1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2013-yil 20-avgustdagi 229-son qarori)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin hamda ular 2014-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi ikki oy muddatda :
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmita tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning maqsadlarini, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng yoritish tadbirlari tashkil etilishini va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“muhandislik taʼminoti yuklamalarini oʻzgartirmasdan obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlarni, shu jumladan muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz bilan taʼminlash, energiya bilan taʼminlash, suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, issiqlik bilan taʼminlash, telefon aloqasi) ulanish uchun texnik shartlarni vakolatli organlarda va foydalanish tashkilotlarida rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun turar joy binolarini noturar joy toifasiga oʻtkazishni oʻz vaqtida rasmiylashtirish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishishlar tartibi va muddatlarini belgilaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, turar joy binolarini noturar joylar toifasiga oʻtkazish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish (fasadni taʼmirlash) uchun zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlarni vakolatli organlarda va foydalanish tashkilotlarida rasmiylashtirish tadbirkorlik subyekti yoki uning muassisining arizasiga koʻra Inspeksiya tomonidan taʼminlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 10-banddagi “obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish” soʻzlari “obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstuksiya qilishga ruxsat berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 25-bandning birinchi xatboshidagi “obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun zarur boʻlgan” soʻzlari “obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstuksiya qilish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishish uchun zarur boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quyidagi mazmundagi 261-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“261. Obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishda, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishda (fasadini taʼmirlashda), yuklamalari hajmlarini oʻzgartirmasdan turar joylarni noturar joylar toifasiga oʻtkazishda ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishda, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishda (fasadini taʼmirlashda), yuklamalari hajmlarini oʻzgartirmasdan yoki oʻzgartirib turar joylarni noturar joylar toifasiga oʻtkazishda ariza beruvchi tomonidan qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik normalari va qoidalariga majburiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishda, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish (fasadini taʼmirlash), turar joylarni qurilish loyihasida yoki fasad eskizida koʻrsatilgan noturar joylar toifasiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklamalarini oʻzgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joylarni noturar joylar toifasiga oʻtkazishda quyidagilar qoʻshimcha ruxsat berish talablari va shartlariga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonaning turar joy binosining albatta pastki qavatida joylashgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyning maqsadli yoʻnalishdagi kommunal uy-joy fondiga kirmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida kirish joyi qurish imkoniyatining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyning avariya holatida emasligi yoki noturar joy toifasiga oʻtkazish uchun yaroqsiz boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizo sud tartibida hal etilgungacha — turar joyning sudda koʻrib chiqish predmeti emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noturar joylarni turar joylar toifasiga qayta ixtisoslashtirishda quyidagilar qoʻshimcha ruxsat berish talablari va shartlariga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarning konstruksiyasiga ularning bardoshliligi kamayishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xona binoning yertoʻlasida yoki yarim yertoʻlasida joylashmagan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonani toʻgʻridan-toʻgʻri boshidan oxirigacha yoki burchagidan shamollatishni tashkil etish imkoniyatining mavjudligi, shuningdek qoʻshni turar joy yoki noturar joylardan toʻliq izolatsiyalangan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ixtisoslashtirilayotgan xonalar shiftining (maksimum, minimum) balandligi shaharsozlik hamda sanitariya-gigiyena normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur sanitariya-texnik va gigiyena sharoitlari yaratish uchun xonalarni moslashtirish imkoniyatining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xona muhandislik va transport kommunikatsiyalarining, irrigatsiya inshootlarining, daryo va suv havzalarining, ishlab chiqarish korxonalarining, qabristonlarning qoʻriqlanadigan zonalarida, qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlov berish uchun zaharli ximikatlarni qoʻllash zonalarida joylashmagan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xona turar joylarni joylashtirish nazarda tutilmagan zonalarda joylashmagan boʻlishi kerak, (ushbu zonalar aholi punktining bosh rejasida yoki qishloq (ovul) fuqarolar yigʻini hududining arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasida belgilanmagan boʻlsa). Shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda koʻrib chiqilayotgan aholi punkti hududini zonalashtirish tegishli bosh loyihalash tashkilotlari tomonidan ular bilan qurilish uchun yer uchastkalarini tanlashni kelishish uchun belgilangan tartibda va muddatlarda aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoni hal etish tugagungacha — xona sudda koʻrib chiqish predmeti boʻlmasligi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“B. Obyektlarni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“40. Muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalar hajmlarini oʻzgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish (fasadini taʼmirlash) uchun ariza beruvchi ushbu Nizomga 1 yoki 1a-ilovalarga asosan shakl boʻyicha Inspeksiyaga ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalar hajmlarini oʻzgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma olish uchun arizaga mavjud obyektning kadastr hujjatlari va loyiha hujjatlari (mavjud boʻlganda) nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noturar joy turar joyga qayta ixtisoslashtirilgan hollarda arizaga ariza beruvchining noturar joyga mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishish uchun arizaga kamida 30x40 sm. hajmli qogʻozda chizilgan fasadning eskiz loyihasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya ariza olingan kundan boshlab bir kundan kechikmay tegishli buyurtmanomani va mavjud obyekt boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasiga (boʻlimiga) yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) quyidagi mazmundagi 401-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“401. Obyektni qayta ixtisoslashtirish deyilganda obyektning belgilangan maqsadi oʻzgartirilishi, shu jumladan xonalarni (binolarni) uning normativ-texnik yoki loyiha hujjatlarida ilgari nazarda tutilmagan faoliyat turi uchun, muhandislik taʼminoti uchun yuklamalar hajmlarini oʻzgartirmasdan qayta jihozlash, shu jumladan noturar joyni turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektni rekonstruksiya qilish deganda obyektning balandligi, qavatlarining soni, maydoni, hajmi parametrlarini oʻzgartirish, shu jumladan obyektga qoʻshimcha qurish, uni qayta qurish, kengaytirish, shuningdek muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalar hajmlarini oʻzgartirmasdan asosiy qurilish konstruksiyalarini almashtirish va (yoki) tiklash tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshoot fasadini oʻzgartirish deyilganda asosiy va yon fasadlari arxitekturaviy elementlarining (tsokoli, quyoshdan himoyalash elementlari, pilyastrlar, parapetlar, ustunlar, karnizlar va shu kabilarning) rangi va konfiguratsiyasi va oʻlchamlarini oʻzgartirish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt shahar va tuman ahamiyatiga ega boʻlgan magistral koʻchalar (aholi punktlari doirasidagi), xalqaro, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari, boʻylab joylashgan hollarda fasadni oʻzgartirishga ruxsatnoma talab qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) besh kun mobaynida muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalar hajmlarini oʻzgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish (fasadini taʼmirlash) imkoniyatini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalar hajmlarini oʻzgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish (fasadini taʼmirlash) imkoniyati, obyektlardan foydalanish maqsadidan, aholi punktining bosh rejasida yoki qishloq (ovul) fuqarolar yigʻini hududining arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasida nazarda tutilgan tegishli aholi punkti tegishli hududini zonalashtirish va rivojlantirish istiqbolidan kelib chiqqan holda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan aniqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) quyidagi mazmundagi 411-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“411. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalar hajmlarini oʻzgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, shuningdek bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishish uchun mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda, ushbu Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan muddat doirasida obyektni oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektni oʻrganish butun binoni, xonani, inshootni yoki ularning bir qismini hamda ularga birkitilgan yer uchastkasini, tutash hududni va yaqin atrofdagi binolarni, inshootlarni (zarurat boʻlganda maxsus anjomlar va instrumentlardan foydalangan holda) koʻzdan kechirishdan iborat boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“42. Muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalar hajmlarini oʻzgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishish mumkin boʻlgan taqdirda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) koʻrsatilgan muddatda Inspeksiyaga tegishli ruxsatnomani yuboradi. Obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishga tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) ruxsatnomasining nusxasi Inspeksiya tomonidan bir kun mobaynida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xoʻjalik hisobidagi xizmatiga (keyingi oʻrinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy xizmatlari deb ataladi) yuboriladi. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy xizmatlari bir kun muddatda, belgilangan tartibda uni roʻyxatdan oʻtkazadi (kadastr yigʻmajildiga oʻzgartirish kiritadi) va tegishli guvohnoma beradi, u Inspeksiyaga taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) quyidagi mazmundagi 421-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“421. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) ushbu Nizomga 8 va 9-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishishga amal qilish muddati cheklanmagan ruxsatnoma beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) 43 va 44-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“43. Noturar joylar (yoki ularning bir qismi) koʻp kvartirali turar joy yoki yotoqxona sifatida foydalaniladigan turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirilgan hollarda noturar joyni (uning bir qismini) turar joyga qayta ixtisoslashtirishga tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning ruxsatnomasida, qoʻshni binolardan yongʻinga qarshi va sanitariya masofalarini, kirib kelish yoʻllari, trotuarlar, avtomobillar toʻxtab turish joyi, sport va bolalar maydonchalari, axlat yigʻgichlar va yuvilgan kiyimlarni quritish uchun maydonchalar joylashtirilishini hisobga olgan holda, koʻp kvartirali turar joyga yoki yotoqxonaga xizmat koʻrsatish uchun yer uchastkasi maydoni koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noturar joylar (yoki ularning bir qismi) yakka tartibdagi turar joy sifatida foydalaniladigan turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirilgan hollarda noturar joyni (uning bir qismini) turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirishga tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning ruxsatnomasida yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida mulkdorga (fuqaroga) birkitiladigan (umrbod meros qilib qoldiriladigan) yer uchastkasi maydoni koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joyga (koʻp kvartirali turar joyga, yotoqxonaga, yakka tartibdagi uy-joyga) xizmat koʻrsatish uchun birkitilgan yer uchastkasining qolgan maydoni turar joyga aylantirilayotgan noturar joyning kadastr yigʻmajildida koʻrsatilgan maqsadlarda, shuningdek qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun mulkdorda qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning noturar joyni turar joyga qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi ruxsatnomasi nusxasi xonaning mulkdori tomonidan uch kun mobaynida tegishli soliq organlariga, kommunal xizmatlarga va foydalanuvchi tashkilotlarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishishga (fasadini taʼmirlashga) ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma, rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qaytadan koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda Inspeksiyaga yozma shaklda yuboriladi. Ariza beruvchi sabablarni bartaraf etishga va hujjatlarni qaytadan koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsat berishning, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) kelishishning rad etilishi toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas. Inspeksiya tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishda ruxsat berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishda (fasadini taʼmirlashda) kelishishga rad etilishining asosliligi oʻrganiladi. Rad etishning asossizligi aniqlangan taqdirda Inspeksiya hujjatlarni arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga qaytaradi, u ruxsatnomani rasmiylashtirish masalasini ikki kun mobaynida hal etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish asoslangan taqdirda Inspeksiya rad etish kunidan keyingi kundan kechikmay ariza beruvchiga ushbu bandning birinchi xatboshida koʻzda tutilgan rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani yuboradi (taqdim etadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qaytadan koʻrib chiqishda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan Inspeksiya orqali ariza beruvchiga yozma shaklda ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablarining koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarining koʻrsatib oʻtilishi bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) quyidagi mazmundagi 441—444-bandlar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“441. Obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashga) kelishish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashga) kelishish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining belgilangan talablarga va ushbu Nizomning 261-bandida nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda nohaqiqiy yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 411-bandiga muvofiq oʻtkaziladigan obyektni oʻrganishlar yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablari boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
442. Obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qaytadan koʻrib chiqish, obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish (fasadini taʼmirlashga) yoki ularni berishni rad etish Inspeksiya orqali tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan ariza beruvchining rad etish sabablarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi arizasi hamda rad etish sabablarining bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
443. Ariza beruvchi tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) kelishishni rad etish toʻgʻrisidagi yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi hamda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
444. Ariza beruvchi obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) kelishishning rad etilishi, shuningdek tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“45. Agar tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) kelishish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish belgilangan muddat mobaynida ariza beruvchiga Inspeksiya orqali obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) kelishishga imkon bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu Nizomda nazarda tutilgan muddatlar oʻtgach ariza beruvchi sodir etish va (yoki) amalga oshirish uchun u obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) kelishishni moʻljallagan muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. Ushbu faoliyatni u Inspeksiya orqali tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ni yozma shaklda xabardor qilgandan keyin amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan holatda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) ariza beruvchining Inspeksiya orqali yozma xabarnomasi olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida unga obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) kelishish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) kelishib olingungacha, qabul qilingan sanasi koʻrsatilgan holda taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati hamda ariza beruvchi tomonidan Inspeksiya orqali tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga yuborilgan yozma xabarnoma obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) beriladigan kelishishga tenglashtiriladi va bunday harakatni va (yoki) bunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“48. Inspeksiya turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish yuzasidan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun tuman (shahar) hokimligiga beradi, u yetti kun muddatda Inspeksiyaga tuman (shahar) hokimining tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) bilan kelishilgan tegishli qarorini beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) quyidagi 481—4812-bandlar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“481. Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish mumkin boʻlmagan taqdirda tuman (shahar) hokimligi Inspeksiyaga rad etishni asoslagan va qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabar qiladi. Inspeksiya tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berish rad etilganligining asoslanganligini oʻrganiladi. Rad etishning asoslanmaganligi aniqlangan taqdirda Inspeksiya hujjatlarni tuman (shahar) hokimligiga qaytarishga haqlidir, hokimlik turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berish masalasini ikki kun mobaynida hal etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga buyurtmanomani takroran koʻrib chiqishda mazkur ruxsatnomani berishda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha qarorni berishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
482. Ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda ariza beruvchiga yuboriladi (taqdim etiladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
483. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 47-bandidagi talablarga rioya etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining ushbu Nizomning 261-bandida nazarda tutilgan ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror berishning boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sabablari boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
484. Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga belgilangan muddatda ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos hisoblangan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish haqida qaror qabul qilishning yoki qaror qabul qilishning rad etilishi tuman (shahar) hokimligi tomonidan ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
485. Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga tuman (shahar) hokimligi qarorini berishning rad etilganligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi va tuman (shahar) hokimligi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
486. Ariza beruvchi turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga tuman (shahar) hokimligining qarorini berishning rad etilishi, shuningdek tuman (shahar) hokimligi mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
487. Agar tuman (shahar) hokimligi turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish haqidagi qarorni Inspeksiya orqali ariza beruvchiga bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda koʻrsatib oʻtilgan muddatlar tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi bu haqda Inspeksiya orqali tuman (shahar) hokimligini yozma ravishda xabardor qilib, ruxsat etish xususiyatga ega hujjatni olish uchun oʻzi sodir etmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi boʻlgan xatti-harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
488. Ushbu Nizomning 487-bandida nazarda tutilgan holatda tuman (shahar) hokimligi tadbirkorlik subyektining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berishga majbur. Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati, ular qabul qilingan sana qayd etilgan va Inspeksiya orqali tuman (shahar) hokimligiga ariza beruvchi tomonidan yuborilgan yozma xabarnoma bilan birgalikda turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berishga tenglashtiriladi va u ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun oʻzi sodir etmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi boʻlgan muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
489. Tuman (shahar) hokimligi amal qilish muddati cheklanmagan holda turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4810. Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4811. Inspeksiya tomonidan taqdim etilgan tuman (shahar) hokimining turar joyni (yoki uning bir qismini) noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori asosida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmati tomonidan bir ish kuni mobaynida, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshiriladi (kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi) va Inspeksiya orqali tegishli guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4812. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmati tomonidan roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi, jismoniy shaxslardan esa — 10 foizi miqdorida toʻlov undiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Noturar joy toifasiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan bino uchun ishlab chiqilgan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tariflar boʻyicha aniqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“493. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) ushbu Nizomning 492-bandida nazarda tutilgan hujjatlar Inspeksiya tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab olti kundan oshmaydigan muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari orqali arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (I va II qismlar) ishlab chiqilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqishga (I va II qismlar) tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)da vakolatlar mavjud boʻlgan taqdirda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining buyrugʻi bilan beriladi) arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish (I va II qismlar) bevosita tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning oʻzi tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“obyektni qayta ixtisoslashtirish yoki rekonstruksiya qilish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish (fasadini taʼmirlash) uchun ruxsatnoma, shuningdek “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmati tomonidan berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidan “yoki noturar joyni turar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ch) quyidagi mazmundagi IV1 va IV2 boʻlimlar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IV1. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) ruxsatnomaning, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorning dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
551. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga ruxsatnoma, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoʻqolgan yoki buzilgan taqdirda tadbirkorlik subyektining arizasiga koʻra ularning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimligi, tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlash) ruxsatnoma, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror dublikatini ariza olingan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda berishga, shuningdek ruxsatnoma yoki qaror yaroqsiz holga kelgan taqdirda ularning asl nusxasi va nusxasini berishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
552. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) ruxsatnoma, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror dublikati berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV2. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) ruxsatnomaning, tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorining amal qilishini toʻxtatish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
553. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) ruxsatnomaning, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorning amal qilishini toʻxtatish va bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
554. Ruxsat beruvchi hujjatlarda berilgan xatti-harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilishi yoxud bunday zarar yetkazishning real xavfi tugʻilishi ruxsat beruvchi xatti-harakatni belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻluvchi ruxsat beruvchi talablar va shartlar bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga tegishlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“58. Loyihalash tartibotlari loyihalash tashkiloti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq “bir oyna” tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ishlab turgan muhandislik kommunikatsiyalariga ulashga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“rekonstruksiya qilish uchun” soʻzlari “qayta ixtisoslashtirish va rekonstuksiya qilish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish (fasadini taʼmirlash) uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“rekonstruksiya qilish maqsadi koʻrsatilsin” soʻzlari “qayta ixtisoslashtirish va rekonstuksiya qilish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish (fasadini taʼmirlash) maqsadi koʻrsatilsin” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya1) 5a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish (fasadini taʼmirlash) uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ariza beruvchining obyektni rekonstruksiya qilish uchun arizasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inspeksiyaning tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish imkoniyatini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish (fasadini taʼmirlash)ni kelishish buyurtmanomasi yoki asoslangan tarzda rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish (fasadini taʼmirlash) yuzasidan ruxsatnomasini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmatida roʻyxatdan oʻtkazish (kadastr hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish) va tegishli guvohnomani berish. Guvohnomani Inspeksiyaga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ariza beruvchiga quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish yuzasidan ruxsatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmatining roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi ilova qilingan ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya2) 5b-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ariza beruvchining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inspeksiyaning tuman (shahar) hokimligiga buyurtmanomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimlik tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish imkoniyatini tahlil qilish. Tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorini Inspeksiyaga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmatida roʻyxatdan oʻtkazish va tegishli guvohnomani berish. Guvohnomani Inspeksiyaga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4*. Muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalar hajmining oʻzgarishi sababli binoning parametrlari oʻzgargan taqdirda Inspeksiya tomonidan foydalanuvchi tashkilotlarga hokimning turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish uchun muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalarning hisoblangan hajmlarini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanuvchi tashkilotlardan texnik shartlarni olish. Umumiy muddati 3 kun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga hokimning turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorini hamda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)dan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchiga quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (shu jumladan, texnik shartlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimning turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tegishli hududiy xizmatining roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi ilova qilingan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya3) quyidagi mazmundagi 8, 9 va 10-ilovalar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI
_______________ shahri (tumani) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)
Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ___________________ da berilgan ____-son RUXSATNOMA
(manzil (pochta manzili), bank rekvizitlari va jismoniy shaxsning pasportiga oid maʼlumotlar koʻrsatilgan holda yuridik shaxsning nomi va jismoniy shaxsning F.I.O.)
_____________________________________________________________ ga ______________________________________________________________
(ishlar turlari va obyektning nomi koʻrsatiladi)
_____________________________________________________bajarish uchun berildi
____________ shahri (tumani) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi
_____________________________________
(imzo, F.I.O.)
��
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI
_______________ shahri (tumani) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)
Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadini taʼmirlashga) ___________________ da berilgan ____-son RUXSATNOMA
(manzil (pochta manzili), bank rekvizitlari va jismoniy shaxsning pasportiga oid maʼlumotlar koʻrsatilgan holda yuridik shaxsning nomi va jismoniy shaxsning F.I.O.)
_____________________________________________________________ ga ______________________________________________________________
(ishlar turlari va obyektning nomi koʻrsatiladi)
_____________________________________________________bajarish uchun berildi
____________ shahri (tumani) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi
_____________________________________
(imzo, F.I.O.)
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
___________________ tumani (shahri) hokimining QARORI
20____ yil _________________
№________
_______________ shahri
Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisida
(yuridik shaxsning nomi, jismoniy shaxsning F.I.O)
_________________________ manzilida joylashgan turar joy binosini noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasini va obyektning kadastr hujjatlarini koʻrib chiqib, qaror qilaman:
(pochta manzili koʻrsatilgan holda yuridik shaxsning nomi va jismoniy shaxsning F.I.O.)
mulkida boʻlgan _____ kv. metr turar joy binosi ushbu qarorga ilova qilinadigan binoning kadastr rejasida koʻrsatilgan chegaralarda _____________________________
________________________________________________________________sifatida foydalanish uchun noturar joy toifasiga oʻtkazilsin.
2. Binoning parametrlari va muhandislik kommunikatsiyalari yuklamalari oʻzgargan taqdirda ______________________________________________________________ga
(yuridik shaxsning nomi, fuqaroning F.I.O.)
arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini va qurilish ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni taʼminlash va binodan qatʼiy maqsadli foydalanish majburiyati yuklansin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish hokimning birinchi oʻrinbosari ____________________________________ zimmasiga yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 40-son, 520-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 45-son, 587-modda; 2015-y., 40-son, 520-modda)