Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2418-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 4-maydagi 01-02/13-19-sonli ““Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2418-5, 04.05.2021-y.) asosan 2021-yil 5-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 28-yanvardagi 01-02/12-9-son qarori (roʻyxat raqami 2418, 2013-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-iyun,
01-02/12-11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 22-iyundagi 01-02/12-11-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Dastlabki bojxona deklaratsiyasi (keyingi oʻrinlarda — DBD deb yuritiladi) tovarlarni bojxona hududiga yetib kelguniga qadar deklaratsiyalash boʻlib, u deklarantning xohishiga koʻra qoʻllanilishi mumkin.”.
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Agarda DBDda koʻrsatilgan tovarlar deklaratsiyani qabul qilgan bojxona postiga deklaratsiya qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kuni ichida taqdim etilmasa, u topshirilmagan deb hisoblanadi. Bunday hollarda DBD bekor qilinadi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 347-modda)