Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslarni Qurolli Kuchlar saflaridan zaxiraga boʻshatish hamda fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga navbatdagi chaqirish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” va “Muqobil xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflaridan zaxiraga boʻshatilsin.
2. 1974 — 1983-yillarda tugʻilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 2001-yilning aprel — may oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 23-mart,
142-son