03.05.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma deklaratsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro munosabatlar qatʼiyatlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi, bundan keyin Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar deb yuritiluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demokratiya, ozodlik, birdamlik va inson huquqlariga rioya qilish qatʼiyatlari asosida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish zaruratiga qatʼiy ishongan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa, Markaziy Osiyo va butun jahonda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik ishiga hissa qoʻshishga ahd qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala xalq oʻrtasida yaqindan doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish niyatida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz munosabatlarini xalqaro huquq qatʼiyatlari va hurmat hamda BMT Xartiyasi, YXHTning Xelsinki Yakunlovchi Akti, Yangi Yevropa uchun Parij Xartiyasi va boshqa hujjatlariga amal qilish asosida oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlar oʻrtasida suveren tenglik, hududiy butunlikni hurmat qilish, hududlarning oʻzgarmasligi va buzilmasligi, bahslarni tinch yoʻl bilan hal etish, teng huquqlilik va oʻzaro foyda koʻrish, xalqaro majburiyatlarni ogʻishmay bajarish qatʼiyatlariga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar inson va etnik ozchilik huquqlariga, demokratiya qatʼiyatlari va fundamental ozodlikka amal qilishga alohida ahamiyat beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar barcha xalqlarni tinchlik, barqarorlik, taraqqiyot va iqtisodiy hamda ijtimoiy farovonlik bilan taʼminlash uchun xalqaro munosabatlarda yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy, avvalo, xavfsizlik va qurolsizlanish sohalaridagi oʻzgarishlar davlatlar oʻrtasidagi yanada yaqin munosabatlar asosida yuz berishiga erishilishi kerak deb hisoblaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar shunga ishonadilarki, xalqaro xavfsizlik Yevropa va Osiyoda demokratik oʻzgarishlar oʻz tasdigʻini topayotgani va kuchayayotgani, har bir xalqning oʻz taqdirini oʻzi belgilayotgani va ichki hamda tashqi siyosatini daxlsiz hamda tashqaridan hech kimning aralashuvisiz belgilayotgani bilan uzviy ravishda bogʻliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar yadro qurolini tarqatmaslik rejimini mustahkamlash va ommaviy qirgʻin qurollarining har qanday turini tarqatishning oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlar qoʻllashni qatʼiy bayon qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar shunga ishonadilarki, mamlakatlarining kelajagi muayyan darajada iqtisodning rivojlanishi va bozor iqtisodiyotiga asoslangan tizimning tuzilishiga bogʻliq. Ular turli sohalar, shu jumladan, energetika, qazib olinuvchi va qayta ishlanuvchi sanoat, mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati, qishloq xoʻjaligi, aloqa va naqliyot, yengil sanoat, raqobatga bardosh beruvchi oxirgi mahsulotlar ishlab chiqarishga moʻljallangan qoʻshma korxonalar barpo etish, infratuzilmalar, zamonaviy texnologiyalar va mutaxassislar tayyorlash sohalarida oʻzaro foydali hamkorlikning yangi shakllari paydo boʻlishi uchun zarur sharoitlar yaratib beradilar. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri ikkinchi Oliy Ahdlashuvchi Tomon ishbilarmonlarining oʻz hududidagi faoliyatini ragʻbatlantiradi hamda oʻzbek va italyan firmalari oʻrtasidagi hamkorlikka yordamlashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar yuqorida koʻrsatilgan sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish uchun siyosiy, iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratib berish uchun zarur chora-tadbirlar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Italiya ikkala mamlakat xalqlari va tashkilotlari yaqinlashuviga koʻmaklashish uchun Oʻzbekistonga oʻzining huquq, siyosat, iqtisod va madaniyat sohalaridagi barcha tajribalarini berishga tayyor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar, sayyoramiz butun insoniyatning umum mulki va unda hayotni saqlab qolish hamda yaxshilash barcha hukumatlarning eng muhim maqsadi hisoblanadi, deb biladilar. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar atrof-muhit uchun mavjud xavflarni kamaytirish va xalqaro nazoratni kuchaytirgan holda ekologik muvozanatni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur chora-tadbirlar qoʻllash maqsadida xalqaro hamjamiyat faol hamkorlik qilishiga rozi. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorliklarini rivojlantiradilar va tajriba hamda texnologiyalar almashlashni tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Madaniyatga xalqlar va kishilarning yaqinlashuvi yoʻlidagi bebaho vosita sifatida alohida ahamiyat berib, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ikkala mamlakat oʻrtasidagi madaniy, shuningdek, taʼlim, fan va madaniy merosni asrash sohalaridagi hamkorliklarni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar universitetlar, boshqa oliy taʼlim institutlari, akademiyalar va ilmiy muassasalar oʻrtasida keng hamkorliklar, shuningdek, tadqiqotchilar, oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasidagi imkoni boricha almashlashni ragʻbatlantiradilar. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar diplomatik kanallar orqali taklif qilingan maxsus qoʻshma ekspert guruhlari ishlab chiqqan loyihalar asosida maktab hamda universitet darajasidagi taʼlim toʻgʻrisidagi guvohnomalarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida hukumatlararo bitimlar tuzish imkoniyatini aniqlash va tizim va oʻquv planlarini taqqoslash maqsadida ikkala maktab va universitet taʼlimi va ularning rivoji haqidagi maʼlumotlarni muntazam yangilab borish, shu jumladan vaqti-vaqti bilan hujjatlar va ekspertlar tashriflari almashlash yoʻli bilan, majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar zarurat tugʻilib qolgan taqdirda ikkinchi Oliy Ahdlashuvchi Tomondagi oʻgʻirlab ketilgan yoki qonunsiz yoʻl bilan olib ketilgan madaniy boyliklarni qaytarishga oʻzaro yordam qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar madaniyat va boshqa sohalarda yoshlar almashlashlariga qulay sharoitlar yaratadilar, ikkala mamlakat oʻrtasida sayohatlar rivojlanishini ragʻbatlantiradilar, tegishli infratuzilma barpo boʻlishiga yordamlashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ham milliy chegaralardan chiqadigan va faqat samarali xalqaro hamkorlik yoʻli bilangina bartaraf etilishi mumkin boʻlgan giyohvand moddalarni qonunsiz ravishda ishlatish, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmni kulfat deb hisoblaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar imkoni boricha yuqorida sanab oʻtilgan, ikki taraflama va koʻp taraflama asosda taqiqlangan faoliyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, shuningdek, oʻxshash tuzilma va huquqiy tuzilmalar yaratish yoʻli bilan hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ikki taraflama munosabatlarga va oʻzaro manfaatli xalqaro muammolarga daxldor masalalar boʻyicha mashvaratlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala mamlakat tashqi ishlar vazirliklari doimiy ravishda aloqada boʻladilar. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlari ishtirok etadigan xalqaro tashkilotlarda hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirishga alohida ahamiyat beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ular, shuningdek oʻz fuqarolari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarga yordamlashadilar va birodar shaharlar aloqalarini hamda ikkala mamlakat mintaqalari va shaharlari oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanishini ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Deklaratsiyada kelishib olingan sohalarda, shuningdek oʻzaro manfaatli boshqa jabhalarda ikki taraflama bitimlar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar shuni tasdiqlaydilarki, ushbu Deklaratsiya hech qanday uchinchi davlatga qarshi qaratilgan emas va u Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzlari ishtirok etayotgan boshqa ikki taraflama va koʻp taraflama shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoʻshma Deklaratsiya imzolangan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuning tasdigʻi sifatida, quyida imzo chekuvchilar, Hukumatlarining tegishli vakolatini olgan vakillari, ushbu Qoʻshma Deklaratsiyani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1997-yil 3-mayda har biri oʻzbek va italyan tillaridagi ikki asl nusxada tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)