot qalʼa qishlogʻi‎ 04.06.2013-y.‎ MMTP avtosaroyida‎
35.‎ Sohibkor muqobil MTP‎ 5‎ Beshmergan qishlogʻi‎ 05.06.2013-y.‎ MMTP avtosaroyida‎
36.‎ Beruniy muqobil MTP‎ 2‎ Kat qalʼa qishlogʻi 06.06.2013-y.‎ MMTP avtosaroyida‎
37.‎ K. Otaniyozov muqobil MTP‎ 3‎ Boʻyrachi qishlogʻi 07.06.2013-y.‎ MMTP avtosaroyida‎
38.‎ Maxtumquli muqobil MTP‎ 2‎ Oʻzbekiston qishlogʻi 10.06.2013-y.‎ MMTP avtosaroyida‎
39.‎ Shovot DAJ MTP‎ 7‎ Usta sodiq koʻchasi‎ 11.06.2013-y.‎ MMTP avtosaroyida‎
40.‎ Alyonishka kooperativ‎ 2‎ Zamaxshariy 12-uy‎ 12.06.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
41.‎ Shovot GAZ xoʻjaligi‎ 4‎ Kiyot qishlogʻi 13.06.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
42.‎ Belomotorservis oʻquv IChK‎ 6‎ Zamaxshariy koʻcha‎si 14.06.2013-y.‎ Yoʻldosh Otajon k-k‎
JAMI AVTOTRANSPORTLAR SONI‎ 501‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari har kuni Turkiston koʻchasi, 80-uyda joylashgan tuman IIB YXXG binosida, shanba va yakshanba kunlari “Yoʻldosh Otajon” yoʻlovchi tashuvchi uyushmasi avtosaroyida ertalabki 9-00 dan 16-00 ga qadar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
(“Shovot Istiqboli” gazetasi, 30.04.2013-y., 8-son)