Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021 06.08.2012 yildagi X-531/8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAShQADARYo VILOYATI Dehqonobod tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqonobod tumanida 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish borasida ishlab chiqilgan aniq va manzilli dasturlar asosida 2012-yilning oʻtgan davrida tuman hokimligi, tegishli idoralar, korxona va tashkilotlar tomonidan yangi ish joylari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlik, kichik biznes, kasanachilikni va bandlikning boshqa samarali shakllarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Joriy yilning 6 oyida iqtisodiyot tarmoqlarida turli moliyaviy manbalar hisobidan jami 2869 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi (dasturga nisbatan 102,6 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlillar yangi ish oʻrinlari yaratish yuzasidan yillik dasturning barcha parametrlari ortigʻi bilan bajarilishini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vazifalardan biri 2013-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlarni inobatga olgan holda aniq va manzilli dastur ishlab chiqilishini taʼminlashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash va uning turmush farovonligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri qilib belgilab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash 2013-yilda ham eng ustuvor masalalardan biri boʻlishini chuqur his qilgan holda hokimlik, korxona va tashkilotlar, fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda tumanda 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining loyihasini tayyorlash boʻyicha qizgʻin ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur loyihasini ishlab chiqish boʻyicha tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari boshchiligida ishchi guruh ish olib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tomonidan har bir fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholi punktlaridagi mavjud imkoniyatlar, bundan tashqari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan obyektlar hamda tadbirkorlik subyektlarining rejalarini inobatga olib fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida aniq va manzilli dasturlar tayyorlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda moliyaviy mablagʻ miqdori va manbalari aniq hisob-kitob qilinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy obyektlarni foydalanishga topshirish, “Tarmoq” dasturi va boshqa yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan dasturlardagi koʻrsatkichlar aniqlanib, ish oʻrinlari yaratish dasturiga kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tumandagi tijorat banklarining kredit portfelidan kelib chiqib, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyozli kreditlar hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlari ham inobatga olinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda 2013-yilga moʻljallangan dasturning bajarilishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga erishish, aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi, hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga amal qilgan holda qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqonobod tumanining 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi Ishchi guruhi 1-ilovaga, tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlarining dastur koʻrsatkichlari parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimining oʻrinbosarlari mavjud tabiiy resurslar va xalq xoʻjaligida alohida ahamiyatga ega boʻlgan sohalarda ishlab chiqarilayotgan xomashyo hamda yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab tayyor mahsulot chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar barpo etish va faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar quvvatidan toʻliq foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (N. Soqiyev)ga ushbu dastur koʻrsatkichlari parametrlari boʻyicha ikki kun muddatda korxonalar bilan kelishgan holda 2013-yilda har bir hudud (mahallalar)da tashkil etiladigan ish oʻrinlari parametrlari boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqib tuman hokimligiga taqdim etish hamda, 2013-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosi monitoringini yuritishda investitsiya, lokalizatsiya, tarmoqlar, hududlarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va boshqa maqsadli dasturlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman tijorat banklari (B. Roziqov, D. Sharipov, M. Aliqulovlar)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat banklaridan 2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilgan kredit resurslaridan Dehqonobod tumaniga ajratilishi reja-jadvalini tasdiqlatib olish, kredit yoʻnalishlarini yangi kichik biznes subyektlarini tashkil etish, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, birinchi navbatda mehnat bozorida tanglik kuzatilayotgan hududlarda kichik hajmdagi korxonalar tashkil etishga kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar ajratishni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan dastur koʻrsatkichlari parametrlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tasdiqlangan reja-grafigiga muvofiq tijorat banklari tomonidan 2013-yilda yangi ish joylari yaratish uchun kreditlarning belgilangan muddatlarda ajratilishini qatʼiy nazoratga olish, mablagʻlar ajratilishini hokimlik, tadbirkorlar ishtirokida muhokama etib, zarur choralarini koʻrish tavsiya etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (I. Kenjayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norasmiy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni rasmiylashtirsin va yangidan tashkil etish ishtiyoqida boʻlgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashi soʻralsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha ishchi komissiyaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarni yangilash yoʻnalishi boʻyicha ish joylari tumanning 2013-yilga moʻljallangan investitsiya va tarmoq dasturlariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Xolov) iqtisodiyot boʻlimi (N. Soqiyev) bilan birgalikda 2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosining har oylik tizimli monitoringini hududlar va tarmoqlar kesimida amalga oshirsin, dastur ijrosi haqida tahliliy maʼlumotlarni hamda hisobotlarni Ishchi komissiyaga taqdim etib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat statistika boʻlimi (B. Omonov) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Xolov) bilan birgalikda barcha chora-tadbirlar hisobiga yaratilayotgan yangi ish joylari hisobining yuritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari N. Boboyev, K. Xoliqov, D. Hasanovalar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. OMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorashina sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 6-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X-531/8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqonobod tumani hokimining
2012-yil 6-avgustdagi
X-531/8-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha ishchi komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

F.I.Sh‎

Lavozimi boʻyicha‎
‎A. Omonov Tuman hokimi — ishchi guruh rahbari‎
N. Boboyev‎ Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari — ishchi
‎guruh ‎ rahbari oʻrinbosari‎
K. Xoliqov‎ Tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar
‎boʻyicha oʻrinbosari — ishchi guruh rahbari
‎oʻrinbosari‎
D. Hasanova‎ Tuman hokimining oʻrinbosari — ishchi guruh
‎rahbari oʻrinbosari‎
‎ Aʼzolari‎ ‎
N. Lutfullayev‎ Tuman prokurori‎
N. Soqiyev‎ Iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi‎
I. Kenjayev‎ Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi v b.‎
B. Omonov‎ Statistika boʻlimi boshligʻi‎
X. Ashurov‎ Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish
‎inspeksiyasi boshligʻi‎
N. Choriyev ‎ Tuman moliya boʻlimi mudiri‎
A. Xolov‎ Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy
‎muhofaza qilish markazi direktori
‎Ishchi komissiya oʻrinbosari‎
B. Roziqov‎ “Agrobank” tuman boʻlimi boshligʻi‎
D. Sharipov‎ “Xalq banki” tuman boʻlimi boshligʻi‎
M. Aliqulov‎ “Mikrokreditbank” Qarshi shahar amaliyot boʻlimiga
‎qarashli Dehqonobod Mini banki rahbari‎
S. Musayev‎ “Mahalla” jamgʻarmasi boʻlimi boshqaruvi kengashi
‎raisi‎
‎ Tuman qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari
‎raislari‎
‎ Tuman kengashi deputatlari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqonobod tumani hokimining
2012-yil 6-avgustdagi
X-531/8-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 2013-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash parametr koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎

Yoʻnalishlar‎

‎2013 reja

‎I.

Jami yaratiladigan ish oʻrinlari‎

‎5176

‎ Shu jumladan:‎ ‎
1.‎ Yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va ‎quvvatlarni yangilash‎ 378‎
2.‎ Kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish‎ 1758‎
shundan:‎ ‎
2.1.‎‎ sanoatda‎ 275‎
2.2.‎ qurilish-pudrat ishlarini kengaytirish, jumladan uy-joy qurilishi va taʼmirlash‎ 328‎
2.3.‎ xizmat koʻrsatish va servis‎ 1155‎
3.‎ Yakka va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish‎ 731‎
4.‎ Uy mehnatining barcha shakllarini rivojlantirish‎ 1428‎
4.1.‎ shu jumladan, korxonalar bilan kooperatsiyada mehnat shartnomalari asosida kasanachilik‎ 123‎
5.‎ Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish (parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik va ‎boshqalar)‎ 620‎
6.‎ Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish‎ 261‎
7.‎ Ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash‎ 0‎

II.‎

Ish oʻrinlarining tarkibi‎ ‎
1.‎ Ayollar uchun‎ 2186‎
2.‎ Yoshlar uchun (15 yoshdan— 30 yoshgacha)‎ 2949‎
2.1.‎ shu jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun‎ 1339‎
3.‎ Qishloq joylarida‎ 5594‎
4.‎ Kvotalangan (zaxiralangan) ish oʻrinlari‎ 408‎