Fargʻona viloyati Fargʻona tumani hokimining
Qarori
Tuman hududida korxona, tashkilot MMTP va fermer xoʻjaliklariga qarashli avtotransport vositalari, tirkama va yarim tirkama va shaxsiy avtotransport vositalarini 2013-yil majburiy texnik koʻrikdan sifatli oʻtkazish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qaroriga asosan, tuman hududida harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-ulov hodisalarini oldini olish uchun, tuman hududida joylashgan korxona, tashkilot, MMTP va fermer xoʻjaliklari hisobidagi avtotransport vositalari, tirkama, yarim tirkamalarni va shaxsiy avtomototransport vositalarini 2013-yilda majburiy yillik texnik koʻrikdan sifatli oʻtkazish maqsadida tuman hokimi nomidan qaror qilaman:
1. 2013-yil 20-fevraldan 31-avgustga qadar fuqarolarni shaxsiy avtomototransportlari, 1-apreldan 31-avgustga qadar korxona, tashkilot, MMTP va fermer xoʻjaliklariga qarashli avtotransportlari, tirkama va yarim tirkamalari texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. 2013-yil 1-sentabrdan 31-oktabrga qadar odam tashish bilan shugʻillanuvchi va xavfli yuk tashuvchi transportlar 2-bosqichda qayta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
3. Yillik texnik koʻrikni oʻtkazish komissiyasi va uni tarkibi 1-ilovaga* asosan tasdiqlansin.
4. Yillik texnik koʻrikni sifatli va belgilangan muddatda oʻtkazishni taʼminlash tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakat xavfsizligi guruhi zimmasiga yuklatilsin.
5. Yillik texnik koʻrikni 1-2 bosqichini oʻtkazish jadvali 2 va 3-ilovalarga* asosan tasdiqlansin.
*1 — 3-ilovalar berilmaydi.
6. Korxona, tashkilotlardan yillik texnik koʻrik komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislarning oylik ish haqlarini texnik koʻrik muddati davomida saqlanishini taminlash, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 24-sentabrdagi 562-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilib borishni oʻz zimmamda qoldiraman.
9. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. POZILOV
Vodil sh.,
2013-yil 18-fevral,
108-son