31.05.2013 yildagi 08-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.11.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqqa oid qonunchilik takomillashtirilganligi, shuningdek, sud amaliyotida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka doir qonunchilikni qoʻllashda masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunda belgilangan soliqlar va mahalliy yigʻimlarni toʻlash har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning ijtimoiy xavfliligi soliq toʻlovchilar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda toʻlashga oid majburiyatni qasddan bajarmaslikdan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga pul mablagʻlari tushmay qolishiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda — MJtK) 174-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda — JK) 184-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash deganda, foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib koʻrsatish, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boshqa tarzda qasddan boʻyin tovlash tushunilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish — bu davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan tegishli soliq hisoboti hujjatlarida foyda (daromad) olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qasddan koʻrsatmaslik, shuningdek, ular mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni yashirish maqsadida foyda (daromad) kelib tushishini hisobga olish tartibini buzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni kamaytirib koʻrsatish davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq hisoboti hujjatlarida soliq solinadigan obyekt miqdoriga oid axborotni bila turib pasaytirish (kamaytirish) tomoniga oʻzgartirishda ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boshqa tarzda qasddan boʻyin tovlash soliq toʻlovchining davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti hujjatlarini yoki soliq qonunchiligiga muvofiq taqdim etilishi shart boʻlgan boshqa hujjatlarni qasddan taqdim etmaslikdan iborat har qanday boshqa qilmishlarida ifodalanadi, mazkur harakatni inson erkiga bogʻliq boʻlmagan holatlar taʼsirida bajarmaslik hollari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. MJtK 174-moddasining birinchi qismi, JK 184-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasi blanket (havolaki) boʻlib, shu sababli “daromadlar”, “foyda”, “soliq solinadigan obyektlar”, “soliqlar”, “boshqa majburiy toʻlovlar” kabi tushunchalar mazmunini aniqlash uchun qilmish sodir etilgan paytda amalda boʻlgan Soliq kodeksi (bundan buyon matnda — SK) normalaridan kelib chiqish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SK 23-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliqlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qoʻshilgan qiymat soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) aksiz soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) yer soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SKda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilishi mumkin (yagona soliq toʻlovi, yagona yer soligʻi, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa majburiy toʻlovlarga (SK 23-moddasi uchinchi qismi) quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ijtimoiy jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar (yagona ijtimoiy toʻlov, fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar (respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar;
(3-bandning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan 21-kichik xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) davlat boji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) bojxona toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga koʻra (SK 23-moddasi oltinchi qismi), davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamgʻarmalar tashkil etilishi mumkin boʻlib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy toʻlovlar belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonunda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni (bundan buyon matnda — soliqlar) toʻlashdan ancha miqdorni tashkil qilmagan (eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha boʻlgan) miqdorda qasddan boʻyin tovlash yoki birinchi marta ancha (eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan) miqdorda sodir etilganligi uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan MJtK 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun MJtK 174-moddasining ikkinchi qismi boʻyicha maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan soʻng bir yil davomida shunday qilmishni yana ancha miqdorda sodir etsa, JK 184-moddasining birinchi qismi boʻyicha jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, agar soliqlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlaganlik natijasida koʻp yoki juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan boʻlsa, jinoiy javobgarlik maʼmuriy preyuditsiyaga rioya qilinmagan holda (yaʼni shaxsning muqaddam soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilishi talab etilmaydi), tegishlicha, Jinoyat kodeksi 184-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi yoki uchinchi qismi boʻyicha kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shaxsning harakatlarini toʻgʻri kvalifikatsiya qilish uchun surishtiruv, tergov organlari va sudlar, barcha hollarda, soliqlar toʻlanmaganligi oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdorini sinchiklab aniqlashlari, bunda JK 184-moddasi mazmuniga koʻra, shaxs tomonidan yashirilgan yoki kamaytirib koʻrsatilgan soliq solinadigan obyekti kattaligi (qiymati) emas, balki faqat toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar summasi (soliqqa oid huquqbuzarlik uchun qoʻllanilgan moliyaviy sanksiya (jarima va penya) summalarini qoʻshmagan holda) tushunilishi lozimligini nazarda tutishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. MJtK 174-moddasi va JK 184-moddasi boʻyicha javobgarlik kelib chiqishining zarur sharti — soliq yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlashga nisbatan qasdning mavjudligi boʻlib, u harakatda ham, harakatsizlikda ham namoyon boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib koʻrsatish belgilari, jumladan, quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasini hisobga olish registrlarida aks ettirilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni almashtirish, soxtalashtirish yoki yoʻq qilish yoxud ularni tekshirish uchun taqdim etishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qalbaki boshlangʻich buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hujjatlarida realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-kassa mashinalarining fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy ravishda oʻzgartirish kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qoʻshish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar sotish (xizmat koʻrsatish)dan olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga oʻtkazish (sotish hajmini va daromad(foyda)ni qasddan kamaytirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy, yoqilgʻi-energetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya (eskirish) normasini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni notoʻgʻri qoʻllash va h.k.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtK 174-moddasi va JK 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha yuqorida qayd etilgan yoxud boshqa biror-bir belgisi aniqlanishidan tashqari, shaxsning qilmishida soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashga nisbatan toʻgʻri qasd (JK 21-moddasi) mavjudligi isbotlangan boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha shuni eʼtiborga olish kerakki, agar soliq toʻlovchi subyektlarning gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) JK 184-moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinsa, ularni tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bogʻliq jinoyatlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar (JK 19211-moddasi) va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (205 — 209, 227, 228-moddalari) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazish bilan bogʻliq ravishda davlat boji tariqasidagi soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashda ifodalangan harakatlar JK 182-moddasi bilan qamrab olinadi va JK 184-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qonunga koʻra (SK 109-moddasi), shaxs quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud boʻlgan taqdirda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi faktining yoʻqligi (masalan, agar bir turdagi soliqlar uchun toʻlangan pul summasi boshqa turdagi majburiy toʻlovlar uchun toʻlanmagan summalar oʻrnini toʻliq qoplasa va SK 56-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yoʻqligi (masalan, qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar oqibatida, shaxs tomonidan oʻz harakatlarini oʻzi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan kasallik holatida sodir etilgan boʻlsa va SK 110-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga koʻra (SK 56-moddasi), agar bir turdagi soliqlar uchun toʻlangan pul summasi boshqa turdagi majburiy toʻlovlar uchun qasddan toʻlanmagan summalar oʻrnini toʻliq qoplasa, shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Agar bir turdagi soliqlar uchun ortiqcha toʻlangan summaning miqdori boshqa turdagi toʻlovlar uchun qasddan toʻlanmagan summaning miqdorini qisman qoplasa, shaxsning aybdorlik masalasi toʻlangan va toʻlanmagan summalar orasidagi farq miqdoridan kelib chiqqan holda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi oʻz xatolarini soliq tekshiruvi (SK 85-moddasi) boshlangunga qadar oʻzi mustaqil ravishda tuzatgan taqdirda ham maʼmuriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi (SK 109-moddasi uchinchi qismi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash tariqasidagi jinoyat tegishli soliq davri uchun soliq qonunchiligida belgilangan muddatlarda soliq toʻlanmasligi holati kelib chiqqan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi (agar bunda soliqlarning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olish imkoniyati (SK 56-moddasi) yoki soliqqa oid huquqbuzarlik uchun shaxsning javobgarligini istisno etuvchi holatlar (SK 109, 110-moddalari) mavjud boʻlmasa.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi 162-moddasiga koʻra soliq davri kalendar yiliga mos keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. MJtK 174-moddasi va JK 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning subyekti 16 yoshga toʻlgan, soliq solinadigan daromad (foyda)ga ega boʻlgan va qonunga muvofiq davlat soliq organlariga daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etishga majbur boʻlgan jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi, fuqaroligi boʻlmagan shaxs) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtK 174-moddasi va JK 184-moddasida belgilangan javobgarlikka soliq toʻlovchi-yuridik shaxs rahbari va bosh (katta) buxgalteri yoki boshliq va bosh buxgalter vazifalarini amalda bajarayotgan xodimlari, shuningdek buxgalteriya, bank-moliya hujjatlarini tuzish, imzolash huquqiga ega boʻlgan va buxgalteriya hujjatlariga daromad yoki xarajatlar toʻgʻrisida soxta maʼlumotlar kiritgan yoxud soliq solinadigan boshqa obyektlarni yashirgan oʻzga xizmatchilari tortilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soliqlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash bilan bogʻliq jinoyat ishlari yuzasidan surishtiruv, tergov yuritish hamda ularni sudda koʻrishda bunday jinoyatlarni yashirishga koʻmaklashgan barcha shaxslarni aniqlash choralari koʻrilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatga rahbarlik qilgan yoki ushbu jinoyatni sodir etishga soliq toʻlovchi tashkilot boshligʻi, bosh (katta) buxgalteri, boshqa xizmatchilarini undagan yoxud oʻzining maslahatlari, koʻrsatmalari bilan jinoyatni sodir etishga koʻmaklashgan shaxslar tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi sifatida JK 28-moddasi va 184-moddasining tegishli qismi boʻyicha javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat-kassa mashinalari fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan daromad (foyda)ni yashirishda soliq toʻlovchiga koʻmaklashgan shaxslar ham soliqlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashda ishtirokchi sifatida javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, nodavlat tijorat yoki boshqa nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslarining soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashda qasddan koʻmaklashishga qaratilgan harakatlari jinoyatda ishtirokchilik sifatida JK 28-moddasi hamda JK 184-moddasining tegishli qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi, agar ayni paytda ular gʻaraz yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni koʻzlagan yoki shu maqsadlarda jinoyatlarni yashirishda koʻmaklashgan boʻlsalar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining harakatlari, shuningdek Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari (JK 205, 209, 210-moddalari) bilan, nodavlat tijorat yoki boshqa nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslarining harakatlari esa, Jinoyat kodeksining tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bogʻliq jinoyatlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari (JK 1929, 19211, 228-moddalari) bilan ham kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. JK 184-moddasida nazarda tutilgan qilmishni ikki va undan ortiq marotaba yagona qasd bilan qamrab olmagan holda sodir etgan shaxsning harakati soliq toʻlashdan takroran boʻyin tovlash sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda shaxs jinoyatni bajaruvchi yoki uning ishtirokchisi ekanligining, muqaddam sodir etilgan qilmish tugallangan jinoyat yoki jinoyatga suiqasd boʻlganligining ahamiyati yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning harakatlarida soliqlarni toʻlashdan takroran boʻyin tovlash belgisi mavjudligi masalasini hal etishda Jinoyat kodeksining 32-moddasida koʻrsatilgan talablardan kelib chiqish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qilmishni soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash sifatida MJtK 174-moddasi va JK 184-moddasining tegishli qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilish uchun asos boʻlgan soliq miqdorini pul summasida belgilashda, huquqbuzarlik tugallangan vaqtda amalda boʻlgan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqish lozim. Bunda SK 3-moddasi, MJtK 9-moddasi va JK 13-moddasi talablariga rioya etilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Jinoyat kodeksi 184-moddasi beshinchi qismiga koʻra, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organining qarorini olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirilsinki, JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marotaba sodir etgan, shu jumladan, mazkur modda boʻyicha sudlanganligi tugallangan yoki olib tashlangan shaxs ushbu asoslarga koʻra javobgarlikdan ozod etilishi lozim,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksi 184-moddasi beshinchi qismiga asosan jinoyat ishini tugatish masalasini muhokama qilishda, oʻttiz kunlik muddat ichida yetkazilgan zararni qoplash masalasiga (SK 36-moddasi), shuningdek uning toʻliq qoplanganligi faktini tasdiqlovchi dalillar (toʻlov topshiriqnomalar chiptalar va sh.oʻ.) mavjudligiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash shaxs tomonidan soliqqa oid qonunchilikning muayyan normasi talablarini bajarmaslik bilan bogʻliq. Shu tufayli, JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlar boʻyicha surishtiruv, tergov organlari va sudlarning eʼtibori shaxsni ayblanuvchi tariqasida javobgarlikka tortish haqidagi qarorda, ayblov xulosasi va ayblov hukmida ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan soliqqa oid qonunchilikning jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan aynan qaysi normasi talablari buzilganligi koʻrsatilishi shartligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarga rioya etmaslik dastlabki tergov toʻliq oʻtkazilmaganligi va uni sud majlisida toʻldirish imkoniyati yoʻqligi sifatida baholanishi lozim hamda jinoyat ishini qoʻshimcha tergov yuritish uchun qaytarishga sabab boʻladi (JPK 419-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq sud, tegishli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, ishni qoʻshimcha tergovga yubormasdan turib, soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash oqibatida yetkazilgan zarar summasini, basharti bu holat jinoyatning kvalifikatsiyasiga taʼsir etmasa, koʻpaytirishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda, sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, sudlanuvchining harakatlarida jinoyat tarkibi bor-yoʻqligi bilan bogʻliq holatlar boshqa dalillar bilan bir qatorda ekspert xulosasi, soliq tekshiruvi dalolatnomasi, davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarorlari asosida ham aniqlanishi mumkin. Sudlar, zarurat tugʻilganda, sud majlisiga soliq solish sohasi boʻyicha mutaxassislarni jalb qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shaxsning aybdorligiga oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyati tugagan boʻlsa, soliq toʻlovchining foydasiga hal qilinadi (JPK 23-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlar soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashga oid har bir jinoyat ishi boʻyicha surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan jinoyat-protsessual qonunining dalillar maqbulligini tartibga soluvchi normalariga rioya etilganligini sinchkovlik bilan aniqlashlari shart. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, dalillarni toʻplash uchun belgilangan tartibni buzgan holda olingan hujjatlar yoki boshqa maʼlumotlar shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlar mazkur toifadagi ishlar boʻyicha hukm chiqarishda fuqarolik daʼvosini hal etishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud fuqarolik daʼvosini qanoatlantirish toʻgʻrisida xulosaga kelganda, oʻz hukmida mahkumdan undirilishi lozim boʻlgan pul summasi miqdorini (penya va shtraf summasini qoʻshgan holda), toʻlanmagan soliqlar turiga qarab, tegishli davlat budjeti (respublika, mahalliy), budjetdan tashqari maqsadli jamgʻarma, shuningdek soliq toʻlovchi hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organi nomini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tushuntirilsinki, soliqlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash bilan bogʻliq jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasiga, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish MJtK 271-moddasining 5 va 7-bandlariga muvofiq tugatilgan taqdirda, mazkur toʻlovlar toʻlanmaganligi oqibatida yetkazilgan zararni undirish masalasi fuqarolik sudlov ishlarini yuritish tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash bilan bogʻliq jinoyat ishlarini koʻrishda, sudlar soliqqa oid jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari hamda ularni bartaraf etish yuzasidan xususiy ajrimlar chiqarishlari zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan buyon matnda — Qonun) 5-moddasi quyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida) boʻlgan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Qonun kuchga kirgunga qadar, JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellyatsiya instansiyalarida) boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari, JK 184-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda, JPK 84-moddasi birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksi 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun jazo oʻtayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari ham JK 184-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda, JPK 84-moddasi birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq, jazoni oʻtab boʻlmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yuqori instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm boʻyicha sudlangan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 184-moddasi bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazo turi va miqdorini qayta muhokama qilishlari kerak.
(191,192 va 193-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini vaqti - vaqti bilan umumlashtirishlari va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 6-iyundagi “Soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida”gi 6-sonli qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. MUSTAFAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi A. USMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
08-son