17.09.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi, bundan keyin — Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining maqsad va prinsiplariga va xalqaro huquqning boshqa normalariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa Ittifoqi, NATO, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (bundan keyin — YXHT deb ataladi) va yangi Yevropani qurishga koʻmaklashuvchi boshqa Yevropa tizimlarining ahamiyatini anglagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xelsinki Yakunlovchi akti va yangi Yevropa uchun Parij Xartiyasining muhimligini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyoda, Yevropada va butun dunyoda tinchlik va xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga katta ahamiyat berib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama asosda, shuningdek ikkala mamlakat ishtirok etadigan koʻp tomonlama anjumanlar doirasida hamkorlikni rivojlantirishni xohlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 21-iyunda Florensiyada imzolangan Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimda belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 3-mayda Toshkentda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi oʻrtasida «Oʻzaro munosabatlar prinsiplari toʻgʻrisida» Qoʻshma deklaratsiya, Oʻzbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi oʻrtasida «Iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida» Qoʻshma deklaratsiya va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida madaniy va ilmiy hamkorlik toʻgʻrisida Bitim qoidalarini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz munosabatlarida demokratiya, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish prinsiplariga asoslanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz munosabatlarini suverenitet va mustaqillik, davlatlarning teng huquqliligi, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlatish bilan qoʻrqitmaslik, nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilish, mavjud davlat chegaralarining buzilmasligi, hudud yaxlitligi va ular harakatlarining xalqaro huquq normalariga mos boʻlishi prinsiplariga amal qilgan holda rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro qiziqish uygʻotadigan ikki tomonlama va koʻp tomonlama masalalar boʻyicha maslahatlashishlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning tashqi ishlar vazirliklari vaqti-vaqti bilan boʻladigan aloqalarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar, shuningdek ikki mamlakat parlamentlari, markaziy va mahalliy organlari oʻrtasidagi, xususan, tegishli mintaqa va shaharlar oʻrtasidagi, shuningdek ikki davlat ijtimoiy tashkilotlari va fuqarolari oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlari ishtirokchi boʻlgan yoki ishtirokchi boʻladigan xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar Yevroatlantik sheriklik Kengashining faoliyatiga koʻmaklashish va YXHT rolini mustahkamlash yoʻli bilan mintaqaviy va dunyo miqyosida xavfsizlik masalalariga alohida eʼtiborni qaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida, ayniqsa yadro qurolini tarqatmaslik qoidalarini kuchaytirish va shuningdek oddiy qurol-aslahalarning aylanishi ustidan nazoratni yana ham kuchaytirish yoʻli bilan, yalpi qirgʻin qurollari tarqatishning oldini olish muhim ekanligini eʼtirof etib, Ahdlashuvchi Tomonlar, imkoni boricha kelishilgan shaklda, qurolsizlanish va yadro qurolini tarqatmaslik jarayonini rivojlantirishga qaratilgan maxsus xalqaro anjumanlar doirasida hamkorlik qilish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun vositalarni tanlaydi, bunda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon manfaatlari ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar mintaqaviy xarakterdagi mexanizmlardan, shuningdek BMT Nizomida va Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli konvensiyalarida koʻzda tutilgan mexanizmlardan foydalangan holda huquqning ustuvorligi, demokratiya, siyosiy plyuralizm va inson huquqlarini himoya qilish prinsiplarini mustahkamlash maqsadidagi hamkorlikka ham alohida eʼtiborni qaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomaning preambulasida eslatib oʻtilgan Oʻzbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi oʻrtasida "Iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida"gi Qoʻshma deklaratsiyada koʻzda tutilgan usul va shakllar vositasida oʻzaro hurmat, teng huquqlilik va oʻzaro foyda olish prinsiplari asosida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning preambulasida eslatib oʻtilgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida madaniy va ilmiy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimdan kelib chiqib, Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida madaniy almashuvni ragʻbatlantiradilar, shu yoʻsinda oʻz hududlarida ikkinchi mamlakatning adabiyoti, sanʼati va madaniyatini oʻqitish va tarqatish yoʻli bilan oʻz xalqlarini yaqinlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ilgʻor texnika va texnologiyalarni joriy qilish, olimlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarining bevosita aloqalarini va birgalikdagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash uchun fundamental va amaliy fanlar sohasida samarali hamkorlikka koʻmaklashadilar. Shu maqsadda ular qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirishni, qoʻshma korxonalar tuzishni, olimlar va mutaxassislar bilan almashishni va hamkorlikning boshqa shakllarini ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar aholi sogʻligʻini saqlash, tibbiyot fani va amaliyotini rivojlantirish va kasalliklarning oldini olish sohasidagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar axborot, tajriba, qoʻshma nashrlar va ekspertlar tashrifi bilan almashish vositasida arxelogik, badiiy va madaniy merosni saqlash, muhofaza qilish, foydalanish va qayta tiklash sohasidagi ekspertlar va vakolatli organlar hamkorligiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻz hududida ishlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning arxeologik ekspeditsiyalari faoliyatiga ham koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar bir Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlish qoidalarini buzgan Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarolarini qaytarib berish toʻgʻrisida maxsus bitimlar tuzish maqsadida muzokaralar olib borish majburiyatini olgan holda, immigratsiya ustidan nazorat olib borish, shuningdek noqonuniy immigratsiya va unga daxldor jinoiy tashkilotlarga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquq normalari va ichki qonunchilikka muvofiq ikki tomonlama va koʻp tomonlama asosda xalqaro uyushgan jinoyatchilik; giyohvand moddalarni tashish, jinoiy faoliyatdan kelgan daromadlarni legalizatsiya qilish; terrorizm, shu jumladan fuqarolik aviatsiyasi va transportning boshqa turlari xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy harakatlar; giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi; madaniy va tarixiy boyliklarni noqonuniy olib chiqish va jinoyatning boshqa turlariga qarshi kurashda hamkorlik qiladilar. Shu maqsadda milliy qonunchilikka muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlar tajriba va operativ axborot bilan almashadilar, shu yoʻnalishda birgalikda chora-tadbirlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar huquqiy axborot bilan almashish va huquqiy aktlarni qoʻllash sohasida hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnoma qoidalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, shuningdek oʻzaro qiziqish uygʻotadigan boshqa sohalarda alohida bitimlar tuzish maqsadida muzokaralar olib borish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomani talqin qilish va qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni maslahatlashishlar va muzokaralar yoʻli bilan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari bilan almashilgan kuni kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar, oʻzaro kelishgan holda, ushbu Shartnomaga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritishlari mumkin, ular ushbu Shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadigan tegishli — protokollar bilan rasmiylashtiriladi. Bu protokollar 15-moddaning qoidalariga muvofiq kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT Nizomining 102-moddasiga muvofiq ushbu Shartnoma BMTning Kotibiyatida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma oʻn yillik muddatga tuziladi va uning amal qilishi oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma istalgan vaqtda denonsatsiya qilinishi mumkin va uning amal qilishi boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabardor qilingandan olti oy oʻtgandan soʻng toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1997-yil 17-sentyabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek va italyan tillarida imzolandi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.

(imzolar)