Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2013 04.10.2010 yildagi 220-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fransiya Hukumati ishtirokida “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-avgustdagi PQ-2029-sonli “Fransiya Respublikasi Hukumati ishtirokida “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishga doir kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyatidagi sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni taʼminlash, shuningdek Fransiya Respublikasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2009-yil 15-dekabrdagi Moliyaviy Protokolga binoan “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun Fransiya Respublikasi Hukumati tomonidan, besh yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda, 20 yil muddatga 15,0 mln yevro miqdorida imtiyozli ssuda berilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, jalb etilayotgan imtiyozli ssudadan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli ssuda boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun Fransiya Respublikasi Hukumatining imtiyozli ssudasini qaytarish va uning boʻyicha foizlarni toʻlashning prognoz jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Natiksis banki oʻrtasida ssuda toʻgʻrisidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha boʻyicha injiniring ishlarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Fransiya konsalting tashkiloti tanlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi ishlab chiqilgandan keyin uning vakolatli ekspertiza organlarida kelishilishini va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalarning berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatiga jalb etishga ruxsatnomalar, shuningdek ularning mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-son