Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2013 06.06.2003 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOLIQ VA BOShQA MAJBURIY TO‘LOVLARNI TO‘LAShDAN BO‘YIN TOVLAGANLIK UChUN JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI QONUNLARNING SUDLAR TOMONIDAN QO‘LLANILIShI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31 maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga muvofiq fuqarolar qonunda belgilangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarning davlat tomonidan belgilangan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamasligi, foyda (daromad)ni yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishi, kamaytirib ko‘rsatishi, shuningdek, soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan o‘zga tarzda, jumladan, nazorat-kassa mashinalarining fiskal xotirasi xizmati dasturini noqonuniy o‘zgartirish yo‘li bilan qasddan bo‘yin tovlashi budjet siyosati barqarorligiga putur yetkazadi. Soliqdan yashirilgan mablag‘lardan, aksariyat hollarda, jamiyat manfaatlariga zid ravishda foydalanilishi soliq qonunchiligi sohasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavfliligini oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, sudlar soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik belgilovchi qonunlarni asosan to‘g‘ri qo‘llashmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda, ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha huquqbuzarlik faktini va soliqdan yashirilgan daromad (foyda) miqdorini aniqlashda, aybdor shaxslar harakatini kvalifikatsiya qilish va ularga qilmishiga yarasha jazo tayinlash kabi masalalarda ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilovchi qonunlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarga tushuntirilsinki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 174-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan soliqlar yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash deganda, foyda (daromad)ni yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek, miqdori eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan ko‘p bo‘lmagan, davlat tomonidan belgilangan soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan o‘zgacha bo‘yin tovlash tushunilmog‘i lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ancha miqdorda (eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha) soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 174-moddasining 2-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana ancha miqdorda soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, basharti bunda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 37-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tib ketmagan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 184-moddasining 1-qismi bilan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybdorning harakatini Jinoyat kodeksi 184-moddasi 2-qismining “b” bandi yoki 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilishda uning muqaddam soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligi huquqiy ahamiyatga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasi dispozitsiyasida bayon etilgan “foyda”, “daromad”, “soliq solinadigan boshqa obyektlar”, “soliqlar”, “yig‘imlar”, “bojlar”, “boshqa majburiy to‘lovlar” kabi tushunchalar mazmunini aniqlashda Soliq kodeksi va iqtisodiyot sohasidagi boshqa qonunchilik normalaridan kelib chiqish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasi bo‘yicha javobgarlik kelib chiqishining zarur sharti — soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga nisbatan qasdning mavjudligi bo‘lib, u ham harakat, ham harakatsizlikda namoyon bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foyda (daromad)ni qasddan yashirishning belgilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni soxtalashtirish (o‘chirish, g‘ayriqonuniy tuzatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qalbaki boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilmagan moddiy xarajatlarni ishlab chiqarish hisobiga qo‘shib hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonada ishlamaydigan, lekin hisobda turadigan xodimlarga ish haqi yozish yo‘li bilan mehnatga haq to‘lash xarajatlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotishdan olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromad (foyda)ni qasddan kamaytirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya (eskirish) miqdorini sun’iy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni noto‘g‘ri qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni yo‘q qilish yoki ularni taqdim etishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan mahsulot (tovar)larni sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan va soliq organlarida hisobda turmasdan xo‘jalik faoliyatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organining yozma bildirishnomasi mavjud bo‘lgani holda ikki va undan ortiq manbalardan daromad oluvchi jismoniy shaxslar tomonidan barcha daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etmaslik va boshqalardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha aybdorning qilmishida soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashning yuqorida qayd etilgan yoxud boshqa biror-bir belgisi mavjudligi isbotlangan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Surishtiruv, tergov organlari va sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, nazorat-kassa mashinalari fiskal xotirasi xizmati dasturining noqonuniy o‘zgartirilishi, daromad (foyda)ning haqiqiy miqdorini yashirishga sharoit yaratganligi tufayli soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashning bir usuli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu toifadagi ishlar bo‘yicha surishtiruv, tergov organlari hamda sudlar javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga amal qilinishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha shuni e’tiborga olish kerakki, agar soliq to‘lovchi subyektlarning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) Jinoyat kodeksining 184-moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinsa, ular Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (205—209, 227, 228-moddalari) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan qo‘shimcha ravishda kvalifikatsiya qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qonunga ko‘ra (Soliq kodeksining 133-moddasi), agar bir turdagi soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy to‘lovlar uchun to‘langan pul summasi boshqa turdagi majburiy to‘lovlar uchun qasddan to‘lanmagan summalar o‘rnini to‘liq qoplasa, shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchi o‘z xatolarini soliq organlari tomonidan hujjatli (sanoqqa asoslangan) tekshiruv o‘tkazilgunga qadar mustaqil ravishda tuzatgan taqdirda ham ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir turdagi soliq, yig‘im, boj va boshqa to‘lovlar uchun ortiqcha to‘langan summaning miqdori boshqa turdagi to‘lovlar uchun qasddan to‘lanmagan summaning miqdorini qisman qoplasa, shaxsning aybdorlik masalasi to‘langan va to‘lanmagan summalar orasidagi farq miqdoridan kelib chiqqan holda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga ko‘ra, surishtiruv, tergov organlari va sudlar soliq qonunchiligini buzishga oid ishlar bo‘yicha soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarning har bir turi uchun amalga oshirilgan to‘lovlar holatini batafsil aniqlashlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash jinoyati soliq solinadigan tegishli moliya yili (Soliq kodeksining 123-moddasi) uchun soliq qonunchiligida belgilangan muddatda soliq to‘lanmasligi holati kelib chiqqan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda surishtiruv, tergov organlari va sudlar, barcha hollarda, ushbu huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdorini to‘g‘ri aniqlashlari, ya’ni uni aybdor tomonidan yashirilgan yoki kamaytirib ko‘rsatilgan soliq solinadigan obyekt miqdori (qiymati)dan emas, balki faqat to‘lanmagan soliq yoki boshqa majburiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda belgilashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Surishtiruv, tergov organlari va sudlar to‘lanmagan soliq yoki boshqa majburiy to‘lov miqdorini aniqlashda, barcha turdagi soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlar summasidan kelib chiqishlari zarur. Bu summaga soliq qonunchiligida nazarda tutilgan penya va jarima sanksiyalari qo‘shilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lanmagan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlar miqdorini belgilashda, soliq, tergov organlari va sud, Soliq kodeksining 6-bobi (chegirmalar va zararlar) talablarini inobatga olishlari shart. Unga ko‘ra, soliq solinadigan daromad (foyda)ning miqdorini belgilashda, jami daromaddan xodimlarga ish haqi to‘lash, asosiy vositalarni ta’mirlash, ijara haqi bilan bog‘liq va boshqa xarajatlar chegiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning subyekti 16 yoshga to‘lgan, soliq solinadigan daromad (foyda)ga ega bo‘lgan va qonunga muvofiq davlat soliq organlariga daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etishga majbur bo‘lgan jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasida belgilangan javobgarlikka soliq to‘lovchi tashkilotning boshlig‘i va bosh (katta) buxgalteri yoki boshliq va bosh buxgalter vazifalarini amalda bajarayotgan xodimlari, shuningdek, buxgalteriya, bank-moliya hujjatlarini tuzish, imzolash huquqiga ega bo‘lgan va buxgalteriya hujjatlariga daromad yoki xarajatlar to‘g‘risida soxta ma’lumotlar kiritgan yoxud soliq solinadigan boshqa obyektlarni yashirgan o‘zga xizmatchilari tortilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat ishlari yuzasidan surishtiruv, tergov yuritish hamda ularni sudda ko‘rishda bunday jinoyatlarni yashirishga ko‘maklashgan barcha shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatga rahbarlik qilgan yoki ushbu jinoyatni sodir etishga soliq to‘lovchi tashkilot boshlig‘i, bosh (katta) buxgalteri, boshqa xizmatchilarini undagan yoxud o‘zining maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan jinoyatni sodir etishga ko‘maklashgan shaxslar tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi sifatida Jinoyat kodeksining 28-moddasi va 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat-kassa mashinalari fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan daromad (foyda)ni yashirishda soliq to‘lovchiga ko‘maklashgan, shu jumladan, ushbu mashinalarni ishlab chiqargan, yetkazib bergan, ularga texnik xizmat ko‘rsatgan shaxslar ham soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashda ishtirokchi sifatida javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qasddan ko‘maklashishga qaratilgan harakatlari jinoyatda ishtirokchilik sifatida Jinoyat kodeksining 28-moddasi hamda 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Agar, ayni paytda ular g‘araz yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni ham ko‘zlagan yoki shu maqsadlarda jinoyatni yashirishga ko‘maklashgan bo‘lsalar, ularning harakatlari Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar, shu jumladan pora olganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari (JK 205, 209, 210-moddalari) bilan ham qo‘shimcha ravishda kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan qilmishni ikki va undan ortiq marotaba alohida qasd bilan sodir etgan aybdorning harakati soliq to‘lashdan takroran bo‘yin tovlash sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda shaxs jinoyatni bajaruvchi yoki uning ishtirokchisi ekanligining, muqaddam sodir etilgan qilmish tugallangan jinoyat yoki jinoyatga suiqasd bo‘lganligining ahamiyati yo‘q.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning harakatlarida soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan takroran bo‘yin tovlash belgisi mavjudligi masalasini hal etishda Jinoyat kodeksining 32-moddasida ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qilmishni soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksi 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘lgan soliq miqdorini pul summasida belgilashda, jinoyat tugallangan vaqtda amalda bo‘lgan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqish lozim. Bunda Soliq kodeksining 3-moddasi va Jinoyat kodeksining 13-moddasi talablariga rioya etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash aybdor tomonidan soliq qonunchiligining muayyan normasi talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq. Shu tufayli, Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha surishtiruv, tergov organlari va sudlarning e’tibori shaxsni ayblanuvchi tariqasida javobgarlikka tortish haqidagi qarorda, ayblov xulosasi va hukmda ayblanuvchi yoki mahkum tomonidan soliq qonunchiligining jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan aynan qaysi normasi talablari buzilganligi ko‘rsatilishi shartligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarga rioya etmaslik protsessual qonun normalarini jiddiy buzish sifatida qaralmog‘i lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jinoyat kodeksining 184-moddasi sanksiyasida muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilmagan bo‘lsada, ushbu jazo Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq qo‘shimcha jazo sifatida tayinlanishi mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo tayinlash masalasini sud, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan sudlanuvchining shaxsi va jinoyat ishi holatlaridan kelib chiqqan holda, muhokama qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 184-moddasining 4-qismiga ko‘ra, qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‘rsatilgan foyda (daromad) bo‘yicha soliq va boshqa to‘lovlar to‘liq to‘langan taqdirda, aybdorga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda, sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, sudlanuvchining harakatlarida jinoyat tarkibi bor-yo‘qligi bilan bog‘liq holatlar boshqa dalillar bilan bir qatorda ekspert xulosasi, hujjatli tekshiruv va moliya-xo‘jalik faoliyati taftish aktlari asosida ham aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq barcha holatlarni to‘liq va har tomonlama aniqlash maqsadida, sudlar, zarurat tug‘ilganda, sud majlisiga soliq solish sohasi bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud, tegishli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, ishni qo‘shimcha tergovga yubormasdan turib, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash oqibatida yetkazilgan zarar summasini, basharti bu holat jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmasa, ko‘paytirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudlarning e’tibori mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha hukm chiqarishda fuqarolik da’vosi hal etilishi zarurligiga qaratilsin. Ayni vaqtda shuni nazarda tutish lozimki, soliqqa oid jinoyatlar bo‘yicha davlat budjetiga to‘lanmagan soliq miqdorida yetkazilgan moddiy zarar summasini undirish bilan birgalikda, aybdordan soliq qonunchiligida belgilangan miqdorda penya va jarima undirish haqida ham fuqarolik da’vosi kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik da’vosini qanoatlantirish to‘g‘risida xulosaga kelganda, sud o‘z hukmida mahkumdan undirilishi lozim bo‘lgan pul summasi miqdorini, to‘lanmagan soliq va boshqa majburiy to‘lov turiga qarab, ushbu summa undirilishi lozim bo‘lgan tegishli davlat budjeti (respublika, mahalliy) nomini ko‘rsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tushuntirilsinki, soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra tugatilgan taqdirda, mazkur to‘lovlar to‘lanmaganligi oqibatida yetkazilgan zararni undirish masalasi fuqarolik sudlov ishlarini yuritish tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat ishlarini ko‘rishda, sudlar ushbu jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari hamda ularni bartaraf etish yuzasidan xususiy ajrimlar chiqarishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 6-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son