25.12.2013 yildagi 342-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan tashkil etilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo (tumanlar) sudlari faoliyatini tashkil etish, shuningdek umumiy yurisdiksiya tumanlararo, tumanlar (shaharlar) sudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tuman va shahar umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolik ishlari boʻyicha 12 ta tumanlararo (tumanlar) sudlari qoʻshimcha ravishda tashkil etilganligi, yangidan tashkil etilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo (tumanlar) sudlarini taʼminlash hamda faoliyat koʻrsatayotgan, ish hajmlari eng koʻp boʻlgan tumanlararo (shahar) sudlari xodimlari sonini koʻpaytirish uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar sudyalarining soni 71 nafarga koʻpaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda yangidan tashkil etilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarni 1-ilovaga muvofiq joylashtirish va faoliyat koʻrsatishga tayyorlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sud hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2-ilovaga muvofiq jadval boʻyicha umumiy yurisdiksiya tumanlararo, tumanlar (shaharlar) sudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va tizimlari bilan jihozlashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Sudlarni va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-dekabrdagi 342-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan tashkil etilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarni joylashtirish va faoliyat koʻrsatishga tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎

Viloyatlarning nomi‎

Yangidan tashkil
‎etilayotgan sudning nomi ‎

Joylashgan joyi‎ Yangidan tashkil etilayotgan
‎ sudlarni joylashtirish,
‎ faoliyat koʻrsatishga tayyorlash
‎chora-tadbirlari‎
1.‎ Buxoro viloyati‎ Peshku tumanlararo sudi‎ Peshku tumani,
‎Yangi bozor koʻchasi‎
Jinoyat ishlari boʻyicha sud hududiga
‎joylashtirish (qoʻshimcha korpus qurish)‎
2.‎‏ Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanlararo sudi‎ Gʻallaorol tumani markazida‎ Hokimlik tomonidan qurilish
‎ uchun yer uchastkasi ajratish ‎

Forish tuman sudi‎

Forish tumani markazida‎ Adliya boshqarmasi balansidagi
‎ binoga joylashtirish‎
3.‎‏ Qashqadaryo viloyati‎‏ Kasbi tumanlararo sudi ‎ Yakkabogʻ tumani,
‎E.Xoʻjantayev koʻchasi‎
Jinoyat ishlari boʻyicha sud
‎ binosiga joylashtirish‎
Yakkabogʻ tumanlararo sudi‎ Mangʻit shahri,
‎Yangiobod koʻchasi‎
Jinoyat ishlari boʻyicha sud
‎binosiga joylashtirish‎
4.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎ Amudaryo tuman sudi‎ Mangʻit shahri,
‎Yangiobod koʻchasi‎
Jinoiy ishlar boʻyicha sud
‎ binosiga joylashtirish‎
5.‎ Navoiy viloyati‎ Uchquduq tuman sudi‎ Uchquduq shahri,
‎Navroʻz koʻchasi‎
Jinoyat ishlari boʻyicha sud
‎binosiga joylashtirish‎
6.‎‏ ‎‏Samarqand viloyati Payariq tumanlararo sudi‎ Payariq tumani,
‎Payariq 50 yilligi koʻchasi‎
Sud ijrochilari
‎ binosiga joylashtirish‎
Nurobod tuman sudi‎ Nurobod tumani markazida‎ Jinoyat ishlari boʻyicha sud hududiga
‎joylashtirish (qoʻshimcha korpus qurish)‎
7.‎ Surxondaryo viloyati‎ Boysun tuman sudi‎ Boysun tumani markazida‎ Hokimlik tomonidan qurilish
‎uchun yer uchastkasi ajratish‎
‎‏8. Toshkent viloyati‎‏ Yuqori Chirchiq tumanlararo sudi‎ Yuqori Chirchiq
‎tumani markazida‎
Hokimlik tomonidan bino ajratish‎
Quyi Chirchiq tumanlararo sudi‎ Quyi Chirchiq
‎tumani markazida‎
Hokimlik tomonidan bino ajratish‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-dekabrdagi 342-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yurisdiksiya tumanlararo, tumanlar (shaharlar) sudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va tizimlari bilan jihozlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Bajarish uchun masʼullar

I. Yangidan tashkil etilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarni moddiy-texnika bazasi bilan jihozlash

(avtomashinalar, kompyuterlar, nusxa koʻchirish qurilmalari, konditsionerlar,

telefon apparatlari, fakslar, idora mebellari, metall shkaflar, stellajlar sotib olish)

1.

Jizzax viloyatidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Forish tuman sudi.

Samarqand viloyatidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Payariq tumanlararo sudi.

Qashqadaryo viloyatidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Kasbi tumanlararo sudi.

Toshkent viloyatidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Quyi Chirchiq tumanlararo sudi.

2014-yil mart

Adliya vazirligi, Oliy sud

2.

Surxondaryo viloyatidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Boysun tuman sudi.

Toshkent viloyatidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudi.

2014-yil iyun

Adliya vazirligi, Oliy sud

3.

Buxoro viloyatidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Peshku tumanlararo sudi.

Qashqadaryo viloyatidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tumanlararo sudi.

Samarqand viloyatidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Nurobod tuman sudi.

2014-yil sentabr

Adliya vazirligi, Oliy sud

4.

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi.

Jizzax viloyatidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Gʻallaorol tumanlararo sudi.

Navoiy viloyatidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Uchquduq tuman sudi.

2014-yil dekabr

Adliya vazirligi, Oliy sud

II. Faoliyat koʻrsatayotgan umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

5.

Umumiy yurisdiksiya sudlari moddiy-texnika taʼminotining amaldagi holatini oʻrganish.

2014-yil fevral

Adliya vazirligi, Oliy sud

6.

Umumiy yurisdiksiya sudlarining foydalanish muddati oʻtgan tovar-moddiy boyliklarini roʻyxatdan chiqarish chora-tadbirlarini koʻrish, shuningdek ularning ehtiyojini aniqlash.

2014-yil mart

Adliya vazirligi

7.

Zarur tovar-moddiy vositalar sotib olish summalarini Sudlarni va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi xarajatlarining manzilli dasturiga va smetasiga kiritish.

2014-yil mart

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Sudlarni va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

8.

Sudlarni va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida tovar-moddiy vositalar sotib olish.

Tovar-moddiy boyliklarni, toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnomalarni majburiy tuzgan holda, tegishli sudlar raislariga topshirish.

2014-yil

may — sentabr

Adliya vazirligi, Oliy sud

III. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va tizimlari bilan jihozlash

9.

Umumiy yurisdiksiya sudlari binolarida lokal hisoblash tarmoqlari (LHT) qurish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2013-yil dekabr

Oliy sud, Aloqa, axborotlashtirish

va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi

10.

Umumiy yurisdiksiya sudlari binolarida LHT qurilishini loyihalash yuzasidan tender savdolari oʻtkazish.

2014-yil fevral

Adliya vazirligi

11.

Umumiy yurisdiksiya sudlari binolarida LHT qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. Loyiha boʻyicha ekspertiza xulosasini olish.

2014-yil iyun

Adliya vazirligi

12.

Sudlarni va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi xarajatlari dasturi va smetasiga umumiy yurisdiksiya sudlari binolarida LHT qurilishini moliyalashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.

2014-yil iyun

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Sudlarni va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

13.

Qurilish-montaj ishlari yuzasidan tender savdolari oʻtkazish. Gʻolib bilan shartnomalar tuzish.

2014-yil avgust

Adliya vazirligi

14.

Umumiy yurisdiksiya sudlari binolarida LHT qurish ishlari.

2014-2015-yillar

Adliya vazirligi, Tender gʻolibi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 696-modda)