OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 22-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2196-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 5-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y. 46-47-son, 521-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 232-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 10-fevraldagi 1-son “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2196, 2011-yil 18-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 73-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-avgust,
01/20-26/10-son
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 19-avgustdagi 01/20-26/10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 41-42-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:”.
2. Yoʻriqnomada:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 41-42-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari (keyingi oʻrinlarda qonun hujjatlari deb yuritiladi) talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
b) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 11-banddagi “Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “Raqobat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2013-yil 19-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 34-son, 463-modda)