12.09.2013 yildagi KQ-90-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi, “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8, 10 va 11-moddalariga muvofiq, shuningdek fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ular maslahatchilarining vakolat muddati 2013-yil noyabr-dekabrda tugashi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ular maslahatchilarining navbatdagi saylovini oʻtkazish muddati 2013-yil noyabr-dekabr oylari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boʻlajak saylovda 9756 nafar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va ularning 97 ming nafardan ziyod maslahatchisi saylanishi rejalashtirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2013-yil noyabr-dekabrda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga doir tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2013-yilning 1-oktabrigacha boʻlgan muddatda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, tuman va shahar hokimlariga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga koʻmaklashish, zarurat boʻlganda ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga oʻz saylov okruglarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga saylovni tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etishda faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalariga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzolari fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi oʻtkazilgan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirsin hamda 2014-yil 15-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga saylov yakunlari toʻgʻrisida axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 12-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-90-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 12-sentabrdagi KQ–90–II-sonli Qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil noyabr-dekabrda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Tayyorgarlik bosqichi (saylovni oʻtkazishni normativ va uslubiy jihatdan taʼminlash, saylov jarayoni

ishtirokchilariga saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy qoidalarini tushuntirish)

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorini OAVda eʼlon qilish, ushbu masala boʻyicha jurnalistlar uchun brifing uyushtirish.

2013-yil

20-sentabrgacha

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni (bundan buyon matnda Senat Devoni deb yuritiladi), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

2.

Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini samarali tashkil etish hamda oʻtkazish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyat boʻlinmalari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari va OAVning vakillari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasining (bundan buyon matnda Senat Kengashi komissiyasi deb yuritiladi) kengaytirilgan majlisini oʻtkazish.

2013-yil

24-sentabrgacha

Senat Kengashi komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati

3.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari boʻyicha majlislarini (sessiyalarini) oʻtkazish va qarorlarini qabul qilish, ularni eʼlon qilish.

2013-yil

1-oktabrgacha

Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senat Devoni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari, OAV

4.

Markaziy va mahalliy matbuotda, radio hamda televideniyeda Senat aʼzolari, yetakchi olimlar, ekspertlar va amaliyotchilarning chiqishlarini tashkil qilib (alohida rejaga muvofiq), fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirokida seminarlar oʻtkazib va maqolalar chop etib, ularda quyidagi masalalarni tushuntirish:

— “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining asosiy qoidalarini;

— fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga doir asosiy vazifalarni;

— saylovni oʻtkazish tartibidan fuqarolarni keng xabardor qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini.

2013-yil

sentabr — dekabr

Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senat Devoni, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Mahalla” fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston �otin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati

5.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari bilan (alohida rejaga muvofiq) quyidagi masalalar yuzasidan seminar-treninglar oʻtkazish:

— saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish;

— komissiyalar va ishchi guruhlar tuzish, shuningdek ularning ishini tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish.

2013-yil

oktabr

Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti


6.

Quyidagilarni nashr etish hamda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarga va fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarga joʻnatish:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining , “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari matnlaridan iborat risolalar;

fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish prinsiplarini ochib berishga, mahalla faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan axborot yoʻsinidagi risolalar va kitoblar.

2013-yil

sentabr-oktabr

Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, “Mahalla” fondi

II. Asosiy bosqich (fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari
saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha komissiyalar hamda ishchi guruhlarni tuzish, nomzodlarni

koʻrsatish, fuqarolar yigʻinini (vakillar yigʻilishini) chaqirish va saylovni oʻtkazish)

7.

Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalarini tuzish (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi).

(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi)

2013-yil

1-oktabrgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari

8.

Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarni tuzish (bundan buyon matnda ishchi guruhlar deb yuritiladi).

(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi)

2013-yil

10-oktabrgacha

Shaharchalar, qishloqlar, ovullarning hamda shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarning fuqarolar yigʻinlari

9.

Komissiyalar va ishchi guruhlar aʼzolari, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida saylov qonunchiligiga rioya etish, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir ishlarni tashkil etish masalalari boʻyicha respublika hamda mintaqaviy seminarlar tashkil etish va oʻtkazish.

2013-yil

25-oktabrgacha

Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari

10.

Hovlilar, uylar, koʻchalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi normasini belgilash.

Hovlilar, uylar, koʻchalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi boʻyicha umumiy yigʻilishlarini tashkil etish va oʻtkazish.

(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13 va 15-moddalari)

2013-yil

25-oktabrgacha

Komissiyalar, ishchi guruhlar

11.

Tuman va shaharlardagi fuqarolar yigʻinlarida saylovni tashkil etish hamda oʻtkazish jadvallarini tayyorlash.

2013-yil

25-oktabrgacha

Komissiyalar

12.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish.

(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 16 va 19-moddalari)

saylovdan

kamida oʻn kun

oldin

Ishchi guruhlar

13.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli komissiyaga taqdim etish.

(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi)

saylovdan

kamida

oʻn kun oldin

Ishchi guruhlar

14.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga koʻrsatilgan nomzodlarning hujjatlarini koʻrib chiqish va keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun ushbu nomzodlar boʻyicha xulosalarni komissiyalarga yuborish.

(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi)

saylovdan

kamida

yetti kun oldin

Tumanlar, shaharlar hokimlari

15.

Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash hamda bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qilish.

(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasi)

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar haqidagi axborotni fuqarolar yigʻini binosiga va guzarlarga osib qoʻyish.

(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi)

fuqarolar

yigʻini

(fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkazilishidan

kamida besh kun

oldin

Ishchi guruhlar

16.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish.

(“Fuqarolar yigʻini raisi (�qsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi)

alohida

jadvalga

muvofiq

Ishchi guruhlar

17.

Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari takroriy saylovini oʻtkazish.

(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi)

saylov oʻtkazilgan kundan boshlab bir oylik muddatda

Ishchi guruhlar

III. Yakunlovchi bosqich (saylov yakunlarini chiqarish, saylovni tashkil etish hamda oʻtkazish
jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar va mulohazalarni umumlashtirish)

18.

Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining borishi toʻgʻrisida Senat Kengashining Komissiyasiga axborot taqdim etish, shuningdek fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar va mulohazalarni umumlashtirish.

har oʻn

kunlikda

Komissiyalar

19.

Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining yakunlarini chiqarish hamda ularni yuqori turuvchi komissiyaga taqdim etish.

(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 26-moddasi)

2014-yil

5-yanvargacha

Komissiyalar

20.

Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini umumlashtirish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish.

2014-yil

10-yanvargacha

Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

21.

Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.

2014-yil

18-yanvargacha

Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senatning Matbuot xizmati, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

22.

Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari boʻyicha jurnalistlar uchun brifing tashkil etish.

2014-yil

18-yanvargacha

Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senatning Matbuot xizmati, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

IV. Fuqarolar yigʻinlarining organlarini shakllantirish (fuqarolar yigʻinlari
kengashlarini shakllantirish, fuqarolar yigʻinlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
boʻyicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylash)

23.

Fuqarolar yigʻinlari kengashini shakllantirish, fuqarolar yigʻinlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni, shuningdek fuqarolar yigʻinlari taftish komissiyasini saylash.

(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 32-moddasi)

saylov oʻtkazilgan kundan boshlab bir oylik muddatda

Komissiyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shaharchalar, qishloqlar, ovullarning va shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarning fuqarolar yigʻinlari

24.

Yangi saylangan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari uchun qonun hujjatlarining fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soladigan asosiy qoidalarini yetkazish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilashda mahallaning roli va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha seminarlar tashkil etish.

alohida

jadvalga

muvofiq

Senat Kengashi komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi

25.

Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarni arxivga topshirish.

(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi)

saylovdan

keyin bir oy

muddatda

Komissiyalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 12-sentabrdagi KQ–90–II-sonli Qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T A R K I B I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎

Komissiya raisi‎‎

‎ ‎ ‎
Sobirov Ilgizar Matyokubovich ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi
‎

Komissiya raisining oʻrinbosarlari

‎ ‎
Ikramov Adxam Ilxamovich‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (kelishuvga koʻra)‎
Artikova Svetlana Baymirzayevna‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi
‎
‎

Komissiya aʼzolari‎‎
‎

Ahmedov Anvar Akmalovich‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi
Boqiboyev Erkin Joʻrayevich ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi
Roʻzmetov Erkin‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator
Saidov Akmal Xolmatovich ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi (kelishuvga koʻra)
Boboyev Abdurahmon Boboyevich ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining Nazorat-axborot boʻlimi mudiri
Saliyev Olim Adilovich‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni sektori mudiri (kelishuvga koʻra)
Ikramov Muzraf Mubarakxoʻjayevich‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Xoʻjayev Alisher Joʻraqulovich‎ —‎‎ Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
Salixov Erkin Tagirovich‎ —‎‎ Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori (kelishuvga koʻra)
Marufova Gulnora Maxmudovna‎ —‎ Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Gʻaniyev Bahodir Muxtorovich‎ —‎‎ Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati raisi ‎
Hazratqulov Mamatqul‎ —‎‎ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori‎
Norboyeva Tanzila Kamolovna‎ —‎‎ Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi ‎
Mirzayev Gʻulom Abdirayimovich‎ —‎‎ Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 9 -son, 260-modda)