Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 27.06.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2472
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2472]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-son “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 317-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 11-iyundagi 16, 14-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 128-modda) va “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-son “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 317-modda) muvofiq haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “A”, “B”, “S”, “D” va “E” toifalaridagi avtomototransport vositalari hamda tramvay va trolleybus (bundan buyon matnda transport vositasi deb yuritiladi) haydovchilari va haydovchilikka nomzodlar, ularning sogʻligʻi transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini aniqlash maqsadida ushbu Nizomda belgilangan tartibda majburiy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Haydovchilar, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan haydovchilardan tashqari, har ikki yilda bir marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat asosida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi haydovchilar tibbiy koʻrikdan har yili oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Haydovchilikka nomzodlar tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini olish uchun dastlabki tibbiy koʻrikdan, transport vositalarining haydovchilari esa davriy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vositalarining biron bir toifasini (“A”, “B”, “S”, “D” va “E”) boshqarish huquqiga hamda ushbu toifa boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtish muddati tugamagan tibbiy xulosaga ega va quyi toifadagi (misol uchun “A” toifa “B” toifaga nisbatan quyi hisoblanadi) transport vositalarini boshqarishga nomzodlar qoʻshimcha koʻrikdan oʻtishlari shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Haydovchilar va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davlat davolash-profilaktika muassasalari qoshida tashkil etiladigan tibbiy haydovchilik komissiyalari (bundan buyon matnda tibbiy komissiya deb yuritiladi) tomonidan pullik asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoshida tibbiy komissiyalar tashkil etiladigan davlat davolash-profilaktika muassasalari hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini aniqlash uchun dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tibbiy mehnat ekspert komissiyalari (bundan buyon matnda TMEK deb yuritiladi) tomonidan bepul amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-apreldagi 23, 32-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2472-1, 12.05.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zarur hollarda, yaʼni tibbiy komissiya shifokorlarining soha yoʻnalishiga tegishli boʻlmagan kasalliklar aniqlanganda, tibbiy komissiya tarkibiga boshqa shifokor mutaxassisi jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish muddati uch kalendar kunidan oshmasligi kerak. Murakkab, qoʻshimcha tibbiy tekshiruv talab etiladigan holatlarda ushbu muddat davlat davolash-profilaktika muassasasi rahbari tomonidan asoslangan holda oʻn kalendar kunigacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslarga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnoma beriladi va ushbu tibbiy maʼlumotnomada tibbiy koʻrik natijalari koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni oʻtkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (bundan buyon matnda Haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom deb yuritiladi) talablari asosida haydovchilik guvohnomalarini olish uchun haydovchilikka nomzodlar va haydovchilar tomonidan 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnoma koʻrsatiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-apreldagi 23, 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-1, 12.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tibbiy koʻrikdan oʻtuvchi shaxslarga tibbiy komissiya tomonidan alohida ambulator tibbiy karta (025/h shakli) rasmiylashtiriladi va ularning roʻyxati yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan shaxslar flyuorografik tekshiruvidan, RW qon tekshiruvidan va quyidagi mutaxassislar koʻrigidan oʻtishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terapevt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarroh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nevropotolog;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oftalmolog;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
otorinolaringolog;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ginekolog (xotin-qizlar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan 55 va undan ortiq yoshdagi shaxslar EKG tekshiruvidan ham oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan bir yil mobaynida flyuorografik tekshiruvidan oʻtgan shaxslar qoʻshimcha ravishda flyuorografik tekshiruvidan oʻtishlari talab etilmaydi. Bunda oxirgi flyuorografik tekshiruvi natijalari taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Haydovchilikka nomzodlar va haydovchilar transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishidan bir oy oldin tibbiy koʻrikdan oʻtishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 36-bandiga muvofiq agar hududiy Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi) organlari yoki transport tashkilotlaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sogʻligʻiga nisbatan shubha tugʻilgan boʻlsa, unga belgilangan muddatdan oldin kasbiga layoqati boʻyicha tibbiy koʻrikdan qayta oʻtish uchun yoʻllanma berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 37-bandiga muvofiq agar haydovchi kasbiga layoqati boʻyicha tibbiy koʻrikdan qayta oʻtishdan boʻyin tovlasa yoki u tibbiy komissiya tomonidan transport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilsa unga doir hujjatlar hududiy DYHXX xodimi tomonidan, belgilangan tartibda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish masalasini koʻrib chiqish uchun sud idoralariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchini tibbiy koʻrikdan qayta oʻtkazish haqida qaror hududiy DYHXX boʻlinmalarining boshligʻi yoki guruhlarining katta inspektori, ular boʻlmagan taqdirda ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 38-bandiga muvofiq transport vositalarini mast holda boshqarganligi uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilingan shaxslar, haydovchilik guvohnomasini olish uchun mahrum qilish muddatidan qatʼi nazar, majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 55-bandiga muvofiq tibbiy komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan oʻtish muddati belgilangan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini berishda “Alohida belgilar uchun” katagiga “Tibbiy maʼlumotnoma majburiy” degan muhr qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tibbiy koʻrik oʻtkazilayotgan davlat davolash-profilaktika muassasasida tibbiy koʻrikning ayrim turlarini oʻtkazish imkoni boʻlmagan taqdirda, haydovchi tibbiy komissiyaning qaroriga koʻra boshqa davlat davolash-profilaktika muassasasiga qoʻshimcha tibbiy koʻrikdan pullik asosda oʻtish uchun yuborilishi mumkin. Bunda haydovchiga qaysi davolash-profilaktika muassasasiga borishi, uning joylashgan manzili aniq koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Haydovchilarning transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq haydovchilarga nomzodlar va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda transport vositasini boshqarishga umumiy tibbiy va qoʻshimcha tibbiy moneliklar roʻyxatlariga (bundan buyon matnda tibbiy moneliklar roʻyxatlari deb yuritiladi) asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tibbiy koʻrik natijalari tibbiy komissiya tomonidan ochilgan ambulator tibbiy kartaga (025/h shakli) kiritiladi. Unda haydovchining yoki haydovchilikka nomzodning sogʻligʻi holati aks ettiriladi va tibbiy komissiyaning transport vositasi boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan haydovchi yoki haydovchilikka nomzod transport vositasini boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosani har bir shifokor oʻzining mutaxassisligi boʻyicha tibbiy moneliklar roʻyxatlariga asoslangan holda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Transport vositalarini boshqarishga yaroqsiz deb xulosa qabul qilingan taqdirda shifokor ushbu xulosaga asos boʻlgan tibbiy moneliklar roʻyxatlarining aniq bandlarini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnoma transport vositasini boshqarishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi asosiy tibbiy hujjat boʻlib, tibbiy komissiya raisi va kotibi tomonidan toʻldiriladi va imzolanadi, tegishli davlat davolash-profilaktika muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar hamda 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomalar nusxasi davolash-profilaktika muassasalarida 3 yil saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tibbiy moneliklar roʻyxatlarida belgilangan hollarda istisno tariqasida transport vositalarini boshqarishga ruxsat berish (individual yondashuv) tibbiy komissiyalar tomonidan quyidagi asoslarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protez bandlik va mehnat munosabatlari organlari protez ustaxonalarida nazorat koʻrigidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida (maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan (qoʻl bilan boshqariladigan) va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarishga ruxsat etilayotgan chap oyogʻi toʻliq yoki qisman amputatsiya qilingan shaxslarga).
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-apreldagi 23, 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-1, 12.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Istisno tariqasida ruxsat berilgan taqdirda tibbiy komissiya xulosasi 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomaga “individual yondashuv asosida ruxsat etilgan” degan yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Istisno tariqasida avtotransport vositalarini boshqarishga ruxsat berilayotgan shaxslarga ruxsat etilgan toʻla vazni 3500 kilogrammdan ortiq boʻlgan, maxsus tovushli va yorugʻlik signallari bilan jihozlangan, yoki xavfli yuklarni, shuningdek yoʻlovchi tashishga moʻljallangan, haydovchi oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan ortiq boʻlgan avtomobillarni boshqarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Nogironligi boʻlgan shaxslar maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarishga yaroqli ekanliklarini aniqlash uchun ariza bilan turar joydagi TMEKga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Nogironligi boʻlgan shaxslarni TMEKda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish muddati 3 kalendar kunidan oshmasligi kerak. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish muddati murakkab, qoʻshimcha tibbiy koʻrik talab etilganda TMEK raisi tomonidan, asoslangan xolda, 14 kalendar kuniga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. Nogironligi boʻlgan haydovchilar va haydovchilikka nomzodlar tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan hujjatlarga nogironlikni belgilovchi TMEK xulosasini ilova qilgan holda umumiy asoslarda tibbiy komissiyaga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tibbiy komissiya tomonidan nogironligi boʻlgan shaxsga 083h shaklidagi tibbiy maʼlumotnoma faqat “B” toifasidagi shaxsiy transport vositasini boshqarishga yaroqli yoki yaroqsiz deb beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Quyidagilar maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan (qoʻl bilan boshqariladigan) uzatgichli yengil transport vositasini boshqarishga tibbiy koʻrsatma hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatning ifodalangan chegaralanishiga sabab boʻladigan oyoq kaft deformatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oyoqning 7 sm va undan ortiqroq kaltaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoki ikkala son suyagining amputatsion choʻltoqligi, choʻltoqlik qaysi qismdan boʻlishi va protezlash imkoniyatidan qatʼiy nazar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoki ikkala oyoq boldir sohasining amputatsion choʻltoqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tomonlama son yoki boldir qismi choʻltogʻi, ikkinchi oyoqning harakat yoki statik faoliyatining ifodalangan darajadagi buzilishi bilan (oyoq panjasining amputatsion choʻltoqligi, deformatsiyasi, qon tomir kasalliklari, yirik periferik nervlarning shikastlanishi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yurish, oʻtirish faoliyatining buzilishiga olib keluvchi umurtqa pogʻonasi, tos yoki ikkala oyoqlarning turgʻun deformatsiyasi yoki kasalliklari (oyoqlarning ankilozlovchi poliartriti, ogʻir darajadagi kifoskolioz va spondiliti, psevdoartroz, endarterit II va III darajasi, filoyoqlilik va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtirish holati saqlangan pastki oyoqlarning parezi yoki falajligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap oyoq qon tomir va nerv tolalarining shikastlanishi, ifodalangan trofik buzilishlari bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Quyidagilar avtomatik transmissiya vositasi yordamida transport vositasini boshqarishga tibbiy koʻrsatma hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap qoʻl yoki kaftning yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap oyoq yoki oyoq panjasining yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kaft yoki chap oyoq panjasining deformatsiyasi, harakatning ifodalangan buzilishlari bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap son yoki boldir choʻltoqligi, bir vaqtning oʻzida chap qoʻlning yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻng kaft barmoq yoki falangalarining yoʻqligi, shuningdek, falangalararo boʻgʻimlarning harakatsizligi (bosh barmoqning 2 ta falangasi yoʻqligi, bosh barmoq saqlangan holda, oʻng qoʻlning ikkita va undan ortiq barmoqlarining yoʻqligi yoki harakatsizligi, yoxud bitta barmoqning keltiruvchi funksiyasining yoʻqligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil harakatlanish layoqatining I va II darajali buzilishi bilan kechuvchi chap tomonlama gemiparez.
(21-bob Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-apreldagi 23, 32-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2472-1, 12.05.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tibbiy komissiyalar tomonidan beriladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Transport vositalarini boshqarishga yaroqli deb topilgan shaxslarga muvofiq 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnoma beriladi. Maʼlumotnoma blanki matni lotin yoki kirill yozuviga asoslangan harflarda poligrafik usulda raqamlangan va himoya darajalarga ega boʻlgan qogʻozda chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Koʻzoynak yoki eshitish apparati bilan transport vositalarini boshqarishga yaroqli deb topilganda tibbiy maʼlumotnomaning “alohida belgilar” soʻzlaridan soʻng “koʻzoynak (kontakt linza) taqish majburiy” yoki “eshitish apparati majburiy” degan belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnoma unda koʻrsatib oʻtilgan muddatgacha amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. 083/h shakldagi tibbiy haydovchilik maʼlumotnomasini yoʻqotgan shaxslarga ularning murojaatlariga asosan maʼlumotnomaning dublikati beriladi. Ushbu dublikat asosiy maʼlumotnomaning qolgan koʻrsatilgan muddatigacha beriladi va unga “dublikat” belgisi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Haydovchilikka nomzod yoki haydovchi tibbiy komissiya tomonidan tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha transport vositasini biron bir toifasini yoki umuman transport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilgan taqdirda unga beriladigan 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomada ushbu haqida tegishli belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha javobgarlik va nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tibbiy koʻrikning sifatli oʻtkazilishiga tibbiy koʻrikdan oʻtkazuvchi davolash-profilaktika muassasasining rahbari javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAYITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 5-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 5-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilarga nomzodlar va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda transport vositasini boshqarishga umumiy tibbiy moneliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Organizm faoliyatining turgʻun buzilishlari bilan ifodalangan rivojlanishning tugʻma nuqsonlari, deformatsiyalari, irsiy anomaliyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaziy va periferik asab tizimi, ichki aʼzolar, suyak – mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqimaning tashqi omillar (jarohatlar, nurlanish, termik, kimyoviy va boshqalar) taʼsirida kelib chiqadigan organ va tizimlar funksiyasining yaqqol darajadagi buzilishlariga olib kelgan orqaga qaytarib boʻlmaydigan oqibatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yaqqol darajadagi harakatlanish va sezish, kognitiv va mnestik-intellektual, koordinatsiya va statik buzilishlari bilan kechadigan markaziy asab tizimining turli etiologiyali kasalliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Narkolepsiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Katapleksiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Es-hushning buzilishlari bilan kechadigan kasalliklar: turli etiologiyadagi epilepsiya va epileptik sindromlar, turli etiologiyadagi sinkopal sindromlar va boshqalar, shu jumladan, reflektor xushdan ketish holatlaridan tashqari remissiya davrining davomiyligidan qatʼi nazar, remissiyada boʻlganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ruhiy-asab kasalliklari dispanserlarida dinamik kuzatuv ostida boʻlishlari shart boʻlgan ogʻir, turgʻun yoki tez-tez oʻtkirlashib turadigan ruhiy kasalliklar. Kayfiyat buzilishining yaqqol ifodalangan shakllari, stress bilan bogʻliq nevrotik, somatoform, xulq-atvorning buzilishlari va shaxs buzilishlari holatlarida ruxsat berish masalasi yakka tartibda (individual ravishda) tibbiy komissiya tomonidan qoʻshimcha jalb etilgan shifokor mutaxassis ishtirokida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Alkogolizm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toksikomaniya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Narkomaniya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Inson organizmi faoliyatining moʻtadil va keskin oʻzgarishlari bilan kechadigan endokrin tizimi kasalliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Barcha lokalizatsiyalardagi xavfli oʻsmalar. Davolash muolajalari oʻtkazilgandan keyingi holatni baholash yakka tartibda tibbiy komissiya tomonidan qoʻshimcha jalb etilgan shifokor mutaxassis ishtirokida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Avj olishi bilan va retsidivlovchi kechadigan qon va qon hosil qiluvchi aʼzolari kasalliklari (gemoblastoz, yaqqol darajadagi gemolitik va aplastik kamqonlik, gemorragik diatez va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qon aylanishi yetishmovchiligining II va undan yuqori darajasi va (yoki) zoʻriqish stenokardiyasi II va undan yuqori funksional sinf bilan kechadigan yurak-tomir tizimi kasalliklari; gipertoniya kasalligining III bosqichi yoki III darajasi; yurakda jarrohlik aralashuvidan keyingi qon aylanishi yetishmovchiligining turli darajadagi holatlari; yuqori gradatsiyali yurak aritmiyalari va blokadalari, miokard infarktidan keyingi qon aylanishi yetishmovchiligining II va undan yuqori darajasi, yurak anevrizmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Aorta va arteriyalarning barcha boʻlimlarining anevrizmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 50 % va undan yuqori okklyuziya yoki qon aylanishining yaqqol darajali buzilishi bilan kechuvchi obliteratsiyalovchi ateroskleroz, tromboangit, aortoarteriit.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. III-IV darajali surunkali venoz qon-tomir yetishmovchiligi bilan asoratlangan oyoqlarning varikoz va tromboflebit kasalligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Limfangiit va limfa oqimining III-IV darajali buzilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Revmatizm: oʻtkir revmatik isitma hamda II va undan yuqori darajali surunkali yurak yetishmovchiligi bilan asoratlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bronx-oʻpka tizimi kasalliklarining asorati: oʻpka-yurak va nafas yetishmovchiligi II-III darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻpka silining ochiq va destruktiv shakllari hamda oʻpka bilan bogʻliq boʻlmagan silning bakteriya tashuvchilik bilan kechadigan turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yara kasalligining asoratlanib va surunkali (retsidivlovchi, yaʼni kalendar yilda 3-marta va undan koʻproq) kechishi va asoratining rivojlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. II-III darajali jigar yetishmovchiligi yoki portal gipertenziyasi bilan asoratlangan gepatitlar va jigar sirrozlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Surunkali buyrak yetishmovchiligining II va undan yuqori darajasi bilan asoratlangan buyrak va siydik ayirish yoʻllarining surunkali kasalliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kron kasalligi va nospetsifik yarali kolitning ogʻir kechishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Organizm faoliyatining III va undan yuqori darajadagi buzilishiga olib keluvchi biriktiruvchi toʻqimaning diffuz kasalliklari va tizimli vaskulitlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Periferik asab tizimining surunkali kasalliklari va asab-mushak tizimi faoliyatining yaqqol buzilishi bilan kechadigan kasalliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tayanch-harakat tizimi faoliyatining II va undan yuqori darajali buzilishi bilan kechadigan surunkali kasalliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yuqumli va parazitar kasalliklarining surunkali va retsidiv shakllari, davolanishi qiyin yoki samarasiz kechadigan holatlardagi postvaksinal asoratlarning klinik shakllari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilarga nomzodlar va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda transport vositasini boshqarishga qoʻshimcha tibbiy moneliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilik toifalari
Tibbiy moneliklar
“A” toifa
1. Koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0,6 dan past yaxshi koʻradigan koʻzda, 0,2 dan past yomonroq koʻradigan koʻzda. Ruxsat etiladigan korreksiya miopiya va gipermetropiya uchun 8,0 D, shu jumladan kontaktli linzalar bilan, astigmatizmda — 3,0 D (sfera va silindrning yigʻindisi 8,0 D-dan oshmasligi kerak). Ikki koʻzdagi linzalar kuchining farqi 3,0 D-dan oshmasligi kerak.
2. Shox pardaning refraksion jarrohlik amaliyotlaridan soʻnggi (keratotomiya, keratomilez, keratokoagulyatsiya, refraksion keratoplastika) 3 oygacha davri yoki asoratlari mavjud va refraksiya +8,0 D dan –8,0 D gacha oshgan holat.
3. Koʻrish faoliyatining jiddiy buzilishlari bilan kuzatiladigan koʻz pardasining surunkali kasalliklari, qovoqlarning turgʻun oʻzgarishlari, shu jumladan, ularning shilliq pardalari, koʻrish va koʻz olmasining harakatini cheklovchi qovoq mushaklarining parezlari.
4. Jarrohlik yoʻli bilan bartaraf qilib boʻlmaydigan koʻz yoshlanishi.
5. Paralitik gʻilaylik va koʻzlarning hamjihat harakatlarining boshqa buzilishlari.
6. Turli etiologiyali gʻilaylik natijasida kelib chiqqan turgʻun diplopiya.
7. Spontan nistagm.
8. Har qanday meridiandagi koʻrish maydonining 20 gradusdan koʻpga cheklanishi.
9. Rang ajratish buzilishlari (monoxromaziya, dixromaziya, protanopiya, deyteranopiya).
10. Toʻr parda va koʻrish nervining degenerativ va distrofik kasalliklari (pigmentli retinit, koʻrish nervining atrofiyasi, toʻr pardaning koʻchishi).
11. Bir qoʻl kafti yoki oyoq panjasining yoʻqligi, shuningdek harakatning jiddiy qiyinlashuviga olib keluvchi qoʻl kafti va oyoq panjasining deformatsiyasi.
12. Qoʻl barmoqlari yoki falangalarning yoʻqligi, shuningdek qoʻldagi falangalararo boʻgʻimlarning harakatsizligi:
oʻng yoki chap qoʻl bosh barmogʻining ikki falangasini yoʻqligi;
oʻng qoʻldagi ikkita yoki undan ortiq barmoqlar yoʻqligi yoki harakatsizligi, yoki bir barmoqda boʻlsa ham toʻliq buklanib tirishish.
chap qoʻldagi uchta yoki undan ortiq barmoqlar yoʻqligi yoki harakatsizligi, yoki bir barmoqda boʻlsa ham toʻliq buklanib tirishish.
13. Oyoqlarning 6 sm va undan ortiqroq kaltalanishi. Oyoqning uzunligi 75 sm dan ortiqroq (tovon suyagidan son suyagi katta koʻstining oʻrtasigacha) boʻlsa, oyoq suyaklari, yumshoq toʻqimalari va boʻgʻimlarida defektlar mavjud boʻlmasa va harakatlar hajmi saqlangan boʻlsa tekshiriluvchilar yaroqli deb hisoblanishi mumkin.
14. Yaqqol nevrologik simptomatikasi bilan kechadigan kalla suyaklarining travmatik deformatsiyalari va defektlari.
15. Bir quloqning toʻliq karligi, ikkinchi quloqning soʻzlashuv nutqini 3 metrdan kam masofada, pichirlash nutqini 1 metr masofada qabul qilishi holatlarida, yoki soʻzlashuv nutqini har bir quloqda 2 metrdan kam boʻlgan masofada qabul qilishi.
16. Xolesteatoma, granulyatsiya yoki polip (epitimpanit) bilan asoratlangan oʻrta quloqning bir tomonlama yoki ikki tomonlama surunkali yiringli yalligʻlanishi. Fistula simptomining mavjudligi.
17. Surunkali yiringli mastoidit, mastoidektomiyadan keyingi asoratlar (kista, oqma yara).
18. Vestibulyar analizatori faoliyatini buzilishiga olib keluvchi turli etiologiyadagi kasalliklar, bosh aylanishi sindromi, nistagm (Menyer kasalligi, labirintitlar, turli etiologiyadagi vestibulyar krizlar va boshqalar).
19. Bachadon va qinning tushishi, rektovaginal va qovuq-qin oqma yaralari, toʻgʻri ichak sfinkteri butunligining buzilishi, moyak yoki urugʻ tizimchasining istisqosi, harakatni chegaralovchi churralar.
“B” toifa
1. Koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0,6 dan past yaxshi koʻradigan koʻzda, 0,2 dan past yomonroq koʻradigan koʻzda. Taksi haydovchilari va operativ xizmat transport vositalari haydovchilari (tez tibbiy yordam, yongʻin xavfsizligi, militsiya, avariya-qutqaruv xizmati, harbiy avtomobil noziri) uchun koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0,8 dan past bir koʻzda, ikkinchi koʻzda 0,4 dan past. Ruxsat etiladigan korreksiya miopiya va gipermetropiya uchun 8,0 D, shu jumladan kontaktli linzalar bilan, astigmatizmda — 3,0 D (sfera va silindrning yigʻindisi 8,0 D-dan oshmasligi kerak). Ikki koʻzdagi linzalar kuchining farqi 3,0 D-dan oshmasligi kerak.
2. “A” toifaning 2 — 19-bandlariga qaralsin.
3. 150 sm dan past boʻlgan boʻy.
“S” toifa
1. Koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0,8 dan past yaxshi koʻradigan koʻzda, 0,4 dan past yomonroq koʻradigan koʻzda. Ruxsat etiladigan korreksiya miopiya va gipermetropiya uchun 8,0 D, shu jumladan kontaktli linzalar bilan, astigmatizmda — 3,0 D (sfera va silindrning yigʻindisi 8,0 D-dan oshmasligi kerak). Ikki koʻzdagi linzalar kuchining farqi 3,0 D-dan oshmasligi kerak.
2. “A” toifaning 2 — 19-bandlariga qaralsin.
3. 160 sm dan past boʻlgan boʻy.
4. Umumiy jismoniy rivojlanishi past.
“D” toifa
1. “S” toifaning 1 — 4-bandlariga qaralsin.
2. Yoʻlovchi transporti uchun — nutq buzilishlari va logonevroz (duduqlanish)ning ogʻir shakllari.
“E” toifa
1. Tirkama ulanadigan “B”, “S” yoki “D” toifali transportga taalluqli tibbiy moneliklar.
2. Oyoqlarning birining 6 sm va undan ortiqroq kaltalanishi.
Tramvay, trolleybus boshqarish
1. “S” toifaning 1 — 4-bandlariga qaralsin.
2. Yurak ritmning sunʼiy implantant boshqaruvi.
Konstruktiv tavsiflar boʻyicha belgilangan transport vositalarini boshqarish moneliklari (nogironlar uchun qoʻl bilan boshqariladigan avtomobil va motoaravachalar)
1. “A” toifaning 1 — 10-bandlariga qaralsin.
2. Bir qoʻl kafti yoki oyoq panjasining yoʻqligi, shuningdek harakatning jiddiy qiyinlashuviga olib keluvchi qoʻl kafti va oyoq panjasining deformatsiyasi (transport vositasiga tegishli konstruktiv moslamalar oʻrnatilgan holatlar bundan istisno).
3. Qoʻl barmoqlari yoki falangalarning yoʻqligi, shuningdek qoʻldagi falangalararo boʻgʻimlarning harakatsizligi:
oʻng yoki chap qoʻl bosh barmogʻining ikki falangasining yoʻqligi;
oʻng qoʻldagi ikkita yoki undan ortiq barmoqlar yoʻqligi yoki harakatsizligi, yoki bir barmoqda boʻlsa ham toʻliq buklanib tirishish.
chap qoʻldagi uchta yoki undan ortiq barmoqlar yoʻqligi yoki harakatsizligi, yoki bir barmoqda boʻlsa ham toʻliq buklanib tirishish (kaft kuchi va ushlab olish faoliyati saqlangan holatlar bundan istisno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
format A-5
083/h shakldagi tibbiy
Oʻzbekiston Respublikasi
maʼlumotnoma
Sogʻliqni saqlash vazirligi
___________________________
(muassasa nomi)
Haydovchining (haydovchilikka nomzodning)
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha
MAʼLUMOTNOMA
Familiyasi _________________________________
Ismi ______________________________________
Otasining ismi _____________________________
Tugʻilgan sanasi va yoshi _______________________
Yashash joyi _____________________________________________________________
Ish joyi ________________________________________________________________
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi 20___ yil “____” _____________________________
Tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha
XULOSA
1. “A” toifadagi transport vositasini boshqarishga ____________________________.
2. “B” toifadagi transport vositasini boshqarishga _____________________________.
3. “S” toifadagi transport vositasini boshqarishga _____________________________.
4. “D” toifadagi transport vositasini boshqarishga _____________________________.
5. “E” toifadagi transport vositasini boshqarishga _____________________________.
6. Tramvay boshqarishga __________________.
7. Trolleybus boshqarishga __________________.
8. Yollanib ishlashga __________________.
9. Alohida belgilar _______________________________________________________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 343-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son; 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son; 28.05.2025-y., 10/25/2472-4/0477-son)