Fargʻona viloyati Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasi balansiga qabul qilingan mulkiy majmualar va yer maydonlarini mol-mulk va yer soligʻi toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.10.2012-yildagi 281-sonli qaroriga, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 18-fevraldagi MM 04-03-35-06/142-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 1-martdagi 02/39-48 XFY-sonli murojaatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2013-yil 22-fevraldagi 02/17-11-sonli topshirigʻini inobatga olib, xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2013-yil 22-fevraldagi 02/17-11-sonli davlat ixtiyoriga qaytarilgan mulkiy majmualarga nisbatan Hukumatning tegishli qarorlari qabul qilingunga qadar “Mulk-invest” DUK balansida saqlangan davrda yer va mulk soliqlari boʻyicha imtiyoz berish yuzasidan berilgan topshirigʻi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. “Mulk-invest” DUK balansiga qabul qilingan Margʻilon shahar Bekat oldi koʻchasi 1-uyda joylashgan “Ulgurji savdo bazasi”ni hamda ushbu baza balansida boʻlgan 56 nomdagi 71 dona koʻchar mulklar:
Margʻilon shahar Bekat oldi 1a-uyda joylashgan “Avtobaza” hamda ushbu avtobaza balansida boʻlgan GAZ 5226 (1988-yilda ishlab chiqarilgan), GAZ 5201 (1977-yilda ishlab chiqarilgan) avtotransport vositalari;
Margʻilon shahar, Sakkokiy koʻchasi, 6-uyda joylashgan “Savdo bazasi”ni va ushbu baza balansida boʻlgan 4 nomda boʻlgan 4 dona koʻchar mulklar hamda 2 dona avtotransport vositalari Hukumatning tegishli qarorlari qabul qilingunga qadar uning balansida saqlangan va saqlanayotgan davri uchun mol-mulk va yer soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
3. Shahar moliya boʻlimi mudiri (Sh. Mirzayev) Davlat soliq inspeksiyasi (B. Holiqov)lar bilan birgalikda yuqoridagi obyektlar yer va mol-mulk soligʻidan ozod etilishi munosabati bilan amaldagi tartib asosida tegishli hisob-kitoblarni amalga oshirish vazifasi va ushbu mulklarga yer va mol-mulk soligʻi hisoblanmasligi choralarini koʻrish topshirilsin.
4. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinganidan soʻng kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari v.b B. Sultonovga va Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi O. Axunjanov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi Sh. ERKABOYEV
Margʻilon sh.,
2013-yil 8-iyun,
23/96-son