04.10.2013 yildagi PF-4570-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.09.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman va shahar umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yillar davomida sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatni shakllantirish, demokratlashtirishning tarkibiy qismi sifatida sudlarning xolisligi va mustaqilligini mustahkamlash, sudni hokimiyatning xolis, mustaqil tarmogʻi sifatida mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini taʼminlash boʻyicha izchil ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarining liberallashtirilishi islohotlarning muhim yoʻnalishi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda oʻlim jazosining bekor qilinishi, shuningdek jinoiy jazolar tizimining liberallashtirilishiga doir chora-tadbirlar natijasida jinoyatlar tarkibining 75 foiziga yaqini ogʻir, oʻta ogʻir toifalardan ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan toifalarga oʻtkazilganligi katta sotsial, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega boʻldi. Jinoyat sudlov ishlari amaliyotiga yarashtiruv instituti joriy etildi, sudlarning iqtisodiy jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum etish oʻrniga jarimalar tarzidagi jazolarni qoʻllash imkoniyatlari kengaytirildi. Sudlov ishlarini yuritish tizimida adolat, jazoning muqarrarligi tamoyili va oʻzgacha demokratik tamoyillar mustahkamlanishini taʼminlovchi boshqa qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning vakolatlari izchil kengaytirib borildi, odil sudlovni amalga oshirishda ular xolisligining va mustaqilligining kafolatlari mustahkamlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tizimi butunlay ijro etuvchi hokimiyat organlarining nazorati va taʼsiri ostidan chiqarildi. Sud faoliyati ustidan prokuratura organlarining nazorat qilish funksiyalari bekor qilindi. Sud qarorlarining ijrosini toʻxtatib turish huquqi prokuratura vakolatlaridan chiqarib tashlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida tergov ustidan sud nazorati kuchaytirildi. Milliy qonunchiligimizga “xabeas korpus” instituti joriy etildi — qamoqqa olishga sanksiya berish, shaxsni lavozimidan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirishdek protsessual majburlov choralarini qoʻllash huquqi prokurorlardan sudlarga oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqni qoʻllash tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, odil sudlovni amalga oshirish protsessual asoslarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar odil sudlovning muqarrarligini, tezkorligini taʼminlashga, qonuniylikni taʼminlashda sudning rolini oshirishga koʻmaklashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror va advokatning jinoyat hamda fuqarolik jarayonlarining barcha bosqichlaridagi tortishuvlari tengligini, sud-huquq tizimini liberallashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida advokatura mustaqilligini mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatish, ish yuzasidan ayblov xulosasini oʻqib eshittirish singari huquqlarni sudlar vakolatidan chiqarilishini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga kiritildi. Bu esa sudning obyektivligi, xolisligini taʼminlashga, jinoyat ishini koʻrib chiqish jarayonida tortishuv tamoyilining kuchayishiga koʻmaklashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi isloh qilindi, ishlarni qayta koʻrib chiqishning apellatsiya tartibi joriy etildi. Fuqarolik sud ishlarini yuritishning yangi — majburlov turlari, shuningdek nizolarni koʻrib chiqishning boshqa soddalashtirilgan koʻrinishlari joriy etildi. Bu esa himoya qilish jarayonini birmuncha tezlashtirish, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tuzilmasini, ular faoliyatining tashkiliy asoslarini takomillashtirish, kadrlar zaxirasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirishga koʻmaklashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashuvi amalga oshirildi, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tuzildi, ular faoliyatining mustahkam qonuniy asoslari shakllantirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 2-avgustdagi “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2012-yil 30-noyabrdagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlarining qabul qilinishi sud hokimiyati nufuzini mustahkamlashda, sudya kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishning zamonaviy, demokratik talablarga javob beradigan samarali tizimini yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyaligi lavozimiga ilk bor tayinlanayotgan shaxslar uchun yosh tsenzi 25 yoshdan 30 yoshga koʻtarildi, besh yillik yuridik ish staji shart qilib qoʻyildi, ularning kasb tayyorgarligiga nisbatan malaka talablari kuchaytirildi. Sudyalikka nomzodlar zaxiralarini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilib, qonun hujjatlari talablariga muvofiq endilikda ular adliya, prokuratura, sud, ichki ishlar organlarining takliflari asosida shakllantiriladi. Sud xodimlarini oʻqitish, ularning malakasini oshirish tizimi tubdan oʻzgartirildi, ularni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilishni kuchaytirishga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur vazifalarning hal etilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining roli kuchaytirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shu va boshqa qator tashkiliy-huquqiy choralarning amalga oshirilishi sud tizimining yanada mustahkamlanishiga, aholining sudlarga boʻlgan ishonchi oshishiga koʻmaklashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga oʻtgan davr ichida qilingan ishlarni tanqidiy tahlil etish sud-huquq tizimi samaradorligini yanada oshirish va, eng avvalo, umumiy yurisdiksiya sudlarining asosiy boʻgʻini hisoblanmish tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining (bundan buyon matnda tuman sudlari deb yuritiladi) samaradorligini oshirish, ular faoliyatini tashkil etishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni kechiktirmay hal etish hamda bartaraf qilish zarurligidan dalolat bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi hamda sud tekshiruvlari toʻlaligini taʼminlamay, shuningdek protsessual qonun hujjatlarining normalari sud tomonidan notoʻgʻri qoʻllanilishi natijasida chiqarilgan sud hukmi va qarorlarining darajasi yuqoriligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yili sud hujjatlarining umumiy miqdoridan fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorlarining 0,5 foizi hamda jinoyat ishlari boʻyicha sud hukmi va ajrimining 1,2 foizi yuqori instansiya sudlari tomonidan bekor qilindi yoki oʻzgartirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman sudlari tuzilmasida, hududiy joylashuvida, sudyalar sonidagi mavjud jiddiy nomutanosibliklar ishlarni qarab chiqish sifatiga salbiy taʼsirini oʻtkazmoqda. Tuman va tumanlararo sudlarning amalda ish bilan bandlik darajasini aniqlovchi mezonlar tasdiqlanmagan, mazkur masalalarni hal etilishiga siyqasi chiqqan, yuzaki tarzda yondashish hamon uchrab turibdi. Soʻnggi besh yil ichida faqatgina fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrib chiqilgan ishlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 3,4 barobar koʻpaydi va 2012-yilda 2 milliondan ziyod hujjatni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar bilan majburiy tarzda ijro etish organlari oʻrtasidagi hamkorlikni tashkil etishdagi kamchiliklar umumiy yurisdiksiya sudlarining qarorlari oʻz vaqtida ijro etilmasligiga, ijroning kam samarali boʻlishiga olib kelmoqdaki, bu odil sudlovning taʼsirchanligini pasaytirmoqda, aholi tomonidan jiddiy eʼtirozlar bildirilishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sud faoliyati ustidan nazorat qilishga doir ishlari, sud amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish, sudlar ishining sifatini baholash uchun zarur boʻladigan obyektiv, toʻliq axborot olinishini taʼminlashga daʼvat etilgan statistik hisobot tizimi bugungi kun talablariga javob bermaydi. Sud ishlari ustidan shikoyatlar kelib chiqishiga sabab boʻlayotgan tuman sudlarining faoliyatiga oid yuqorida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar Oliy sud nazorati eʼtiboridan chetda qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yurisdiksiya sudlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari odil sudlovni sifatli amalga oshirishlarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishlarini taʼminlash uchun tumanlararo tuman (shahar) sudlarida tegishli tartib oʻrnatish hamda ularning ish bilan bandligini maqbullashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadlarida quyidagilar zarur deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoʻshimcha ravishda fuqarolik ishlari boʻyicha 12 ta tumanlararo (tuman) sudi tuzilib, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining yangilangan tuzilmasi (yurisdiksiya hududi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagi takliflari qabul qilinib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tuzilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo (tuman) sudlarini toʻldirish hamda ishi eng koʻp boʻlgan amaldagi tumanlararo (tuman) sudlari xodimlarining sonini koʻpaytirish uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar sudyalarining soni 71 taga koʻpaytirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishi nisbatan kamroq boʻlgan sudlardan 23 ta sudya lavozimlarini ish hajmi koʻproq boʻlgan tuman sudlariga oʻtkazish orqali jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlarning, shuningdek tuman (shahar) sudlari xodimlarining soni qayta taqsimlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tuzilmasida uning xodimlari umumiy soni doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tashkiliy faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tuzilib, sudyalar mustaqilligi hamda ular faqat qonunga boʻysunishi tamoyiliga qatʼiy rioya etgan holda, sudlarning ijro intizomi, ishlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqishi ustidan nazorat qilish vazifalari, shuningdek sudlar tashkiliy faoliyatini, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishga doir ishlarini takomillashtirish, sud devonlarining kadrlarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish va ularning malakasini oshirishga doir ishlarni amalga oshirish funksiyalari uning zimmasiga yuklatilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotini umumlashtirish boʻlimi negizida Axborot-tahlil boʻlimi tuzilib, sudlar faoliyatini tizimli tarzda oʻrganib borish, umumiy yurisdiksiya sudlaridagi sudlov ishlarining ahvoli toʻgʻrisidagi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi, Rayosati muhokamasiga yilning har choragida kiritish vazifalari uning zimmasiga yuklatilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik hamda jinoyat ishlari boʻyicha viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda Sud amaliyoti va statistikasi tahlili boʻlimlari tuzilib, ular tarkibiga sud statistikasi boʻyicha amaldagi mutaxassis lavozimlari kiritilsin, shuningdek ularni toʻldirish uchun qoʻshimcha 28 nafar boshqaruv xodimi ajratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining yangilangan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari xodimlarining umumiy soni 4-ilovaga muvofiq.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi bilan birgalikda ikki oylik muddat ichida milliy qonun hujjatlarini, xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda qonun hujjatlarimizga, zamonaviy talablarga, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklari sud tomonidan ishonchli himoya qilinishidan iborat vazifalarga mos ekanliklarini obyektiv aniqlash imkonini beruvchi, umumiy yurisdiksiya sudyalari va sudlarining faoliyatini baholash mezonlari tizimini ishlab chiqsin va uni huquqni qoʻllash amaliyotiga joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda uch oylik muddat ichida sudlov ishlari yuritilishini, umumiy yurisdiksiya sudlari ishini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish uchun zarur boʻlgan sud faoliyatining ahvoli toʻgʻrisidagi toʻliq va haqqoniy axborotning yigʻilishi, jamlanishini taʼminlovchi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan statistik hisobotlar yuritishning takomillashtirilgan, soddalashtirilgan shakllari va tartibini sud amaliyotiga joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Oliy sud bilan birgalikda uch oylik muddat ichida sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, liberallashtirish yuzasidan takliflar kiritib, ularda quyidagilarni nazarda tutsin: jinoiy, maʼmuriy sud ishlari yuritilishiga doir ishlarni koʻrib chiqishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish; fuqarolik-huquqiy hamda maʼmuriy-huquqiy nizolarni sudgacha, suddan tashqari hal qilish tartibini yanada takomillashtirish; umumiy yurisdiksiya sudlarining hukmlari, qarorlari ijro etilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirish; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning oʻrinbosarlari, viloyat sudlarining raislari va ularga tenglashtirilgan sudlarga kassatsiya tartibida protest bildirish huquqini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy sudi ikki hafta muddat ichida mazkur Farmon talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari xarajatlar smetalariga hamda shtatlar jadvaliga oʻzgartishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida mazkur Farmonni amalga oshirishga doir qaror qabul qilib, unda yangi tuzilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarni joylashtirish, jihozlash, tumanlararo, tuman (shahar) umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va tizimlari bilan taʼminlashga doir chora-tadbirlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF–3400-sonli Farmonining 3, 4 va 6-ilovalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi PF–3605-sonli Farmonining 1 va 2-ilovalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Farmonning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi J. Fayziyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4570-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF–4570-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha tashkil etilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha tuman, tumanlararo sudlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Sudlar nomi

Sudlarni

tashkil etish

muddatlari

1.

Jizzax viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Forish tuman sudi

2014-yilning

I choragi

2.

Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Payariq tumanlararo sudi

3.

Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Kasbi tumanlararo sudi

4.

Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Quyi Chirchiq tumanlararo sudi

5.

Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Boysun tuman sudi

2014-yilning

II choragi

6.

Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudi

7.

Buxoro viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Peshku tumanlararo sudi

2014-yilning

III choragi

8.

Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tumanlararo sudi

9.

Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Nurobod tuman sudi

10.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi

2014-yilning

IV choragi

11.

Jizzax viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Gʻallaorol tumanlararo sudi

12.

Navoiy viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Uchquduq tuman sudi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF–4570-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman, tumanlararo, shahar sudlarining (yurisdiksiya hududi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sudlar nomi

Xizmat koʻrsatuvchi
tumanlar, shaharlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Amudaryo tuman sudi

Amudaryo tumani

Beruniy tumanlararo sudi

Beruniy tumani

Toʻrtkoʻl tumani

Ellikqalʼa tumani

Qoʻngʻirot tumanlararo sudi

Qonlikoʻl tumani

Qoʻngʻirot tumani

Moʻynoq tumani

Shumanay tumani

Nukus tumanlararo sudi

Nukus shahar

Nukus tumani

Xoʻjayli tumani

Chimboy tumanlararo sudi

Qoraoʻzak tumani

Kegeyli tumani

Taxtakoʻpir tumani

Chimboy tumani

Andijon viloyati

Andijon tumanlararo sudi

Andijon shahar

Oltinkoʻl tumani

Andijon tumani

Asaka tumanlararo sudi

Asaka tumani

Marhamat tumani

Boʻz tumanlararo sudi

Boʻz tumani

Ulugʻnor tumani

Shahrixon tumani

Izboskan tumanlararo sudi

Baliqchi tumani

Izboskan tumani

Paxtaobod tumani

Qoʻrgʻontepa tumanlararo sudi

Xonobod shahar

Qoʻrgʻontepa tumani

Xoʻjaobod tumanlararo sudi

Buloqboshi tumani

Jalolquduq tumani

Xoʻjaobod tumani

Buxoro viloyati

Buxoro tumanlararo sudi

Buxoro shahar

Buxoro tumani

Gʻijduvon tumanlararo sudi

Gʻijduvon tumani

Shofirkon tumani

Kogon tumanlararo sudi

Kogon shahar

Kogon tumani

Qorovulbozor tumani

Qorakoʻl tumanlararo sudi

Olot tumani

Qorakoʻl tumani

Peshku tumanlararo sudi

Vobkent tumani

Peshku tumani

Romiton tumanlararo sudi

Jondor tumani

Romiton tumani

Jizzax viloyati

Gʻallaorol tumanlararo sudi

Baxmal tumani

Gʻallaorol tumani

Doʻstlik tumanlararo sudi

Doʻstlik tumani

Mirzachoʻl tumani

Arnasoy tumani

Paxtakor tumani

Jizzax tumanlararo sudi

Jizzax shahar

Jizzax tumani

Zafarobod tumani

Zarbdor tumanlararo sudi

Zomin tumani

Zarbdor tumani

Yangiobod tumani

Forish tuman sudi

Forish tumani

Qashqadaryo viloyati

Gʻuzor tumanlararo sudi

Dehqonobod tumani

Gʻuzor tumani

Qarshi tumanlararo sudi

Qarshi shahar

Qarshi tumani

Nishon tumani

Koson tumanlararo sudi

Koson tumani

Muborak tumani

Kasbi tumanlararo sudi

Kasbi tumani

Mirishkor tumani

Chiroqchi tuman sudi

Chiroqchi tumani

Shahrisabz tumanlararo sudi

Kitob tumani

Shahrisabz tumani

Yakkabogʻ tumanlararo sudi

Qamashi tumani

Yakkabogʻ tumani

Navoiy viloyati

Zarafshon tumanlararo sudi

Zarafshon shahar

Tomdi tumani

Karmana tumanlararo sudi

Navoiy shahar

Karmana tumani

Qiziltepa tumani

Xatirchi tumani

Navbahor tumanlararo sudi

Konimex tumani

Navbahor tumani

Nurota tumani

Uchquduq tuman sudi

Uchquduq tumani

Namangan viloyati

Namangan tumanlararo sudi

Namangan shahar

Mingbuloq tumani

Namangan tumani

Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudi

Norin tumani

Uychi tumani

Uchqoʻrgʻon tumani

Chust tumanlararo sudi

Pop tumani

Toʻraqoʻrgʻon tumani

Chust tumani

Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudi

Kosonsoy tumani

Chortoq tumani

Yangiqoʻrgʻon tumani

Samarqand viloyati

Jomboy tumanlararo sudi

Bulungʻur tumani

Jomboy tumani

Ishtixon tumanlararo sudi

Ishtixon tumani

Qoʻshrabot tumani

Kattaqoʻrgʻon tumanlararo sudi

Kattaqoʻrgʻon shahar

Kattaqoʻrgʻon tumani

Narpay tumani

Paxtachi tumani

Samarqand shahar sudi

Samarqand shahar

Tayloq tumanlararo sudi

Samarqand tumani

Tayloq tumani

Urgut tumani

Payariq tumanlararo sudi

Oqdaryo tumani

Payariq tumani

Pastdargʻom tuman sudi

Pastdargʻom tumani

Nurobod tuman sudi

Nurobod tumani

Surxondaryo viloyati

Boysun tuman sudi

Boysun tumani

Denov tumanlararo sudi

Oltinsoy tumani

Denov tumani

Shoʻrchi tumani

Qumqoʻrgʻon tumanlararo sudi

Jarqoʻrgʻon tumani

Qiziriq tumani

Qumqoʻrgʻon tumani

Sariosiyo tumanlararo sudi

Sariosiyo tumani

Uzun tumani

Termiz tumanlararo sudi

Termiz shahar

Termiz tumani

Sherobod tumanlararo sudi

Angor tumani

Muzrabot tumani

Sherobod tumani

Sirdaryo viloyati

Oqoltin tumanlararo sudi

Oqoltin tumani

Sardoba tumani

Boyovut tumanlararo sudi

Shirin shahar

Boyovut tumani

Xovos tumani

Guliston tumanlararo sudi

Guliston shahar

Yangiyer shahar

Guliston tumani

Mirzaobod tumani

Sirdaryo tumanlararo sudi

Sayxunobod tumani

Sirdaryo tumani

Toshkent viloyati

Ohangaron tumanlararo sudi

Olmaliq shahar

Angren shahar

Ohangaron tumani

Bekobod tumanlararo sudi

Bekobod shahar

Bekobod tumani

Zangiota tumanlararo sudi

Zangiota tumani

Yangiyoʻl tumani

Quyichirchiq tumanlararo sudi

Oqqoʻrgʻon tumani

Quyichirchiq tumani

Chinoz tumani

Oʻrtachirchiq tumanlararo sudi

Boʻka tumani

Pskent tumani

Oʻrtachirchiq tumani

Chirchiq tumanlararo sudi

Chirchiq shahar

Boʻstonliq tumani

Qibray tumani

Yuqorichirchiq tumanlar�ro sudi

Parkent tumani

Yuqorichirchiq tumani

Toshkent shahri

Mirobod tumanlararo sudi

Bektemir tumani

Mirobod tumani

Yashnobod tumani

Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudi

Mirzo Ulugʻbek tumani

Yunusobod tumani

Uchtepa tumanlararo sudi

Uchtepa tumani

Chilonzor tumani

Shayxontohur tumanlararo sudi

Olmazor tumani

Shayxontohur tumani

Yakkasaroy tumanlararo sudi

Sirgʻali tumani

Yakkasaroy tumani

Fargʻona viloyati

Qoʻqon tumanlararo sudi

Qoʻqon shahar

Buvayda tumani

Dangʻara tumani

Uchkoʻprik tumani

Margʻilon tumanlararo sudi

Margʻilon shahar

Yozyovon tumani

Qoʻshtepa tumani

Toshloq tumani

Rishton tumanlararo sudi

Oltiariq tumani

Bogʻdod tumani

Rishton tumani

Soʻx tumani

Oʻzbekiston tumanlararo sudi

Beshariq tumani

Oʻzbekiston tumani

Furqat tumani

Fargʻona tumanlararo sudi

Fargʻona shahar

Quvasoy shahar

Fargʻona tumani

Quva tumani

Xorazm viloyati

Bogʻot tumanlararo sudi

Bogʻot tumani

Xazorasp tumani

Xiva tumani

Yangiariq tumani

Urganch tumanlararo sudi

Urganch shahar

Urganch tumani

Xonqa tumani

Yangibozor tumani

Shovot tumanlararo sudi

Gurlan tumani

Qoʻshkoʻpir tumani

Shovot tumani

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-sentabrdagi PF-4651-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 37-son, 464-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF–4570-sonli Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining

4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari xodimlarining umumiy soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimlar nomi

Sudlardagi lavozimlar soni

Fuqarolik

ishlari boʻyicha

Jinoyat

ishlari boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari,

viloyatlar va Toshkent shahar sudlari

1.

Sudyalar

110

155

2.

Sud majlisi kotibi

110

155

3.

Boshqa xodimlar

111

110

Hammasi

331

420

Tumanlararo, tuman (shahar) sudlari

1.

Sudyalar

252

321

2.

Sud majlisi kotibi

252

321

3.

Boshqa xodimlar

211

503

Hammasi

715

1145

JAMI

1.

Sudyalar

362

476

2.

Sud majlisi kotibi

362

476

3.

Boshqa xodimlar

322

613

Hammasi

1046

1565

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilayotgan hamma xodimlar soni — 2611 ta, shu jumladan sudyalar — 838 ta, sud majlislarining kotiblari — 838 ta, boshqa xodimlar — 935 ta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa xodimlar toifasiga kanselyariya mudiri, arxiv mudiri, sudyalar malaka hayʼatining kotibi, bosh mutaxassis, komendant, haydovchi va farrosh kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.