Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shuningdek sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1995-yil 27-oktabrdagi 21-sonli qarori:
a) 7-bandi ikkinchi xatboshisidagi “1998-yil 22-maydagi” soʻzlari “2010-yil 6-apreldagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 28-fevraldagi 3-sonli qarori:
a) rus tilidagi matni 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “samostoyatelnimi boyevimi pripasami” soʻzlari “samostoyatelnim boyevim pripasom” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3. “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli qarori:
a) 2-bandidan “Oʻrmon kodeksi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlarni buzish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda sudlar jinoiy yoʻl bilan topilganini bila turib (baliqlarni, yovvoyi hayvonlarni, parrandalarni, daraxtlarni va hokazolarni) olgan yoki oʻtkazgan shaxslarni aniqlash choralarini koʻrishlari va muayyan holatlardan kelib chiqib, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 171-moddasi alomatlari bilan jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qilishlari lozim”.
4. “Respublika sudlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash amaliyoti bilan bogʻliq ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 1996-yil 20-dekabrdagi 38-sonli qarori:
a) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “...Sudlar jinoiy va maʼmuriy ishlarni koʻrish vaqtida, amaldagi davlat tuzumini konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qoʻyilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq daʼvat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish faktlari aniqlansa, jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qilishlari lozim”.
5. “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish amaliyoti haqida”gi 1998-yil 28-dekabrdagi 31-sonli qarori:
a) 9-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarilsin.
6. “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 2004-yil 21-maydagi 4-sonli qarori:
a) 2-bandining birinchi xatboshisidagi “besh baravarigacha” soʻzlari “oʻttiz baravarigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “besh baravaridan” soʻzlari “oʻttiz baravaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “besh baravaridan” soʻzlari “oʻttiz baravaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2009-yil 29-iyuldagi 8-sonli qarori:
a) 14-bandining ikkinchi xatboshisidagi “besh baravaridan” soʻzlari “oʻttiz baravaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 15-bandidagi “besh baravaridan” soʻzlari “oʻttiz baravaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. MUSTAFAYEV
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi A. USMANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-may,
09-son