QAShQADARYo VILOYATI Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashining
Qarori
2013-yilda Mirishkor tumanida moliyalashning barcha manbalari hisobidan yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining parametrlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mirishkor tumanida aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish borasida ishlab chiqilgan aniq va manzilli dasturlar asosida 2012-yilning oʻtgan davrida tumandagi tegishli idora va tashkilotlar tomonidan yangi ish joylari tashkil etish va aholi bandligining boshqa samarali shakllarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Oʻtgan 6 oyda iqtisodiyot tarmoqlaridan turli moliyaviy manbalar hisobidan jami 2063 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi (dasturga nisbatan 104,8 %).
Tahlillar yangi ish oʻrinlari yaratish yuzasidan yillik dastur barcha parametrlari ortigʻi bilan bajarilishini koʻrsatmoqda.
Endigi asosiy vazifalardan biri 2013-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha imkoniyatlarni inobatga olgan aniq va manzilli dastur ishlab chiqilishini taʼminlashdan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan aholini ish bilan taʼminlanishini yaxshilash va uning turmush farovonligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri qilib belgilab berilgan.
Aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish 2013-yilda ham eng ustuvor masalalardan biri boʻlishini chuqur his qilgan holda, tuman hokimligi va tumandagi korxona va tashkilotlar, fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda tumanda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish joylariga boʻlgan ehtiyoj va qoʻshimcha yangi ish oʻrinlari yaratish dasturining loyihasini tayyorlash boʻyicha qizgʻin ishlar olib borilmoqda.
Mirishkor tumanida 2013-yilda ish joylariga boʻlgan ehtiyoj va qoʻshimcha yangi ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha takliflar oʻrganib chiqilganda yangi ish joylariga boʻlgan ehtiyoj jami 5719 ta, jumladan ishga joylashishga muhtojlar 5406 ta, mehnat resurslarining iqtisodiy faol aholi qismi oʻsishi 1694 ta, shundan kasb-hunar kolleji bitiruvchilari 1419 ta, mehnat resurslarining iqtisodiy faol aholi qismi kamayishi (pensiyaga chiqqanlar, vafot etganlar va boshqalar) hisobiga 738 tani tashkil etmoqda.
Dastur loyihasini ishlab chiqish boʻyicha tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari boshchiligida ishchi guruhi ish olib bormoqda.
Ishchi guruhi tomonidan har bir fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va aholi punktlaridagi mavjud imkoniyatlar, bundan tashqari joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan obyektlar hamda tadbirkorlik subyektlarini rejalari inobatga olinib, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida aniq va manzilli tayyorlanmoqda. Shuningdek, moliyaviy mablagʻlar miqdori va manbalari aniq hisob-kitob qilinmoqda.
Bundan tashqari, ijtimoiy obyektlarni foydalanishga topshirish, “Sanoat korxonalarini kengaytirish, texnik qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari” dasturi va boshqa yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan dasturlardagi koʻrsatkichlar ham olib chiqilib, ish oʻrinlari yaratish dasturiga kiritilmoqda.
Shuningdek, tumandagi tijorat banklari va ularning joylardagi boʻlimlarining kredit portfelidan kelib chiqib aholiga va tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyozli kreditlar hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlari ham inobatga olindi.
Tumanda 2013-yilda yangi ish joylari yaratish hududiy dasturi parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2012-yil 19-yanvarda Vazirlar Mahkamasi majlisida belgilab berilgan 2012-yilda Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari ijrosini taʼminlashning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga erishish, aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi.
1. 2013-yil davomida tumanda yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tumanda 2013-yilda yangi ish joylari yaratish hududiy dasturi parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2012-yil 19-yanvarda Vazirlar Mahkamasi majlisida belgilab berilgan 2012-yilda Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari ijrosini taʼminlashning davomiy choralari doirasida shakllantirilganligi maʼqullansin.
3. 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tuman ishchi komissiyaning hududlarga biriktirilgan aʼzolari:
har oyda biriktirilgan hududga chiqqan holda 2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosini tanqidiy oʻrganib, hokimlik va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokama etib borsinlar;
hududiy dasturlarni amalga oshirishda yoʻl qoʻyilayotgan qoloqlik va muammolarni aniqlab, ularni bartaraf qilish yuzasidan tegishli choralarni koʻrsinlar;
berilgan vazifalarni talab darajasida bajarmagan tegishli tashkilotlar va masʼul davlat organlari, tijorat banklari va korxonalar rahbarlarining masʼuliyatini koʻrib chiqish yuzasidan tuman ishchi komissiyasiga takliflar kiritib borsinlar;
hududiy dasturlarga kiritilgan obyektlarni oʻz vaqtida ishga tushirilishi, dastur parametrlarining toʻliq va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin.
4. Tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi v/b (A. Boymirzayev)ga:
ushbu parametrlar boʻyicha tuman hokimligi bilan kelishgan holda 2013-yilda har bir hududda yaratiladigan yangi ish oʻrinlari parametrlarini yana bir marotaba tahlil qilib, tuman hokimligiga taqdim etilsin.
5. Tuman tijorat banklariga:
tuman hokimligi bilan birgalikda moliyaviy sogʻlomlashtirish choralarini qoʻllanilgan sharoitda ish joylarini tiklash, ulardagi boʻsh ish joylari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish imkoniyati boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalar hisobiga yaratiladigan yangi ish oʻrinlariga aniqlik kiritish;
tasdiqlangan reja-grafigiga muvofiq tijorat banklari tomonidan 2013-yilda yangi ish joylari yaratish uchun kreditlarning belgilangan muddatlarda ajratilishini qatʼiy nazoratga olish, mablagʻlar ajratilishini joylarga chiqqan holda tadbirkorlar ishtirokida muhokama etib zarur choralarni koʻrish;
tuman hokimligi boshchiligida tarkibga manfaatdor tashkilotlar rahbarlari kiritilgan ishchi guruhlari tashkil etilsin, ularning zimmasiga yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash choralarini koʻrish, manzilli dasturlarga kiritilgan korxonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jumladan roʻyxatdan oʻtkazish, moddiy texnika resurslaridan, muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanish, dastlabki sarmoyani shakllantirish, kreditlar olish, soliqqa tortish, mahsulotini sotish kabi muammolarni aniqlash va joyida hal etish choralarini koʻrish vazifalari tavsiya etilsin.
6. Mikrokreditbank tuman filiali qishloq joylarida xizmat koʻrsatish va servis obyektlarini ishga tushirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish reja-jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish tavsiya etilsin.
7. Tuman savdo sanoat palatasi v/b (A. Jabborov):
xususiy tadbirkorlik, kichik biznes va xizmatlar sohasini rivojlantirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish hamda sohada yangi ish oʻrinlari yaratishga asosiy masʼul etib belgilansin;
kichik biznes subyektlarining tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini joylarga chiqib oʻrgansin hamda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy choralarni koʻrsin.
8. Aksiyadorlik tijorat “Agrobank” Mirishkor tumani Yangi Mirishkor va Pomuk filiallari tegishli tashkilotlar bilan birgalikda:
iqtisodiy nochor va ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash va ularda yangi ish oʻrinlari yaratish chora-tadbirlariga asosiy masʼul etib belgilanishi;
iqtisodiy nochor va ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash va ularda yangi ish oʻrinlari yaratishning prognoz parametrlari ijrosining taʼminlanishini qatʼiy nazoratga olishi tavsiya etilsin.
9.Tuman moliya boʻlimi boshligʻi v/b (S. Kuyliyev), “Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi tuman boʻlimi bilan birgalikda tarmoqni kengaytirishni qoʻshimcha chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va hududlar kesimida 2013-yilda yangidan tashkil etiladigan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqsin.
10. Tuman soliq inspeksiyasi v/b (F. Fayziyev)ga;
norasmiy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni rasmiylashtirish va yangidan tadbirkorlik subyekti tashkil etish ishtiyoqida boʻlgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tavsiya etiladi.
11. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Qorayev), tuman iqtisodiyot boʻlimi (A. Boymirzayev) bilan birgalikda:
2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosining har oylik tizimli monitoringini hududlar va tarmoqlar kesimida amalga oshirsin;
dastur ijrosi haqida umumlashgan maʼlumotlarni tuman hokimligiga har oy (hisobot oyi uchun keyingi oyning 10-sanasigacha) kiritib borsin.
dastur ijrosini taʼminlash yuzasidan hududlar, tarmoq va korxonalar boʻyicha aniq takliflar kiritib borilsin.
12. Tuman statistika boʻlimi (A. Toshpoʻlatov), tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Qorayev) bilan birgalikda, barcha chora-tadbirlar hisobiga yaratilgan yangi ish joylarining hisobini yuritilishini taʼminlasin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlarni belgilash, budjetdan tashqari fondlarni shakllantirish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi (B. Nurmamatov) zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi D. ABDIYEV
Yangi Mirishkor sh.,
2012-yil 23-iyul,
4/12-50-son
Mirishkor tumani boʻyicha 2013-yil davomida yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining
PARAMETRLARI
| T/r | Koʻrsatkichlar | Reja |
| 1. | Jami barcha yoʻnalishlar boʻyicha yaratiladigan yangi ish oʻrinlari | 3940 |
| 2. | Yangi yirik ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish | 0 |
| 3. | Mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish va kengaytirish | 150 |
| 3.1. | Kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilish | 1116 |
| 3.2. | Kichik sanoat (oziq-ovqat, nooziq-ovqat, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqalar) | 143 |
| 3.3. | Qurilish | 134 |
| 4. | Xizmat koʻrsatish, savdo va umumiy ovqatlanish va boshqalar | 442 |
| 5. | Xususiy (yakka) tadbirkorlikni rivojlantirish | 197 |
| 6. | Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga | 371 |
| 6.1. | Uy mehnatining barcha shakllarini tashkil etish | 894 |
| 7. | shu jumladan korxonalar bilan kooperatsiyada mehnat shartnomalari asosida kasanachilik | 171 |
| 8. | Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish | 931 |
| 9. | Ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish | 281 |
| 10. | Tijorat banklariga berilgan bankrot korxonalar faoliyatini qayta tiklash | 0 |
2012-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish dasturining ijrosini nazorat qilish va tashkiliy masalalarda amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha
Ishchi guruHi tarkibi
| T/r |
QFY va MFYlar |
Korxona va tashkilot rahbarlari | Tijorat banklari rahbarlari |
Tuman hokimi oʻrinbosarlari |
| 1. | Mirishkor QFY | A. Boymirzayev — tuman Iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi v/b |
Sh. Xamroyev — Yangi Mirishkor Agro bank boshqaruvchisi v/b |
M. Joʻrayev |
| 2. | Jeynov QFY | S. Aminov — tuman gʻazna boʻlimi boshligʻi |
Sh. Xamroyev — Yangi Mirishkor Agro bank boshqaruvchisi v/b |
A. Meylimurodov |
| 3. | Guliston QFY | A. Toshpoʻlatov — tuman Statistika boʻlimi boshligʻi |
X. Meyliyev — Qarshi Turon bank Mirishkor filiali boshqaruvchisi |
A. Meylimurodov |
| 4. | Obod QFY | O. Choriqulov — tuman Sugʻurta boʻlimi boshligʻi |
I. Pardayev — Xalq banki Mirishkor boʻlimi boshqaruvchisi |
A. Meylimurodov |
| 5. | Navbahor QFY | K. Bobomurodov — tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi |
Sh.Xamroyev — Yangi Mirishkor Agro bank boshqaruvchisi v/b |
A. Meylimurodov |
| 6. | Yangiobod QFY | B. Ashurov — tuman Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boshligʻi |
L.Jumayev — Mikrokredit bank Mirishkor filiali boshqaruvchisi |
N. Nuryogʻdiyeva |
| 7. | Avazchoʻl QFY | I. Pardayev — Xalq banki Mirishkor boʻlimi boshqaruvchisi |
I. Pardayev — Xalq banki Mirishkor boʻlimi boshqaruvchisi |
N. Nuryogʻdiyeva |
| 8. | Vori QFY | R. Bozorov — Yangi Mirishkor Agro bank boshqaruvchisi |
R. Bozorov — Yangi Mirishkor Agro bank boshqaruvchisi |
N. Nuryogʻdiyeva |
| 9. | Gulshanbogʻ QFY | F. Rajabov — tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasi boshligʻi |
L. Jumayev — Mikrokredit bank Mirishkor filiali boshqaruvchisi |
N. Nuryogʻdiyeva |
| 10. | Chandir QFY | Sh. Qorayev — tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori |
X. Meyliyev — Qarshi turon bank Mirishkor filiali boshqaruvchisi |
A. Meylimurodov |
| 11. | Chamanzor QFY | X. Yuldoshov — Tuman Moliya boʻlimi boshligʻi |
Y. Roʻzimurodov — Agro bank Pomuk boʻlimi boshqaruvchisi |
M. Joʻrayev |
| 12. | Pomuk QFY | Y. Roʻzimurodov — Agro bank Pomuk boʻlimi boshqaruvchisi |
Y. Ruzimurodov — Agro bank Pomuk boʻlimi boshqaruvchisi |
M. Jurayev |