Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida

ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari reytingi tuzilmasi *

Reytingni tuzuvchi — Davlat test markazi

Reytingni tuzishning davriyligi — har yili, natijalarini ommaviy axborot vositalarida chop etgan holda

T/r

Ko‘rsatkich

Ko‘rsatkichning umumiy reytingdagi salmog‘i

Yakuniy reyting
shu jumladan:
100%
I. O‘qitish sifati darajasining indeksi35%
1.1.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari darajasiga (PhD) ega bo‘lgan, jahondagi 300 ta eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari jumlasiga kiradigan professor-o‘qituvchilar tarkibi (PO‘T) ulushi (umumiy soniga nisbatan % hisobida)

7%
1.2.

O‘qitish sifati darajasi (oliy o‘quv yurti talabalaridan so‘rov natijalari bo‘yicha)

7%
1.3.

Yil mobaynida oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari soni (100 nafar PO‘T hisobiga)

5%
1.4.

Xorijiy o‘qituvchilar va xorijiy talabalar ulushi (tegishli ravishda umumiy soniga nisbatan % hisobida)

4%
1.5

Xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan almashish dasturlari soni

4%
1.6.

Xorijiy tilda o‘qitiladigan ta’lim (mutaxassisliklar) yo‘nalishlari bo‘yicha soni (umumiy soniga nisbatan % hisobida)

3%
1.7.

PO‘Tning xorijiy tillarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish darajasi

3%
1.8.

O‘quv jarayonida laboratoriya va yordamchi uskunalardan foydalanish

2%
II. Talabalar va bitiruvchilar malakasining indeksi20%
2.1.

Bitiruvchilar malakasini ish beruvchilardan so‘rov natijalari bo‘yicha baholash

10%
2.2.

Xalqaro va respublika olimpiadalarida va nufuzli tanlovlarda mukofotlar (diplomlar) va sovrinli o‘rinlar bilan taqdirlangan talabalar soni

5%
2.3.

O‘qishni tugatgandan keyin 6 oy mobaynida mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashgan bitiruvchilar ulushi

5%
III. Oliy o‘quv yurtining ilmiy salohiyati
3.1.

Xalqaro indekslar ma’lumotlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtining PO‘T tomonidan chop etilgan materiallardan iqtiboslar darajasi

8%
3.2.

Yil mobaynida xorijiy referatsiyalanadigan ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar va intellektual mulk obyektlariga olingan sertifikatlar (patentlar) soni (1 nafar PO‘T hisobiga)

7%
3.3.

Oliy o‘quv yurti xodimlari tomonidan himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalari va chop etilgan monografiyalar soni (100 nafar PO‘T hisobiga)

4%
3.4.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatidan olingan mablag‘lar (1 nafar PO‘T hisobiga), shu jumladan:

16%

xorijiy ilmiy fondlar va tadqiqot markazlarining grantlari va buyurtmalari hisobiga olingan mablag‘lar (1 nafar PO‘T hisobiga);

7%

iqtisodiyot tarmoqlari buyurtmalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlardan, shuningdek davlat grantlari hisobiga olingan mablag‘lar (1 nafar PO‘T hisobiga)

9%
IV. Boshqa ko‘rsatkichlar
4.1.

Axborot-resurs markazining o‘quv adabiyotlari, shu jumladan elektron kitoblar bilan ta’minlanganligi, elektron resurslardan masofadan foydalanishning mavjudligi (1 nafar talaba va 1 nafar PO‘T hisobiga fondlar soni)

4%
4.2.

O‘quv jarayonida va ilmiy-tadqiqot ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish darajasi (kompyuter texnikasi, multimediy uskunasi, Internetdan foydalanish)

3%
4.3.

Internetda oliy o‘quv yurti to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish (oliy o‘quv yurti veb-saytining sifati, oliy o‘quv yurti to‘g‘risida zarur axborotning chop etilgan maqolalar va materiallarning, foydalanuvchilarning elektron so‘rovlari uchun bog‘lanish ma’lumotlarining mavjudligi, saytning yangilab borilishi)

2%
4.4.

Oliy o‘quv yurtining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan PO‘T soni

1%

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi