11.06.2013 yildagi 183-q-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navoiy viloyati Uchquduq tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini majburiy texnik koʻrigini tashkil etish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori hamda tumandagi xalq xoʻjaligi tarmoqlari, shirkat va fermer xoʻjaliklari, korxona va tashkilotlar, kichik korxonalar, xususiy firmalar va fuqarolarga tegishli boʻlgan transport vositalari sonini aniqlash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, transport vositalarida sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlarni oldini olish va atrof muhitni tozaligini saqlash maqsadida hamda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2013-yil 6-iyunda 05/1413-sonli xat bilan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha xulosasini inobatga olib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman ichki ishlar boʻlimi (I. Sherov), tuman mudofaa ishlari boʻlimi (I. Jumaniyozov) larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat asosida yoʻlovchilar uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylari soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrindigʻidan tashqari) odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashuvchi maxsus transport vositalari, traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalari texnik koʻrigini birinchi marta 2013-yil 11-iyundan 30-iyungacha, ikkinchi marotaba 2013-yil 1-sentabrdan 31-oktabrgacha boʻlgan muddatlarda oʻtkazilishini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumanda transport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman Ichki ishlar boʻlimi YXXG (S. Bekmurodov)ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida transport vositalarining texnik holatini tekshirish OʼzDSt 1057-2004 va OʼzDSt 1058-2004 davlat standartlari talablari asosida hamda transport vositalarining sugʻurtalanganligi va ularga oʻrnatilgan gaz balonlarini sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar taqdim etilgandan soʻng amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xizmat koʻrsatish stansiyalaridagi oʻlchov va sinov vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida” gi Qonun talablari asosida qiyoslashdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikni sifatli oʻtkazish maqsadida koʻchma sinov laboratoriyasi ishlashini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilayotgan avtobus va mikroavtobuslarning texnik holatini nazorat oʻlchov asboblari yordamida tekshirish amaliyoti diagnostika va texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari yoki texnik jihozlarga ega boʻlgan yirik avtokorxonalarda yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, texnik koʻrikdan oʻtgan har bir transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman Shimoliy Kon boshqarmasi (Y. Zolotaryov) hamda korxona va tashkilot rahbarlari zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik majburiy texnik koʻrikni sifatli va oʻz muddatlarida oʻtkazish uchun malakali xodim bilan taʼminlash (oylik maoshi saqlangan holda) choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrik jarayonida aholiga yengillik yaratish maqsadida YXXG, sugʻurta xizmati bilan birgalikda texnik koʻrikni aholi tigʻiz joylashgan punktlariga tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy transport vositalarining texnik koʻrigi jadvalini belgilashda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida dam olish kunlaridan toʻliq foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat transport vositalarini belgilangan jadval asosida texnik koʻrikdan oʻtkazishda tegishli toʻlovlarning birinchi navbatda undirilishini nazorat ostiga olish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik shaxslarning hisobida turgan transport vositalarining soz holda boʻlishiga shaxsan rahbarlar masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin va yigʻilishlarida texnik koʻrik komissiyasining yillik texnik koʻrikka tayyorgarlik koʻrish natijalari boʻyicha hisobotlarini har chorak yakunida tinglanib, har chorak yakuni bilan tadbir natijalari boʻyicha maʼlumotlar keyingi oyning 5-sanasiga qadar tuman hokimligiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman IIB (I. Sherov)ga mazkur qarorning ijrosi yuzasidan 2013-yil 10-noyabrga qadar tuman hokimligiga axborot taqdim etish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Qaxxorov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim M. YORMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchquduq t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183-q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2013-yil 11-iyundagi 183-q-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda transport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuzilgan ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ S. Bekmurodov‎ tuman IIB YXXG katta noziri, ishchi guruh rahbari‎
2.‎ B. Beknazarova‎ tuman “Oʻzagrosugʻurta” boʻlimi bosh menedjeri, ishchi guruhi aʼzosi‎
3.‎ Sh. Ochilov‎ Shimoliy Kon boshqarmasi, UAT korxonasi malakali mutaxassisi‎
4.‎ G. Yusupova‎ tuman Mudofaa ishlari boʻlimida texnika hisobini yurituvchi xodim‎
5.‎ ‎ barcha shirkat xoʻjaligi, korxona va tashkilotlar bosh muhandislari, ishchi guruhi aʼzolari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2013-yil 11-iyundagi 183-q-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchquduq tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2013-yil uchun yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

t/r‎

Tashkilotlar nomi‎

Texnik koʻrik oʻtkaziladigan kun va vaqti‎

Koʻrikka taqdim etiladigan transportlar soni‎

Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy va bajaruvchi xodimlar‎

Masʼul xodimlar‎

1.‎ ShKB-ga qarashli 1-sonli avtokorxona‎ 11.06.13 — 17.06.13 y.
‎18.06.13 — 23.06.13‎ y.
30 — 40 tadan‎ 1-sonli avtokorxona B. Razzoqov‎ K. Ergashev‎
2.‎ ShKB-ga qarashli UAT korxonasi‎ 11.06.13 — 22.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ ATB-2 Avtokorxonasi B. Axunov‎ V. Zubankov‎
3.‎ NKMK IIM-ga qarashli “Kokpatas” DKE DK‎ 11.06.13 — 12.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ “Kokpatas” DKE DK avtokorxonasi‎ T. Shukurov‎
4.‎ Tuman YXPTFK DK‎ 12.06.13 — 13.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ tuman YXPTFK avtokorxonasida‎ O. Ramazonov‎
5.‎ “Vatanparvar” tashkiloti‎ 12.06.13 — 13.06.13‎ y. jami transport vositalari‎ “Vatanparvar” avtogarajida‎ tashkilot rahbari‎
6.‎ NKMK IIMga qarashli “Bukantau” DKE DK‎ 13.06.13 — 14.06.13‎ y. jami transport vositalari‎ “Bukantau” GKE DK N. Boymatov‎ N. Toshbatirov‎
7.‎ “Uchquduq savdo” a/jamiyati‎ 14.06.13 — 15.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ “Uchquduq savdo” avtogarajida‎ Q. Dinbayev‎
8.‎ Tuman tibbiyot birlashmasi‎ 17.06.13 — 18.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ tibbiyot birlashmasi garaji X. Omonov‎ U. Shodiyev‎
9.‎ ShKBga qarashli ovqatlanish korxonasi‎ 17.06.13 — 18.06.13‎ y. jami transport vositalari‎ 1-sonli avtokorxona avtogaraji‎ A. Sharipov‎
10.‎ Uchquduq “Neftmahsulotlari” unitar korxonasi‎ 18.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ “Neftmahsulotlari” unitar korxonasi‎ garaji‎ F. Xasanov‎
11.‎ Tuman “Oʻrmon” hoʻjaligi 19.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ hoʻjalik avtogaraji‎ T. Maxanov‎
12.‎ “Mingbuloq” shirkat hoʻjaligi‎ 19.06.13‎ y. jami transport vositalari‎ shirkat hoʻjaligi avtogaraji‎ Q. Abdiyev‎
13.‎ “Altintau” shirkat xoʻjaligi‎ 20.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ shirkat xo'jaligi avtogaraji‎ Sh. Junisov‎
14.‎ “Uzunquduq” shirkat xoʻjaligi‎ 21.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ shirkat xoʻjaligi avtogaraji‎ T. Axmetov‎
15.‎ “Juzquduq” shirkat xoʻjaligi‎ 22.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ shirkat xoʻjaligi avtogaraji‎ J. Omarov‎
16.‎ “Avangard” shirkat xoʻjaligi‎ 24.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ shirkat xoʻjaligi avtogaraji‎ P. Kareneyev‎
17.‎ Uchquduq “Nedra” MChJ‎ 25.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ “Nedra” MChJ avtogarajida‎ N. Samadov‎
18.‎ Tuman hokimligi‎ 25.06.13‎ y. jami transport vositalari‎ 1-sonli avtobaza avtogaraji‎ A. Shokirv‎
19.‎ Inkassatsiya boʻlimi‎ 25.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ 1-sonli avtobaza avtogaraji‎‎ M. Sultonov‎
20.‎ “Promelektro” k/korxonasi‎ 26.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ “Promelektro” k/korxonasi avtogaraji‎ Mixiyev‎
21.‎ Tuman DSENM‎ 26.06.13 y.‎ jami transport vositalari‎ DSENM avtogarajida‎ A. Amonov‎
22.‎ “Uchquduq qimiz” MChJ 27.06.13 — 30.06.13‎ y. jami transport vositalari‎‎ “Uchquduq qimiz” MChJ avtogaraji‎ B. Samandarov‎
23.‎ Shaxsiy transport vositalari‎ 11.06.13 — 30.06.13 y.‎ 20 — 25 tadan‎ YPX maskani va avtomotohavaskorlar jamiyati‎ S. Bekmurodov va ishchi guruh aʼzolari‎