31.01.2013 yildagi 18/2-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oqoltin tumani mahalliy budjetining 2013-yilgi asosiy istiqbol koʻrsatkichlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1887-sonli qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24, 25-moddalariga binoan xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oqoltin tumani mahalliy budjetining 2013-yilga asosiy istiqbol koʻrsatkichlari 1 — 28-ilovalar* bilan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 28-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimining oʻrinbosarlariga asosiy eʼtiborni, birinchi darajali xarajatlar — ish haqi, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalarni toʻliq moliyalashtirilishiga va oʻz vaqtida toʻlanishiga qaratib, ushbu masalalarga tuman Kengashi deputatlari, jamoatchilikni keng jalb etishini taʼminlasinlar. Buning uchun joylardagi rahbarlarning shaxsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oqoltin tuman Davlat soliq inspeksiyasi (K. Umurzaqov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilgi tuman mahalliy budjetining daromadlar qismining prognoz koʻrsatkichlarini har bir soliq turi boʻyicha har chorakda barcha tashkilotlar kesimida soʻzsiz bajarilishini hamda budjet daromadlarini belgilangan muddatlarda tushishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilarning budjetdan boqimanda qarzdorliklarini kamaytirish va soliqlarning yigʻuvchanligini oshirish, daromadlar rejasini ortigʻi bilan bajarish boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oqoltin tuman moliya boʻlimi (Sh. Nurbayev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy budjeti mablagʻlaridan samarali va maqsadli ishlatilishini taʼminlasin, birinchi darajali toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻliq moliyalashtirsin hamda koʻzda tutilgan xarajatlarini toʻliq ijrosini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman soliq inspeksiyasi va gʻaznachilik boʻlimi bilan birgalikda soliq budjet qonunchiligidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib borsin, bu oʻzgarishlarni barcha soliq toʻlovchilar va budjetdan mablagʻ oluvchilarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Gʻaznachilik boʻlimi (F. Ashurmatov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarini maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda Davlat xaridlari tizimida kichik biznes subyektlarining ulushini doimiy ravishda oshirib borilishi boʻyicha tegishli choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (F. Abulqosimov)ga va kompleks rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida investitsiya va innovatsiya jarayonlarini ragʻbatlantirish orqali iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirishga yoʻnaltirilgan tarkibiy oʻzgartirishlar hamda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish dasturlarini amalga oshirishni davom ettirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oqoltin tuman moliya boʻlimi (Sh. Nurbayev), tuman hududiy gʻaznachilik boʻlimi (F. Ashurmatov) budjet mablagʻlarining maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi T. XUDAYBERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqoltin t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 31-yanvar,

18/2-son