14.08.2013 yildagi F-4116-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oliy taʼlim muassasalarining reytingini baholash boʻyicha ishchi komissiyasini tuzish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tajriba, talablar va standartlarni hisobga olgan holda mamlakat oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-pedagogik faoliyati reyting bahosini xolisona aniqlash prinsiplari, yondashuvlari va mezonlarini sinov tarzida aprobatsiya qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buning uchun ilovaga* muvofiq tarkibda Ishchi komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi komissiyasi (B.Y. Xodiyev) ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 371-sonli qarori bilan belgilangan oliy taʼlim muassasalari tuzilmasi reyting baholari tizimi ballarining koʻrsatkichlari va darajasini, ularning xalqaro mezonlar va standartlarga mosligi, oliy oʻquv yurtlari ilmiy hamda pedagogik faoliyati darajasi va sifatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab qilinayotgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadli vazifalarini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oliy oʻquv yurtlari ilmiy-pedagogik faoliyatining quyidagi eng muhim mezonlariga alohida eʼtiborni qaratib, yuqori ballar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellardagi oliy oʻquv yurtlari bilan qiyoslaganda oʻqitish saviyasi va sifati, professor-oʻqituvchi kadrlarning malaka darajasi, ularning oʻqitishni xalqaro talablar darajasida taʼminlaydigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallaganligi, mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilarining chet el oliy oʻquv yurtlarida maʼruzalar oʻqishdagi ishtiroki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy oʻquv yurtlarini bitirib chiqqanlarning mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashuv darajasi va oliy oʻquv yurtlarining kadrlar tayyorlanayotgan korxonalar bilan ishlashini tashkil etish sifati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy oʻquv yurtlarida oʻtkazilayotgan ilmiy tekshirish ishlarining samaradorligi, eng avvalo, eksperimental-laboratoriya bazasining holati, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanish darajasi, korxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari va konstruktorlik byurolari bazasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi komissiyasi (B.Y. Xodiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2013-yilning 1-noyabriga qadar muddatda yuqori bosqich talabalarining maxsus soha fanlari boʻyicha bilimlari darajasini va oliy oʻquv yurtida mutaxassislar tayyorlash sifatini baholash uchun darslarni oʻzlashtirish saviyasini aniqlash maqsadida tanlab olib test sinovlaridan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert guruhlari ishtirokida 2013-yilning 1-dekabriga qadar muddatda eksperiment tariqasida 2-bandda bayon etilgan prinsip va mezonlar asosida oliy taʼlim muassasalarining reytingini baholasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan ishlarning natijalari boʻyicha 2014-yilning 1-yanvariga qadar muddatda oliy oʻquv yurtlari reytingini baholash tizimi va metodikasini, shuningdek, ular faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar bilan birga yakuniy axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikromov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi J.Gʻ. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-4116-son
(“Xalq soʻzi” gazetasi, 15.08.2013-y., 158 (5832)-son )